Mavzu: O’qituvchining rejissorlik va aktyorlik ko’nikmalari Reja: O’qituvchining aktyorlik va rejissyorlik mahorati Teatr faoliyati bilan pedagogik faoliyat


Download 31.81 Kb.
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi31.81 Kb.
#1428010
  1   2
Bog'liq
O’qituvchining rejissorlik va aktyorlik ko’nikmalari 23


Mavzu: O’qituvchining rejissorlik va aktyorlik ko’nikmalari
Reja:
1. O’qituvchining aktyorlik va rejissyorlik mahorati
2. Teatr faoliyati bilan pedagogik faoliyat
3. O‘qituvchi – aktyor mahoratidagi uyg‘unlik va uning pedagogik amaliyotdagi ifodasi


O’qituvchining aktyorlik va rejissyorlik mahorati va o’z ruhiy holatini boshqarfa olish texnikasi.
Tarbiyaviy jarayon ijodkorlikdan iboratdir, lekin u pedagogik vaziyatni tahlil qilish maxoratida ham, bolalar bilan bevosita o’zaro xamkorlik qilishda ham namoyon bo’ladi. Tarbiyachi ijodkorligining o’ziga xosligi shundan iboratki, u ijodiy fikrini o’z shaxsi orqali amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytganda, pedagogikada ijodkorning shaxsi bilan ijodkorlik quroli (vositasi) bir-biriga mos keladi bunda tarbiyachining o’z-o’zini namoyon qilishi juda katta rol’ o’ynaydi. Bu jihatdan o’qituvchining faoliyati bir qator xususiyatlari bo’yicha aktyor, rejissyorning badiiy-ijodiy faoliyatiga yaqindir.
Shuni qayd etib o’tish kerakki, teatr ijodkorligida va pedagogik ta`sir ko’rsatishda, ya`ni pedagog bilan bolalarning bevosita o’zaro harakati bilan bog’liq bo’lgan xissi o’zaro fikr almashish sohasida ko’pgina umumiy tomonlar bor. Tarbiyachi pirovard natijada pedagogik ta`sir ko’rsatish drammaturgiyasini ishlab chiqadi, uni rivojlantirish soxalarni belgilaydi, tarbiyaviy ta`sirlar rejasini tuzib chiqadi, bu reja u yoki bu tarbiyaviy syujetni rejissyorona ko’rishni nazarda tutadi, nihoyat. pedagogning o’zi tarbiyaviy g’oyalar va yo’l-yo’riqlarning - faol «uzatuvchisi» bo’lib maydonga chiqadi, Bu ikkala ijodiy jarayonni muomala va o’zaro faqat bir-biriga yaqinlashtiradi, Ular ham teatr ijodkorligi ham, pedagogik ijodkorlikning eng muxim harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.
Shu bilan birga kishi shuni aniq bilishi kerakki, bu faoliyat turlaridagi o’xshash qismlar uchun o’ziga xos qismlar sifatida namoyon bo’ladi, bunga sabab avvalo shuki, bu ijodiy jarayonlarning o’zi, tuzilishi va vazifalariga ko’ra aynan o’xshashdir. Gap teatr ijodkorligi nazariyasidan, xususan K.S.Stanislavskiy sistemasidan pedagogik ta`sir ko’rsatish maxoratini oshirishda foydalanish imkoniyatlari xaqida bormoqda. Masalan, jarayoniing xissii soxasini tahlil qilish borasida teatr pedagogikasi tomonidan to’plangan bir muncha tajriba asosida o’zaro fikr almashish amalga oshiriladi va bu tajriba pedagogning ijodiy mehnatiga o’xshash jarayonlarni tutshunish foydalidir, bu esa tarbiyaviy mahoratni samarali egallashga yordam beradi.
Teatr faoliyati va pedagogik faoliyati maqsadning o’xshashligi xam yaqinlashtiradi. Xar ikkala holatda ham maqsad kishiga ta`sir ko’rsatishi va kishida muayyan kechinmalar vujudga keltirish sifatida belgilanishi mumkin. Teatr va pedagogik faoliyat bir xilda ekanliginish uchinchi ko’rsatkichi-ta`sir ko’rsatish qurolining umumiyligidir. Har ikkala xolda ham pedagog bilan aktyorning o’z psixofizik tabiati ana shunday qurol vazifasini bajaradi.
Pedagogik faoliyatda pedagogik yunalish xosil qiladigan va bir-biriga ta`sir ko’rsatadigan kobiliyatlarning aloxida bir tarkibi vujudga keladi. Bu jihatdan A.S.Makarenkoning gavdasi shaxsi diqqatga sazovordir. Bu shaxs o’zida pedagogik, adabiy, aktyorlik musiqiy va tasviriy qobiliyatlarning o’zaro ta`sirini gavdalantiradi. Mazkur qobiliyatlar umuman Makarenko shaxsning pedagogik yo’nalishi oqimida amalga oshiriladi. Anyun Semenovichning beqiyos qobilyata egaligini ko’p kishilar ko’rsatib o’tadilar, xususan, uni ovozni, ifodali, imo-ishorani egallash maxoratini, o’zini idora kilish maxoratini ta`kidlaydilar.

Download 31.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling