Pedagogik texnika malakalarini individual shaxsiy tusda ekanligini hisobga olib, pedagogik texnikaning egallashda va uni takomillashtirishda kasbiy jixatda o‘z-o‘zini tarbiyalash, ya`ni talabaning o‘zida mohir o‘qituvchi shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyat etakchi rol` uynaydi, deb aytish mumkin. Kasbiy ideal sari bu harakatda ham pedagogik texnikani egallash muhim rol` o‘ynaydi. Nafas olish – organizmning hayotiy faoliyatini ta`minlaydigan fiziologik funktsiyasidir, u bir vaqtning o‘zida nutqning energetik bazasi bo‘lib xizmat qiladi. Tovush chiqarish uchun olinayotgan nafas fonatsion nafas olish deb ataladi. Nafas olish – organizmning hayotiy faoliyatini ta`minlaydigan fiziologik funktsiyasidir, u bir vaqtning o‘zida nutqning energetik bazasi bo‘lib xizmat qiladi. Tovush chiqarish uchun olinayotgan nafas fonatsion nafas olish deb ataladi. Qaysi mushak ishtirok etganiga qarab 4 xil nafas olish turi mavjud: Qaysi mushak ishtirok etganiga qarab 4 xil nafas olish turi mavjud: - 1. Tashqi nafas – u elkani, yuqori ko‘krak qafasini ko‘tarilayotgan va tushirilayotgan mushaklar tomonidan amalga oshirilb, kuchsiz, yuzaki bo‘lib, bunda o‘pkaning faqat yuqori qismi ishtirok etadi.
- 2. Ko‘krak nafasi – u qobirg‘alar aro mushaklar tomonidan amalga oshirilib, bunda ko‘krak qafasining ko‘ndalang hajmi o‘zgaradi. Diafragma kam harakatchan bo‘lib, nafas chiqarish uncha chuqur bo‘lmaydi.
- 3. Diafragmali nafas – ko‘krak qafasi hajmining bo‘ylama hajmi o‘zgarishi hisobiga ro‘y beradi, bunda qobirg‘alar orasidagi nafas mushaklari kam miqdorda qisqaradi.
- 4. Diafragmali – qobirg‘ali nafas olish, u diafragmaning qisqarishi hisobiga ko‘krak qafasining bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishda hajmi o‘zgarishi sababli, qobirg‘alar aro va qorin mushaklarining qisqarishi ro‘y beradi.
Oddiy fiziologik nafas olishning ketma-ketlilgi: Nafas olish, nafas chiqarish va pauza. Oddiy fiziologik nafas olishning ketma-ketlilgi: Nafas olish, nafas chiqarish va pauza.
Do'stlaringiz bilan baham: |