Mavzu: O’qish darslarini “odobnoma” darslari bilan bog’lab o’tishning yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashdagi o’rni
Integratsiyalashgan o’qish va odobnoma darslarini samarali
Download 142 Kb.
|
Rizzayeva guljamol yunusjanovnaning-1
2.3. Integratsiyalashgan o’qish va odobnoma darslarini samarali
tashkil etish usullari Ma’lumki, ta’lim jarayonida qo`llaniladigan har qanday texnologiyalar o`quvchilarni faolligini oshirishga, ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgandir. Buning uchun esa dars jarayonini o`quvchilarni qiziqishlari, intilishlari, xohish va istaklari, ehtiyojlari asosida tashkil qilinishi zarurdir. SHundagina ular berilgan bilimni puxta o`zlashtiradilar. O`rganish bu keng ma’noda o`quvchilarning yangi bilimlarni o`zlashtirish jarayonidir. Lekin har qanday o`rganish o`quv faoliyati bo`la olmaydi. O`rganish o`quv faoliyati darajasiga ko`tarilishi uchun o`quvchilar bilimlarni egallash davomida ularni boyitadigan o`quv harakatlarining yangi usullarini o`zlashtirish, mustaqil ravishda o`quv topshiriqlarini belgilash, o`z-o`zini nazorat qilish o`v fz xususiy o`quv faoliyatini baholash mezonlarini bilishlari kerak. Boshlang`ich ta’lim – alohida bilimlar tizimi emas, balki dunyo to`g`risida, jamiyat va insonning undagi o`zi to`g`risidagi umumlashtirilgan, yaxlit tasavvurdir. O`qitish natijasida bolada o`ziga xos dunyoqarash tarkib topadi. Boshlang`ich sinf o`quvchilari nazariy bilimlarining kuchayishi, ularning aqliy faoliyati, mantiqiy fikrlashning rivojlanishi, o`qitishning rivojlantirish printsipiga asoslanadi. Chunki hozirgi bosqichda boshlang`ich ta’lim uzluksiz ta’limning umumiy ta’limida muhim qism hisoblanadi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarida tabiat va jamiyat to`g`risidagi bilimlarni tarkib toptirish, o`quvchilarning ongini boyitish, bilimga qiziqishlarini oshirish; o`quvchilarni o`rta maktabning navbatdagi bosqichida muvaffaqiyatli o`qishga tayyorlash, ularga muayyan bilim, ko`nikma va malakalar tizimini berish, ularni tabiat va jamiyat haqidagi dastlabki bilimlar asosida dunyoning umumiy manzarasi bilan tanishtirish, ularda dunyoni yanada chuqurroq bilish uchun zarur ko`nikma va malakalarni shakllantirish, tevarak atrofga to`g`ri qarash hamda munosabatini tarbiyalash kabi vazifalarni amalga oshiradi. Boshlang`ich ta’limdagi kamol toptirish vazifasining mazmuni, o`quvchilarning bilish jarayonini faollashtirish, fikrlash mantiqini, tafakkur usullari, mushohada yuritish va xulosalar chiqarishni o`zlashtirishdan, o`qishga va atrofdagi olamni bilishga qiziqishni shaklantirishdan iborat. Har qanday o`quv materialini o`rganish o`quvchining kamol topishga, undagi fikrlash mantiqining bilish kuchlari va o`qish motivlarining rivojlanishiga ta’sir ko`rsatadi. O`quv jarayonida o`qituvchi o`z o`quvchisini faol hayotga va o`z shaxsini namoyon qilish jarayoniga kiritib, ularning har birini beixtiyor faol aqliy jarayonga tayyorlaydi va shu yo`l bilan o`quv mashg`uloti qo`ygan maqsadni amalga oshirishga erishadi. Lekin bu maqsadlar ham samarali bo`lishi uchun darsni qanday hamda qaysi usullardan foydalanib tashkil etilishiga e’tibor qaratish lozim. Integratsion texnologiya asosida o`tkaziladigan darslaor, aynan yuqorida ko`rsatilgan maqsadlarga erishishga yordam beradi. SHu bilan birga boshlang`ich sinf o`quvchilarini faolligini oshiradi. To`g`ri, integratsion dars faqatgina fanlarning yoki mavzularning uyg`unlashtirilishi bilan samarali bo`lib qolmaydi. Chunki ushbu mujassam darsning samaradorligga erishish uchun maqsadlarni aniq qo`yish, darsni tashkil etishda interfaol metodlarni qo`llash muhim sanaladi. Bu usullar orqali uyg`unlashgan dars maqsadiga erishiladi va o`quvchilarning bilim olish jarayoni osonlashadi. Integratsion darsda bunday metodlarni qo`llash quyidagi sifatlar va malakalarni shakllantiradi: - o`qituvchi va o`quvchining butun dars davomida birgalikda faoliyat yuritishi; - dars jarayonda har bir o`quvchining faol ishtirok etishi; - sinfda iliq-ruhiy muhit yaratish; - beriladigan o`quv fani bo`yicha o`quv materiallarini ongli o`zlashtirish; - shaxsning o`z qobiliyatlarini namoyon qilish va o`zining ichi imkoniyatlaridan foydalana bilish; - guruh bo`lib faoliyat yuritish va shu guruhda yoqimli psixologik muhit yaratish; - berilgan muammolarni hal qilishda o`zining shaxsiy farazlarini ilgari surish; - muammolarni yechish jarayonida mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlay olish; - guruh ichida shaxsiy ma’suliyatchilik hissini kamol toptirish; - o`z faoliyatining samrali bo`lishiga qiziqish, o`zini xolis baholash; - boshqalar fikrlarini baholashda tanqidiy yondashish; - yangi vazifalarni yechishga o`z yondashuvini topa bilish qobiliyatini shakllantirish; - mustaqil fikrlay olish va erkin faoliyatga, faollik ko`rsatishga intilish; - o`zgalar fikriga hurmat qilish va fikrlarni xolis baholashga o`rganish; - o`zaro yordam xissini shakllantirish; - o`zaro fikrlashish, tajriba almashishni yo`lga qo`yish; - o`z fikrlariga tayanish va fikrlarini isbotlovchi dalillar keltira olish; - muammoni yechish jarayonida har bir o`quvchi o`zi bilgan, esga tushirgan, o`ylagan ma’loumotlariga tayanish; - birgalikda aqliy bilim jarayonida fikrlashga tez kirishish; - munozara jarayonida birgalikda o`qish muhokama qilish, e’tiroz bildirish; - o`quv materiallari bo`yicha beriladigan bilimlarni chuqurlashtirish; - o`zaro nazorat va guruhlararo nazoratni yo`lga qo`yish kabilar. Integratsion mashg`ulotlarda o`qituvchi va o`quvchilar birgalikda faoliyat yuritadilar. Eng asosiy faoliyatdagi shaxs endi o`qituvchi emas, balki o`quvchilar bo`ladi. o`qituvchi esa ularni nazorat qiluvchi, tartibga soluvchi shaxs hisoblanadi. Shu bois ham quyida biz muvofiqlashgan darslarda qo`llanishi mumkin bo`lgan interfaol usularning ayrimlari bilan tanishtirib o`tamiz. Download 142 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling