Mavzu: O’qish malakalarining sifatini to’g’ri, tez, ongli ifodali o’qish Reja


Download 21.87 Kb.
bet3/3
Sana31.03.2023
Hajmi21.87 Kb.
#1311448
1   2   3
Bog'liq
O’qish malakalarining sifatini to’g’ri, tez, ongli ifodali o’qish

Ifodali o`qish Ifodali o`qish intonatsiya – ohang yordamida asarning g`oyasi va jozibasini to`g`ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir. Intonatsiya (ohang) – og`zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi elementlari: urg`u, nutq tempi va ritmi, pauza, ovozning past-balandligining yig`indisidir. O`quvchilar ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun shartlar: 1. Nutq jarayonida nafasni olish va to`g`ri taqsimlay bilish. 2. Har bir tovushni to`g`ri artikulyatsiyasi va aniq diksiya malakasini egallash. 3. Adabiy talaffuz me’yorini egallash.

Ifodali o`qishning elementar vositalari quyidagilardir:

1.Tinish berlgilariga rioya qilish.

2. So`zlar va gaplar orasidagi pauza.

3. Logik urg`ularning to`g`ri qo`llanilishi.

4. O`qish tempi va ritmiga rioya qilish.

5. Intonatsiyaga rioya qilib o`qish.

Ifodali o`qishga tayyorlanish shartli ravishda uch bosqichga bo`linadi:

1. Asarning aniq mazmunini tushunish, unda qatnashgan shaxslarning xatti-harakatini tahlil qilish, asarning g`oyasini belgilash, ya’ni asarning g`oyaviy-mavzuviy asosini, uning obrazlarini badiiy vositalari bilan yaxlit holda tushunish.

2. Matnning qaysi joyda to`xtam (pauza) qilishni, mantiqiy urg`uning o`rnini, o`qish tempini belgilab olish.

3. O`qishni mashq qilish, muallif fikrini, uning tasvirlangan voqea-hodisalarga va qatnashuvchi shaxslarga munosabatini ovoz bilan ifodalay olish uchun matnni qayta o`qish.

O`qish turlari Boshlang`ich ta’limda o`qishning uch turidan foydalaniladi:

1. Ovozli o`qish.

2. Ichda o`qish.

3. Shivirlab o`qish.



Ovozli o`qish ovozga asoslangan o`qish bo`lib, undan ta’lim jarayonida keng foydalaniladi. Ovozli o`qishning yakka, jo`r va rollarga bo`lib o`qish usullari mavjud. Yod aytish ham ovozli o`qishning bir shaklidir. Ichda o`qish ham tovushga asoslangan, lekin unda ovozsiz o`qiladi. Shivirlab o`qish yarim ovoz bilan o`qishdir. Malakali kitobxon o`qishning har uch turini bilishi zarur.


Download 21.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling