Mavzu: O’qish malakalarining sifatini to’g’ri, tez, ongli ifodali o’qish Reja


O`quvchilar yo`l qo`ygan xatolar 2 xil yo`l bilan tuzatiladi


Download 21.87 Kb.
bet2/3
Sana31.03.2023
Hajmi21.87 Kb.
#1311448
1   2   3
Bog'liq
O’qish malakalarining sifatini to’g’ri, tez, ongli ifodali o’qish

O`quvchilar yo`l qo`ygan xatolar 2 xil yo`l bilan tuzatiladi:

1. O`quvchi so`z oxiridagi qo`shimchani noto`g`ri o`qisa, uni o`qishdan to`xtatmasdan xatoni to`grilash.

2. Xato o`qish bilan gaplarning mazmuni buzilsa, qayta o`qitish usulidan foydalaniladi. Bunda o`quvchiga o`qigan matni yuzasidan savol berilsa, o`quvchi e’tiborli bo`lib qayta o`qiydi.

Tez o`qish. Tez o`qish me’yoriy tezlikdagi o`qish bo`lib, bunda o`qish sur’ati matnning mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak. O`qish tezligi matnni tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda o`sib borishi lozim. O`qilayotgan asar mazmunini o`zlashtirishni, matn mazmunini ongli idrok etishni ta’minlaydigan o`qish tez o`qish deyiladi.

O`qish tezligi bir daqiqada o`qiladigan so`zlar soni bilan belgilanadi.O`qish tezligi deganda ongli idrok etishni ta’minlaydigan o`qish tushuniladi. Og`zaki nutq tempiga mos keladigan o`qish tezligi me’yoriy tezlik hisoblanadi. Masalan, bir daqiqada: 1-sinfning ikkinchi yarim yilligida 20-25 ta so`z, o`quv yili o`quv yili oxirida 25-30 ta so`z; 2-sinfning 1-yarim yilligida 30-35 ta so`z, 2-yarim yilligida 40-50 ta so`z; 3-sinfning 1-yarim yilligida 60-70 ta so`z, 2-yarim yilligida 70-80 ta so`z; 4-sinfning 1-yarim yilligida ovozli o`qishda 90-100 ta so`z, ichda ovozsiz o`qishda 110-130 ta so`z o`qilishi maqsadga muvofiq.

Tajribalar shuni ko`rsatdiki, bir daqiqada bola 250 ta so`zli matnni o`qisa, 200 ta so`zni eslab qolar ekan. Bu 4-sinf o`quvchilarining o`qish tezligiga tatbiq etilsa, 125 ta so`zdan 100 ta so`zni eslab qoladi. 4-sinfda 170-180 ta so`zni o`qiydigan o`quvchilar ham bor.

Ongli o`qish. Ongli o`qish yaxshi o`qishning asosiy sifati hisoblanadi. Ongli o`qish o`qilgan matnning aniq mazmunini, asarning g`oyaviy yo`nalishini, obrazlarni va badiiy vositalarining rolini tushunib o`qish, asarda tasvirlangan voqea-hodisalarga o`z munisabatini ifodalay olishdir. O`quvchilarni matnni ongli o`qiganlarini matn yuzasidan berilgan savollarga o`quvchilarning bergan javoblari va qayta hikoyalashlari orqali bilib olish mumkin. Ongli o`qishni ta’minlovchi ish turi lug`at bilan ishlash usulidir. Bunda ma’nosi qiyin bo`lgan so`zlarga izoh beriladi, ma’nosi tushuntiriladi. Lug`at ustida ishlash ongli o`qishga zamin yaratadi. So`zlarning ma’nosini izohlashda mazkur so`zlarning sinonimlari keltiriladi: fazo-osmon kabi. Ba’zi hollarda so`z gap ichida tushuntiriladi.


Download 21.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling