Mavzu: O‘qish darslarida ilmiy–ommabop asarlarni o‘tish uslubiyati. Reja: I. Kirish. I-bob. Ilmiy-ommabop asarlarni o`rganish metodikasi


Download 49.92 Kb.
bet3/10
Sana24.04.2023
Hajmi49.92 Kb.
#1393987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O‘qish darslarida ilmiy–ommabop asarni o`rgatish metodikasi

Kurs ishining maqsadi: O`qish va savodxonlik darslarida ilmiy-ommabop asarlarni o`rgatish orqali imon-e`tiqod og’izaki va yozma, nutq boyligini oshirish, nutq savodxonligi qoidalariga, dts talablariga javob beradigan, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish hamda o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari.
O`qish darslarida ilmiy-ommabop asarlarni o`qitishning maqsad va vazifalarini ochib berish.
Kurs ishining tuzilishi: Mazkur kurs ishi 2 bob, besh bo`lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
1.1.Ilmiy-ombop adabiyotlarning paydo bo`lishi .
Ilmiy-ommabop adabiyot -xalq ommasini fan va texnika masalalari, yutuqlari hamda fan arboblari tarjimai xollari bilan tanishtirish uchun moʻljallangan nashrlar (kitob, risola, jur. va boshqalar). Bu nashrlar ilmiy masalaning mohiyatini toʻla saklagan holda uni keng omma uchun tushunarli uslubda bayon etadi, oʻquvchining gʻoyaviy-ilmiy saviyasini oʻstirishga, dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi.
Ilmiy ommabop asarlar tarixi kitob bosish ixtiro qilinganidan koʻp asarlar muqaddam (Xitoyda mil. av. 12—10-asrlardan, qad. Misrda mil. av. 2 ming yillikning oʻrtalaridan) boshlangan. Oʻrta Osiyoda Abu Nasr Forobiy ("Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi"), Abu Rayhon Beruniy ("Mineralogiya"), Abu Ali ibn Sino ("Donishnoma", "Tib qonunlari"), adabiyotshunos Olim Sha-rafiddinov ("Navoiy hayoti va ijodi") asarlari Ilmiy ommabop asarlarning ayni namunalari boʻla oladi. Oʻzbekistonda ilmiy-ommabop asarlar nashr etish ishi keyingi 60—70 yilda keng avj oldi.
Respublikada bunday kitob va risolalarni "Oʻzbekiston", "Fan", "Oʻqituvchi", Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti chiqaradi. Mazkur nashriyotlarda "Fan haqida suhbatlar", "Salomatlik— tuman boylik", "Yosh faylasuflar kutubxonasi" kabi turkumlarda Ilmiy-ommaboplar nashr etiladi. Respublikada "Fan va turmush", "Tafakkur" jurnallari ilmiy-ommabop vaqtli nashrlar sanaladi.



Download 49.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling