Mavzu: O'qituvchi nazorati va ta'lim oluvchilar faoliyatini baholashning uyg'unligi. Boshlang’ich ta’lim 2-kurs talabasi nurmatov keldiyor
Download 56.11 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat qilish
- Oqitish vazif
- Nazoratning tarbiyaviy vazifasi shundan iboratki
Tizimli (sistemali)lik tamoyilining talabi shundan iboratki, tashxislash nazoratini ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida — bilimlarni boshlang'ich idrok etishdan to amalda qo'llashgacha boigan bosqichlarida olib borish kerak. Ko'rgazmali (oshkora)lik tamoyili avvalo barcha ta'lim oluvchilarni aynan bir xil mezonlar bo'yicha ochiq sinovdan o'tkazishni anglatadi. Tashxis jarayonida belgilanadigan har bir ta'lim oluvchi reytingi ko'rgazmali, qiyosiy xarakterga ega. Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e'lon qilish va motivatsiyalash-ni talab etadi. Ma'lumki, bugun ta'lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda.Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash (tizimlashtirish, sinflash), bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo'yicha baholash tushuniladi. Reyting nazorati ta'lim oluvchining ma'lum bir fandan reytingini aniqlaydi.Shkalalash - aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish. Reyting nazoratida ta'lim oluvchilarning o'quv faoliyatini nazorat qilishning yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali foydaianilmoqda. Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzallikiari ko'zga tashlanadi.Nazorat qilish vazifasi o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalar darajasini aniqlash va baholashdan iborat. Bu o'quv materiallarini o'rganishning keyingi bosqichiga o'tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi hamda ta'lim beruvchining o'quv metodlarini va usullarini to'g'ri tanlaganini nazorat qiladi. O'qitish vazifasi ta'lim oluvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko'rinadi. Yangi mavzuni mustahkamlash jarayonida yoki uy vazifalarini tekshirishda ta'lim oluvchilarning o'tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo'lgan ma'lumotlarni bilib olishlariga imkon tug'iladi. Chunki, guruhdagi boshqa ta'lim oluvchilar javob berayotgan ta'lim oluvchining fikrini diqqat bilan tinglashadi va avval egallagan bilimlarini mustahkamlab, qo'shimcha ma'lumotlar bilan boyitishadi. O'rtoqlarining javoblariga qo'shimcha qilishga yoki yechilmay qolgan savollarga javob berishga shaylanish orqali o'rganilgan mavzuni aniqlashtirishga harakat qiladi. Nazoratning tarbiyaviy vazifasi shundan iboratki, ta'lim oluvchilar tekshirishga tayyor bo'lish uchun darslarni o'z vaqtida tayyorlaydilar, bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o'rganadilar.Agar nazoratning o'qitish va tarbiyalash vazifalari to'g'ri amalga oshirilsa, shaxsning tafakkurini rivojlantirishga, his-tuyg'ulari va axloqiy sifatlami tarbiyalashga imkon tug'iladi. Bu esa o'zo'zidan nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi sanaladi. Ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma, malakalarini baholash turlari va mezonlari. Ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahstalab mav-zu bo'lib kelgan. Chunki u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini baholash mezoniari har bir fanning maqsad va vazifalariga, shuningdek, guruhda-gi ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish darajasigatayangan holda belgilanadi. Respublikamiz oliy o'quv yurtlarida Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligining 2010-yil 25-avgustdagi 333-sonli buyrug'i bilan tasdiq-langan «Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to'g'risidagi muvaqqat Nizom»iga oid nazorat turlari quyidagicha: Joriy nazorat (JN);Oraliq nazorat (ON);Yakuniy nazorat (YaN). Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek, joriy va oraliq nazo-ratlarining saralash ballari haqidagi ma'lumotlar fan bo'yicha birinchi mashg'ulotda talabalarga e'lon qilinadi.Download 56.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling