Mavzu: O'qish dasturi tahlili
O’rtacha tezlikda o’qishga o’quvchi harf tovushlarni o’rganayotgan vaqtdan boshlab asos yaratiladi. Biroq dastlabki o’rinda to’g’ri va ongli o’qish jarayonidagi o’rtacha tezlik darajasiga erishiladi
Download 60.74 Kb.
|
Mavzu O\'qish dasturi tahlili-fayllar.org
O’rtacha tezlikda o’qishga o’quvchi harf tovushlarni o’rganayotgan vaqtdan boshlab asos yaratiladi. Biroq dastlabki o’rinda to’g’ri va ongli o’qish jarayonidagi o’rtacha tezlik darajasiga erishiladi.Mavzu: O'qish kitoblari (1, 2,3,4-sinf) tahliliDarsliklardagi bo’limlar hasriy yoki lirik (she’riy ) ko’rinishda berilgan. Mavzu janrlari bir xil bo’lishi ham goho bolaga zerikarli bo’ladi. Misol qilib aytsak, 2-sinf “o „qish kitobi” darsligida “Kumush qish misoli oqqush” bo’limida 7 ta she’riy matn, 3 ta nasriy matn berilgan. ”Otalar so’zi-aqlning ko’zi“ bo’limida 1 ta she’riy matn, 8 ta nasriy matn berilgan. Bo’limlarni o’rganishda o’qituvchi shu bo’lim mavzusi g’oyasi, maqsadidan kelib chiqqan holda, bukletlar va suratli ko’rgazmalar tayyorlasa, sinf xonasining xattaxtasiga to bo’lim mavzulari tugaguncha ilib qo’yilsa yanada samarali bo’ladi. Har bir bo’limlar so„ngida bo „lim yuzasidan takrorlash darsi o „tiladi. O„qituvchi mana shu darsda darsliklarda keltirilgan savol-topshiriqlargagina tayanib qolmasdan qo„shimcha ishlashi lozim.A.Karimovning “Yuksak -ma’naviyat yengilmas kuch” asaridan parchalar keltirilgan. Bu uslublar bolalarni tafakkurini o‘stirish bilan birga, prezident asarlarini o‘qib o‘rganishga bo’lgan qiziqishini ortiradi .Yana bunga qo‘shimcha ravishda o‘qituvchi bo‘lim mavzulariga mos Konstitutsiyamizdan moddalarni, ulug‘ allomalarimiz va taniqli yozuvchilarning fikrlarini o‘rgatib borishi mumkun. Misol uchun: 2-sinf “O‘qish kitobi” darsligidagi “Maktabim-qutlug‘ makonim, kitobim-oftobim” bo‘limi uchun Konstutsiyamizning 41-moddasini “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir” jumlasini, buyuk allomamiz Navoiyning “Yigitlig‘da yig‘ ilmning maxzani, qarilig‘ chog‘i xarj qilg‘il ani” hikmatli so‘zini namuna qilib keltirish mumkin. Yana misol qilib aytsak shu sinf darsligidagi “Tabiatni asrang, avaylang” bo‘limi uchun Konstutsiyamizning 50- moddasi “Fuqorolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo„lishga majburdirlar” jumlasini hamda Ibn Sino bobomizning “Agar chang va g’ubor bo’lmaganda inson ming yil umr ko’rardi” hikmatli so’zini misol keltirish mumkun. 3-sinf “O„qish kitobi” “Go„zal fazilat inson husni“ bo„limiga Konstitutsiyamizni 66-moddasi “Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o„z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar” jumlasini, “Vatan Himoyachilari” bo„limi uchun Amir Temurning “Askari quvvatli mamlakat boy bo„lur, boy mamlakatning askari quvvatli bo„lur” so„zlarini, yana shu darslikdagi “O„tmishni o„rganish burchimimiz” bo„limi uchun “49-modda. Fuqorolar O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar.” kabi konstitutsiya yoki yoki tarixiy shaxslarning mashxur so„zlariga bo„glab, o„rgatib borilsa yanada samarali natijalarga erishish mumkin. Bu usulga yana ko„plab misollar keltirish mumkin.Download 60.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling