Mavzu: O`qituvchining kompyuter texnologiyalari asosidagi faoliyati Reja


Download 408.9 Kb.
bet1/4
Sana01.11.2023
Hajmi408.9 Kb.
#1737241
  1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ishi


Mavzu: O`qituvchining kompyuter texnologiyalari asosidagi faoliyati
Reja:

  1. Ta`lim – tarbiya jarayonida kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish

  2. O`qituvchining kompyuter texnologiyalari asosida o`quvchilar bilimini nazorat qilishi

  3. Pedagogik maxoratni oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalarining ahamiyati

  4. Ta`lim jarayonida kompyuter texnologiyalari multimediali o`quv kontentlardan foydalanish o`rni va samarasi.



  1. Ta`lim – tarbiya jarayonida kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish.

Hozirgi kunda jamiyatning har bir a’zosi, o’zining kundalik faoliyatida uzluksiz ravishda turli axborot resurslaridan foydalanadi. Doimiy ravishda ortib borayotgan axborotlar hajmi jamiyatdagi intellektual salohiyatning oshishiga xizmat qiladi. Zamon talabi shunday ekan, o’qituvchi ham o’z kasbiy va pedagogik mahoratini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida oshirib borish mumkin.
Zamonaviy axborot texnologiyalari o’z muhitida axborot ob’yektlarini ularning o’zaro aloqasini, axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash, to’plash texnologiyalari va vositalarini, shuningdek axborot jarayonlarining tashkiliy va huquqiy tarkibini mujassamlantiradi.
Kompyuter texnologiyalari (kompyuter savodxonligi)dan foydalanishda o’qituvchi uning mazmuniga ko’ra bir qancha vazifalarni bajarishi mumkin. Ular quyidagi asosiy didaktik funksiyalarni bajaradi:

  • multimedia texnologiyalarini qo’llash evaziga o’quvchilarda fanlarga qiziqishni rivojlantiradi.

  • bunda ta’limning interfaolligi tufayli o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlari faollashadi va o’quv materialini o’zlashtirish samaradorligi oshadi.

  • real holatlardan namoyish qilinishi yoki murakkab jarayonlarni modellashtirish va ko’rish imkoniyatini berish bilan muhim ahamiyatga ega.

  • materialini o’zlashtirish darajasiga ko’ra emas, balki o’quvchilarning mantiqan erishish darajasiga ko’ra ham samarali hisoblanadi.

  • masofadan turib ta’lim olishni faqat o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun yoki internet ta’limi uchun tashkil etilmaydi. Balki sababsiz dars qoldirgan o’quvchilar uchun ham tashkil etish imkoniyatini beradi.

  • o’quvchilarga mustaqil izlashi uchun materiallarni topish hamda muammoli masalalarga jovob berish orqali ma’lum tadqiqot ishlarini bajarish uchun imkoniyat yaratadi.

  • o’quvchilarning yangi mavzuni o’zlashtirishi, misollar yechishi, insho, bayon yozish ishlarida, o’quv materiallari bilan mustaqil tanishish, axborot va ma’lumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish uchun sharoit yaratadi.

Ta’lim tizimini takomillashtirishning bosh xususiyatlaridan biri kompyuter bilan muloqot jarayonida uning doimiy murojaat qilinadigan “qo’llab quvvatlovchi axborot” ini ko’paytirish, kompyuter axborot muhiti va hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasining yaratilganligini, giper matn va multimedia o’qitishda immitatsiya, kommunikatsiya tizimlari qabul qilingan.
Ma’lumotlar bazasi deganda, axborotni kompyuter texnikasi yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilish tushuniladi. Bir qator axborotlarni an’anaviy qayta ishlash uchun ularni tayyorlashning standart shakllari mavjud bo’lib, ularga bibliografiya, statistik ma’lumotlar, referatlar kiradi.
Ma’lumotlar bazasi axborot tarkibiga statistik, matnli, grafik va ko’rinishli axborotlarni cheksiz ko’p miqdorda va albatta, belgilangan ko’rinishlarda qabul qiladi. Bilimlar bazasi esa yopiq tizimda mazkur mavzu bo’yicha qo’shimcha axborotlarga ehtiyoj sezmagan holda va uning har bir elementi mantiq jihatidan bog’langan boshqa elementlarga chiqa olish bo’yicha axborotlashtirilgan tizimga ega bo’ladi. Bunda ushbu bilimlar bazasiga kiritilmagan, ya’ni undan tashqi elementlarga murojaat qilinishiga imkon bo’lmaydi. Bilimlar bazasining birlamchi bibliografik o’xshashliklari sifatida turli ensiklopediyalar, lug’atlar xizmat qiladi.
Kompyuter yordamida turli ilmiy axborotlar, o’quv materiallari, o’quv materiallari bo’yicha axborotlarni tavsiya etishning boy imkoniyatlari, xususan ularga integrativ kurslarni kiritish, fanning tarixi va metodologiyasi bilan tanishish, turli fanlar bo’yicha ularning zamonaviy darajasiga oid bilimlar ta’lim mazmunini sezilarli o’zgartirish va keskin boyitishga yordam beradi. Uni faollashtirish va rivojlantirishda muhim omil bo’ladi.
Kompyuter vositalari yordamida mustaqil ta’limni tashkil etish nuqtai nazaridan tahlil etadigan bo’lsak, uning interfaolligini, bevosita muloqot yordamida o’quvchi o’quv rejasida ko’rsatilgan, istalagan fan sohasida maxsus o’quv dasturlari yordamida bilim olish imkoniyatiga ega ekanligini ta’kidlash mumkin.
Kompyuter vositasi, o’quvchi yoxud o’qituvchi murojaatlariga “javob” beradi, ular bilan “muloqot”ga kirishadi. Kompyuterli o’qitish metodikasining boshqa bir muhim xususiyati u o’qitish jarayonining barcha bosqichlarida yangi o’quv materialini tushuntirishda, qaytarishda, umumlashtirishda, o’quvchilarning fan bo’yicha erishgan bilim, malaka va ko’nikmalarini tekshirishda yanada yorqinroq namoyon bo’ladi.
Bunday jarayonda o’qituvchi kompyuterning o’quvchi uchun turli vazifalarni, xususan o’qituvchilik, ishchi qurol, ta’lim ob’yekti o’zaro muloqot kabi funksiyalarini bajarishni bilishi kerak. Bunda o’qituvchining vazifasi dars jarayonida o’quvchilarni kompyuterdan to’g’ri foydalanishlarini nazorat qilishdan iborat. Kompyuter texnologiyalari asosida o’qituvchi o’zining kasbiy mahoratini oshirish uchun mustaqil faoliyatda quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. O’quv jarayonini bir butun guruh sifatida tashkil etish;
2. O’quv jarayonida guruhlarni faollashtirish va muvofiqlashtirish, ish joylarini taqsimlash, ko’rsatmalar berish;
3. O’quvchilarni individual kuzatish, individual yordam ko’rsatish, har bir o’quvchi bilan individual muloqot olib boorish;
4. Axborot muhitini tashkil etuvchilari (shaxsiy kompyuter, o’quv va namoyish qurilmalarning har xil turlari, dasturiy vositalar va tizimlar, o’quv metodik ko’rsatmalar va h.k.) ma’lum o’quv kursining mazmuni bilan aniqlangan bog’liqlik asosida tashkil etish [2].
Kompyuter texnologiyasi asosida mustaqil ta’limni ta’minlashda o’qituvchilar quyidagi tuzilmalar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishlari kerak:

  • informatika va hisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini bilishi;

  • kompyuter texnikasining funksional imkoniyatalarini bilishi;

  • zamonaviy operatsion tizimlarni bilishi va ularning asosiy buyruqlarini o’zlashtirishi;

  • zamonaviy dasturiy vositalar va operatsion tuzilmalarni bilishi va ularning vazifalarini o’zlashtirishi;

  • kamida bitta matn muharriri bilan tanish bo’lishi;

  • algoritmlar, tillar va dasturlashtirish haqida dastalabki tushunchalarga ega bo’lishi;

  • amaliy dasturlashdan foydalanish to’g’risida dastlabki tajribaga ega bo’lishi;

Ta’limni jadallashtirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish o’quv jarayonining samaradorligini oshiradi. Buni quyidagi misollarda ko’rish mumkin:

  • o’qituvchilar, ilmiy xodimlar jahonning salmoqli ilmiy, metodik adabiyotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar;

  • uzoq masofalarda joylashgan yetakchi ta’lim muassasalarining ilmiy labaratoriyalari bilan tanishadilar;

  • turli mavzularda videokonferensiyalar tashkil qilish va amalga oshirishga erishadilar;

  • oqituvchilarning o’zaro trening va seminarlari o’tkaziladi;

  • masofaviy ta’lim, axborotlar almashinish va shunga o’xshash juda ko’p imkoniyatlarga ega bo’ladilar ;

Shunday qilib, zamonaviy axborot texnologiyalardan ta’lim muassasalarida amalda tadbiq etish o’quv jarayonida zamonaviy o’qitish metodlarini qo’llashda hamda o’qituvchi pedagogik mahoratini namoyish etishda keng imkoniyatlar yaratadi. Yangi pedagogik texnologiyalarni ta’limda to’laqonli tarzdagi texnologik jarayon sifatida tadbiq etish, ta’lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish — ta’lim muassasasining kuchli moddiy-texnik bazasini, ko’p vaqt va mehnat talab etadigan murakkab jarayondir.
Jamiyatning har bir a’zosi o‘zining kundalik faoliyatida, uzluksiz ravishda turli axborot resurslaridan foydalanadi. Doimiy ravishda ortib borayotgan axborotlar hajmi jamiyatdagi intellektual salohiyatning oshishiga xizmat qiladi. Modomiki shunday ekan, o‘qituvchi ham o‘z kasbiy va pedagogik mahoratini zamonaviy axborot texnologiyalari oqimi asosida oshirib borish mumkin. har bir o‘qituvchi mehnat faoliyati jarayonida axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishi uchun avvalo o‘z axborot muhitini shakllantirishga zamin yaratishi kerak.
Zamonaviy axborot texnologiyalari o‘z muhitida axborot obyektlarini, ularning o‘zaro aloqasini, axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash, to‘plash texnologiyalari va vositalarini, shuningdek, axborot jarayonlarining tashkiliy va huquqiy tarkibini mujassamlashtiradi.
Ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va bunda o‘qituvchilarning ko‘nikma va malakalarini amalga oshirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “O‘zbekiston Respublikasinig jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2005-yil 28-sentabrdagi PQ-191 sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2001-yil 6-iyundagi 200-sonli, “O‘qituvchi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2006-yil 16-fevraldagi 25-sonli qarorlarining qabul qilinishi mazkur masalaga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e‘tibor qaratilayotganligidan dalolat beradi.
Kompyuter vositalari yordamida mustaqil ta’limni tashkil etish nuqtai nazaridan tahlil etadigan bo‘lsak, aksariyat uning interfaolligini, bevosita muloqot yordamida o‘quvchi o‘quv rejasida ko‘rsatilgan, istalgan fan sohasida maxsus o‘quv dasturlari yordamida bilim olish imkoniyatiga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi. Kompyuter vositasi o‘quvchi yoxud o‘qituvchi murojaatlariga “javob beradi”, ular bilan bemalol “muloqotga kirishadi”, bular kompyuter ta’limi metodikasining asosiy xususiyatlaridan biri sanaladi.
Kompyuter yordamida o‘quv va didaktik materiallar deyarli professional darajada ishlab chiqilishi mumkin. Matnni qo‘lyozma shaklida tayyorlab olish kerak. Matn tayyor bo‘lgach, uni qayta ishlovchi dastur, misol uchun, Word dasturi orqali kompyuterga kiritish mumkin. grafiklarni kiritish uchun Power Point taqdimoy dasturidan foydalaniladi. Ikkala dastur birgalikda matn va grafik kombinatsiyasini amalga oshirishga yordam beradi.
Ta’lim jarayonida multimedia vositalari yordamida darslarning samaradorligini oshirish hozirgi kunnin gdolzarb masallalaridandir. Rivojlangan xorijiy davlatlarda o‘qitishning bu usuli ta’lim sohasining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha tatbiq qilinmoqda. Hozirda amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, multimedia vositalari yoramida o‘quvchi-talabalarni o‘qitish ikki barobar samarali bo‘lmoqda. Mazkur vosita yordamida o‘qitishda an’anaviy ta’lim usullariga nisbatan o‘rtacha 30% gacha vaqtni tejash mumkin hamda olingan bilimlar o‘quvchi-talabalar xotirasida uzoq muddat saqlanib qoladi.
Ma’lumki, eshitgan materialning to‘rtdan bir qismi xotirada qoladigan bo‘lsa, o‘quvchi-talaba;arga berilayotgan materiallarni video (ko‘rish) orqali amalga oshirsak, axborotni xotirada saqlab qolish va tasavvur qilish imkoniyati 25 – 30% gacha oshadi. Shuningdek, mazkur o‘quv materiallari audio, video va grafika ko‘rinishida mujassamlashtirilgan holatda o‘quvchi-talabalarga berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75 foizga oshishi kuzatilmoqda.
Kompyuterdan foydalanishning yana bir muhim xusussiyati, u o‘qitish jarayonining barcha bosqichlarida, jumladan, yangi o‘quv materialini tushuntirishda, qaytarishda, umumlashtirishda, o‘quvchilarning ma’lum fan bo‘yicha erishgan bilim, malaka va ko‘nikmlalarini tekshirishda namoyon bo‘ladi. Bunday jarayonda o‘qituvchi kompyuterning o‘quvchi uchun turli vazifalarni, xususan, o‘qituvchilik, ishchi qurol, ta’lim obyekti, o‘zaro muloqot kabi funksiyalarni bajarishini bilish kerak. bunda o‘qituvchining vazifasi dars jarayonida o‘quvchilarning kompyuterdan to‘g‘ri foydalanishlarini nazorat qilishdan iborat.
Davr ruhini ifodalab, kun sayin barcha soalar amaliyotiga jadal kirib borayotgan axborot texnologiyalarini umumta’lim maktablari ta’lim jarayoniga ham tatbiq etish dolzarb masalalardan biridir. Butun jahon miqyosidagi axborot tarmog‘i har qanday sohada axborotning hajmi va tezligidan qat’iy nazar, uni istagan miqdorda qabul qilish uchun taqdim eta oladi.
Multimediya va Internet texnologiyalarining paydo bo‘lishi axborot texnologiyalarining umumiy ta’lim maktablari ta’lim va tarbiya, muloqot jarayonlarida samarali vosita sifatida foydalanishga keng yo‘l ochib berdi. Axborot texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi va kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini shakllantirish, kasbiy mahoratini o‘stirishda tutayotgan o‘rni va ta’siri ortib borayotganligini inkor etib bo‘lmaydi. Umumiy ta’lim maktablaridagi ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari vositasida o‘qituvchi va o‘quvchilar oldida quyidagi imkoniyatlar ochiladi, xususan:

  • axborot yig‘ishning yangi usullarini va ularni qo‘llashni bilib oladilar;

  • bolalarning fikrlash doirasi kengayadi, bilim olishga qiziqishlari ortadi;

  • mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorligi yaxshilanadi;

  • bolani aqliy jihatdan rivojlantirishga, hissiy-estetik doirasini kengaytirishga, ijobiy qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi.

Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim sohasida, o‘quv faoliyatida va o‘quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratiladi. Axborot texnologiyalari ta’limni amalga oshish jarayonida hayot bilan uyg‘unlashtirishga imkon beradi. O‘qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan chambarchas bog‘lash imkoniyati paydo bo‘ladi. Axborot texnologiyalarini qo‘llashda o‘quvchi shaxsining butun imkoniyatlarini amalga oshirishga: kompyuter vositalari orqali bolaning bilishga oid, axloqiy, ijodiy, muloqot qilish va estetikaviy imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilish lozim. Kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning to‘laqonli vositasiga aylantirish uchun o‘qituvchining o‘zi axborot texnologiyalari sohasida bilimdon (salohiyatli) bo‘lishi kerak.


  1. Download 408.9 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling