Mavzu: O`qituvchining kompyuter texnologiyalari asosidagi faoliyati Reja


O`qituvchining kompyuter texnologiyalari asosida o`quvchilar bilimini nazorat qilishi


Download 408.9 Kb.
bet2/4
Sana01.11.2023
Hajmi408.9 Kb.
#1737241
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ishi

O`qituvchining kompyuter texnologiyalari asosida o`quvchilar bilimini nazorat qilishi

O‘quvchilar bilimi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish kompyuter tizimining asosiy maqsadi, ular erishgan yutuqlar va muvaffaqiyatlarni aniqlash, uni takomillashtirish yo‘llarini ko‘rsatish, shu asosda o‘quvchilarga samarali ijodiybfaoliyat ko‘rsatish uchun sharoit yaratishdan iborat.
Ta’lim-tarbiya jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish talabalar bilim samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga zamonaviy o‘qituvchi ta’limda samarali usullardan foydalanib dars o‘tishi, o‘zi ham yangi pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalar ishlab chiquvchi va o‘z mehnat faoliyatining tashkilotchisi, tanqidchisi ham bo‘la olsin, u tayyorlagan mutaxassis dunyoning istalgan rivojlangan davlatidagi kadrlar bilan ham ilmda, ham mahoratda, ham odobaxloqda erkin raqobatlasha olsin.
Xullas, shunday ekan, ta’lim-tarbiya tizimiga multimediali elektron resurslarni joriy qilish pedogogikaning asosiy vazifalaridan biriga aylandi. Kompyuter asrida, fan-texnikaning barcha sohasi shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda, barcha sohalar kabi o‘zbek tili fanining o‘rganish darajasi ham takomillashib bormoqda, bu ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbek tilida multimedialar, elektron darsliklarning yaratilishi tillarni o‘qitish jarayonida multimediali o‘quv kontentlarini kengayishiga olib keladi. “Shu kunga qadar ham o‘zbek tilshunoslik ilmining zamonaviy yo‘nalishlariga o‘z hissasini qo‘shgan A. Jo‘rayev, o‘zbek sotsiolingvistikasi asoschisi, A.Pulatov kompyuter lingvistikasiga munosib hissa qo‘shgan olim sifatida, tilimizni nufuzini rivojlantirishda yana bir qator olimlar; R.Sayfullayeva, B.Mengliyev, M.Qurbonova, D.Lutfullayeva, M.Yuldashevlarni e’tirof etmoq o‘rinlidir.”
Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan darsliklarni yaratish uchun o‘zbek tilida milliy qadriyatlar aks etgan vatanparvarlik, oilaparvarlik, milliylik, mehnatsevarlik, ona tilimizga bo‘lgan hurmat hissi yo‘g‘rilgan g‘oyalar singdirilgan, matnlar videoroliklar, sohaga doir materiallar tayyorlanib mavzular bo‘yicha tizimga solinyapti. Albatta, innovatsion texnologiyalar asosida yaratilyapti. Bu esa dars mashg‘ulotlarida, har bir mavzuni innovatsion texnologiyalar asosida qiziqarli tarzda o‘tishga keng yo‘l ochadi.
AKTlar asosida yangi loyihalarni yaratish hamda boyitish imkonini beradi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida kompyuter texnologiyalari va multimediali o‘quv kontentlaridan foydalanish o‘rni va samarasi sezilarli darajada rivojlanib bormoqda.
O`qituvchining kompyuter texnologiyalari asosida o`quvchilar bilimini nazorat qilishi Ta’lim tizimidagi yuz berayotgan tub islohatlar barcha yo‘nalishlarda o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Interaktiv metodlar va innavatsion texnologiyalarni qo‘llash va ulardan oqilona foydalanish ta’lim muassaslarida dars mashg‘ulotlarini yuqori darajalarda tashkil etishning asosiy omili bo‘lib xizmat qilmoqda. Talabalar bilimini baholashning kompyuter tizimi va o‘zlashtirish monitoringini tashkil etish uchun avvalo, zamonaviy ta’lim tizimida o‘qitishning sifatini tashxis qilishga, ya’ni uning holatini aniqlamay turib, undagi jarayonlarni samarali boshqarishga, ta’limda ma’lum bir maqsadga erishishning iloji yo‘qligi hech kimda shubha tug‘dirmaydi. Talabalarning yakunlovchi bilim va malakalarini ta’lim jarayonida turli mezonlar va yondashuvlarga tayanib aniqlash, bu jarayonlarga axborot texnologiyalarini qo‘llash, ularning qo‘yilgan didaktik talablarga mosligi haqiqiyligini nazorat qilish mumkin.
Hozirgi vaqtda elektron test yaratish imkoniyatini beruvchi dasturlar juda ko‘p. Bulardan iSpring Suite dasturlar paketi haqida to‘xtalib o‘tsak.
Kompyuter yordamida onlayn taqdimotlar va elektron o‘quv kurslarini yaratuvchi zamonaviy dasturlardan biri iSpring Suite dasturlar to‘plamidir. iSpring Suite dasturlar paketiga iSpring Pro, iSpring QuizMaker, iSpring Kinetics jamlangan. Ular yordamida audio, video, interaktiv elementlar va testlar bilan boyitilgan onlayn taqdimot materiallari va o‘quv kurslari, har xil so‘rovnomalar, anketalar, interaktiv testlar kabi bir qancha elektron nashrlar tashkil etish imkoniyati mavjud.
Bu dasturlardan iSpring QuizMaker dasturi audio, video fayllar, tasvir va formulalar yordamida interaktiv testlar va anketalar yaratadi. Interaktiv testlarni iSpring QuizMaker dasturi yordamida tuzish uchun kompyuterga iSpring Suite dasturi bilan Adobe Flash (operatsion tizim razryadiga ko‘ra 32 va 64 bitli) dasturi o‘rnatilishi talab etiladi. Dastur o‘rnatib bo‘lingach Pusk menyusidan “Все программы” bo‘limida iSpring Suite tanlanadi va natijada oyna paydo bo‘ladi.
iSpring modulining ilk interfeysi dastur boshqa elektron testlar yaratish dasturlaridan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:

  • dasturning ishchi fayli ixtiyoriy kompyuterga ko‘chirib qo‘yilishi va ishlashi mumkin;

  • juda kam amallar ketma ketligi bajariladi;

  • maxsus bilimlar talab etilmaydi;

  • testlarning 11 xil turini yaratish mumkin;

  • test savollari va javoblariga rasm, formula va video joylashtirish mumkin;

  • test natijalari to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron pochtaga jo‘natiladi;

  • dastur litsenziyaga ega va ochiq kalitli ekanligi.

Kompyuterga iSpring Suite dasturlar paketi o‘rnatilgach, iSpring QuizMaker dasturi yordamida elektron testlar tuzish imkoniyati mavjud.
1-rasm. iSpring QuizMaker dasturi.
Testlar bazasi yaratilgach, darsning qaysi qismida foydalanishiga qarab testlar soni va test o‘tkazish vaqti belgilanadi. Interfeys ko‘rinishini foydalanuvchi ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartirish mumkin. Tayyor testlar bazasini yaratib bo‘lgach, uni lokal tarmoq uchun, global tarmoq uchun, xujjat shaklda (MS Word) yoki LMS tizimi uchun saqlash imkoniyati mavjud. Dasturda yaratilgan elektron testlar bazasi ishchi fayli .swf formatda saqlanadi. Demak, ushbu testlar bazasidan foydalanish uchun kompyuterda Adobe Flash Player dasturi mavjudligi yetarli.
Bu oynadan Создать новый тест bo‘limini tanlasak testlarni tuzish uchun oyna ochiladi. Bu oyna dasturning ishchi oynasi hisoblanadi. Ishchi oynaning Добавить тест bo‘limidan test yaratish amali boshlanadi. Dasturda test savollarining quyidagi ko‘rinishlarini yaratish mumkin:
Bitta javobli test: bu testning qiyinligi javob variantlarining ko‘pligiga bog‘liq. Bu test turida javob variantlarini keraklicha “добавить” tugmasi yordamida ko‘paytirish mumkin. Savolga tasvir, ovozli fayl va video fayl qo‘shish, javob variantlariga tasvirli fayllarni ilova qilish mumkin. “удалить” tugmasi yordamida javob variantlarini o‘chirish mumkin.

Ko‘p javobli test: bu test turi yordamida bir necha ma’lumotlar yuzasidan o‘quvchi fikrini aniqlash mumkin. “To‘g‘ri-noto‘g‘ri” ko‘rinishdagi test: bunda anketa savoli ko‘rinishiga mos test turi, javob varianti faqat ikkita bo‘ladi;



Yopiq test: bunda javob varianti o‘quvchi tomonidan kiritiladi;

O‘zaro moslik o‘rnatish: bunda bir necha savollar o‘zaro javoblari bilan birlashtiriladi;

Javoblarni tartiblash: savolning ushbu turida javob variantlari o‘zaro tartiblanadi;
Sonni kiriting: savolning javobi sifatida o‘quvchi sonni kiritishi kerak;

Bo‘sh joylarni to‘ldiring: matndagi bitta yoki bir necha bo‘sh joylarni kerakli so‘z bilan to‘ldirish talab etiladi;

Javoblari keltirilgan savol: savolning bo‘sh qismlarida javoblar variantlari keltirilgan bo‘ladi, ushbu javob variantlardan to‘g‘risini belgilash mumkin.

So‘zlar banki: Matnning bo‘sh joylariga berilgan so‘zlardan keraklilarini tanlab joylashtiriladi. Savolni qiyinlashtirish uchun so‘zlar sonini bo‘sh joylar sonidan ko‘paytirish mumkin.

Faol hududni aniqlovchi savol: Savolda rasmdagi qaysidir maydonni belgilash vazifasi joylashtirilgan bo‘lib, ushbu rasmdagi hudud o‘quvchi tomonidan javob berish jarayonida tanlanadi.

Testlar bazasiga barcha savollarni kiritib bo‘linganidan so‘ng, bajarilgan ishni elektron shaklda saqlash kerak bo‘ladi. Tayyor bo‘lgan elektron testni saqlashdan oldin ayrim sozlashlarni bajarish kerak. Chunki bu sozlashlar elektron testdan foydalanilayotgan vaqtda katta ahamiyatga ega.
Buning uchun Ispring dasturining yuqori chap tomonida joylashgan “Настройка” tugmasi bosiladi. Natijada yangi oyna hosil bo‘ladi.
Bu oyna ro‘yxatining birinchi bandi “Основные” deb nomlangan. Bu bandda elektron testga nom berish, testdan o‘tish balini o‘rnatish, testni bajarishning maksimal vaqtini o‘rnatish va test boshlanishdan oldin tizim topshiruvchining ismini va elektron pochtasini so‘rash funksiyalarini qo‘shish imkoniyatlari mavjud. Bundan tashqari har bir to‘g‘ri javob uchun maksimal ball, tizim test topshiruvchisi tomonidan barcha testlar topshirilmagan holatda ham testni tugatish imkoniyatini va har bir savolga javob berilgandan so‘ng to‘plangan ballni ko‘rish imkoniyatini ham o‘rnatish mumkin. Testga “Informatika fanidan test” deb nom berildi. O‘tish balini umumiy ballning 55 % miqdorida belgiladik. 20 ta savol uchun 30 daqiqa etib belgilandi. Test vaqtida qolgan vaqtni ko‘rsatib turishi belgilanib qo‘yildi.
“Основные” bandini sozlashlarni bajarish “Навигация” bandi yordamida test savollariga javob berish usullari sozlanadi. Bunda bazada mavjud barcha savollarga javob berish yoki aniq miqdordagi savollar to‘plamiga javob berish, har bir savolga to‘gri yoki noto‘g‘riligi haqida ma’lumot berish, javob berilmagan test savollari mavjud bo‘lsada testni yakunlash imkoniyatlarini sozlash mumkin. Har bir javobda uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini foydalanuvchiga ko‘rsatib ketish mumkin. Yoki test topshiruvchi bu xabarni testning oxirida olishi ham mumkin.
“Результаты” bandi yordamida test natijasiga tegishli ma’lumotlarni sozlash imkoniyatini beradi. Agar test topshiriqlarni yaxshi topshirgan bo‘lsa yoki etarli ball to‘play olmasa, qanday xabar chiqishi, javoblarni qog‘ozga chop qilish imkoniyatini sozlash mumkin. Bundan tashqari test javoblarini test topshiruvchining elektron pochtasiga jo‘natish imkoniyati mavjud.
“Настройка плеера” bandi yordami elektron test topshirish interfeysini rangi aniqlanadi. Barcha sozlashlarni bajargandan so‘ng OK tugmasi bosiladi. Endi bemalol elektron testni saqlash mumkin. Buning uchun dasturning yuqori chap tomonida joylashgan “Публиковать” tugmasi bosiladi. Keyin yangi oyna paydo bo‘ladi. Bu oynada elektron test dasturini saqlash kerak bo‘lgan joyni (bizning misolimizda ish stoli ko‘rsatilgan), fayl nomini (bizning misolimizda Informatikadan test savollari), fayl tipini (bizning misolimizda .exe) va dastur oynasi o‘lchamini ko‘rsatish mumkin.
Fayl tipi .exe deb belgilanganda, avtomatik ravishda .swf formatda elektron test saqlanadi. Shuning uchun bu elektron testdan foydalanish uchun Adobe Flash Player dasturi o‘rnatilgan bo‘lishi shart.So‘ngra “Публиковать” tugmasi bosiladi. Dastur faylni avtomatik ravishda ko‘rsatilgan joyga saqlaydi.
Dasturning “Публиковать” bandida sozlashlarni bajarish: Ishchi stolda yaratilgan ushbu faylni ishga tushirib, test topshirig‘ini topshirish mumkin. Yuqorida Ispring dasturida tuzilgan testdan ko‘rinib turibdiki, bu test an’naviy testlarga qaraganda bu testda bir xillik bo‘lmaydi va talabalarga bir muncha qiziqarliroq tarzda testlar beriladi. Undan tashqari bu interaktiv testlarni rasm, ovoz va formulalar yordamida testlarni tuzish imkoniyati mavjudligi ularni yanada qiziqarli va qolaversa o‘quvchini katta intuziazm bilan ishlashga chorlaydi. Oddiy testlardan chegaralangan yo‘nalishlardan foydalanib test nazorati o‘tkazish mumkin edi, misol uchun musiqa yo‘nalishi talabalari uchun faqat nazariyadan savollar berish mumkin edi, bu dasturda esa ovozlar qo‘yish yordamida test tuzish imkoniyati borligi biror bir musiqadan parcha qo‘yib savollar tuzish imkoniyatini yaratadi. Boshqa yo‘nalishdagi fanlar: matematika, fizika, biologiya, geografiya va h.k. lar uchun ham juda qiziqarli, interaktiv testlar tuzish imkoniyati mavjud. Undan tashqari testni kompyuter tarmoqlari orqali ham o‘tkazish imkoniyati va elektron pochta orqali yo‘llab yuborish imkoniyatlari mavjudligi hozirgi zamonaviy ta’lim talablariga ham javob bera oladi.
Yuqorida keltirilgan imkoniyatlardan ushbu dasturdan elektron darslik, elektron vositalar yaratishda foydalanish qulayligi ko‘rinib turibdi. Elektron testlar orqali o‘quvchilarni mavzularning ma’lum bobi tugaganda yoki yangi mavzuni mustahkamlashda qo‘llash yaxshi samara beradi. Ispring dasturidan barcha fan o‘qituvchilari foydalanishi mumkin. Test dasturi orqali bir vaqtda sinf o‘quvchilarining barchasi baholanadi. Vaqtdan yutiladi. O‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarini bilib oladilar. Quyida Ispring dasturi yordamida tuzilgan testlardan namunalar keltirilgan. Bizning misolimizda Ispring Suite 8 dan foydalanilgan.



  1. Download 408.9 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling