Ifodali o`qish Ifodali o`qish intonatsiya – ohang yordamida asarning g`oyasi va jozibasini to`g`ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir. Intonatsiya (ohang) – og`zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi elementlari: urg`u, nutq tempi va ritmi, pauza, ovozning past-balandligining yig`indisidir. O`quvchilar ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun shartlar: 1. Nutq jarayonida nafasni olish va to`g`ri taqsimlay bilish. 2. Har bir tovushni to`g`ri artikulyatsiyasi va aniq diksiya malakasini egallash. 3. Adabiy talaffuz me’yorini egallash. Ifodali o`qishning elementar vositalari quyidagilardir: 1.Tinish berlgilariga rioya qilish. 2. So`zlar va gaplar orasidagi pauza. 3. Logik urg`ularning to`g`ri qo`llanilishi. 4. O`qish tempi va ritmiga rioya qilish. 5. Intonatsiyaga rioya qilib o`qish. Ifodali o`qishga tayyorlanish shartli ravishda uch bosqichga bo`linadi: 1. Asarning aniq mazmunini tushunish, unda qatnashgan shaxslarning xatti-harakatini tahlil qilish, asarning g`oyasini belgilash, ya’ni asarning g`oyaviy-mavzuviy asosini, uning obrazlarini badiiy vositalari bilan yaxlit holda tushunish. 2. Matnning qaysi joyda to`xtam (pauza) qilishni, mantiqiy urg`uning o`rnini, o`qish tempini belgilab olish. 3. O`qishni mashq qilish, muallif fikrini, uning tasvirlangan voqea-hodisalarga va qatnashuvchi shaxslarga munosabatini ovoz bilan ifodalay olish uchun matnni qayta o`qish. O`qish turlari Boshlang`ich ta’limda o`qishning uch turidan foydalaniladi: 1. Ovozli o`qish. 2. Ichda o`qish. 3. Shivirlab o`qish.
Ovozli o`qish ovozga asoslangan o`qish bo`lib, undan ta’lim jarayonida keng foydalaniladi. Ovozli o`qishning yakka, jo`r va rollarga bo`lib o`qish usullari mavjud. Yod aytish ham ovozli o`qishning bir shaklidir. Ichda o`qish ham tovushga asoslangan, lekin unda ovozsiz o`qiladi. Shivirlab o`qish yarim ovoz bilan o`qishdir. Malakali kitobxon o`qishning har uch turini bilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |