Mavzu: oqsillarni tarkibi va tuzilishi


Download 3.03 Mb.
bet1/2
Sana14.11.2023
Hajmi3.03 Mb.
#1773337
  1   2
Bog'liq
77-22 Ziyo


TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH UNIVERSITETI
MUHANDISLIK FAKULTETI
“ORGANIK KIMYO”FANIDAN
MUSTAQIL ISH TAQDIMOTI
BAJARDI: 77-22 GURUH TALABASI
MIRZADILLAYEVA ZIYODA
TEKSHIRDI: NORBOYEVA MADINA

MAVZU: OQSILLARNI TARKIBI VA TUZILISHI

MAVZU: OQSILLARNI TARKIBI VA TUZILISHI

REJA:

Kirish

1.

2.

3.

4.


Oqsillar
Organik moddalar ichida shunday birikmalar ham borki, ular tarkibi, tuzilishi, xossalari jihatidan biror organik modda sinfiga tegishli bo’lmay, alohida turni tashkil etadi. Bular oqsillardir. α — Aminokislotalarning polikondensatsiyalanishidan hosil bo’lgan va polipeptid bog’lari saqlagan tabiiy yuqori molekulyar moddalar oqsillar deyiladi.
Oqsillar tirik organizmlar hayotini ta’minlab turuvchi asosiy moddalar bo‘lib, ularning tuzilishi juda murakkabdir.
Ayrim oziq-ovqat mahsulotlaridagi oqsil moddalarning miqdori (% hisobida)v

Go’shtda

12,9—14

No’xatda

22

Jigarda

18—19

Sutda

3,4

Buyrakda

16—17

Sholida

8

Tuxumda

12

Makkajo’xorida

8

Kartoshkada

2



Oqsillar — polipeptidlardir, ya’ni. ko‘p sonli (200—10000000 gacha)
α-aminokislotalarning qoldiqlaridan tashkil topgan polimer moddalardir. Umumiy holda polipeptidlarni quyidagicha tasvirlash mumkin:
R1, R2, R3, R4 — α — aminokislotalarning tarkibiga kiruvchi radikallar.
Tik chiziqlar bilan polipeptidni hosil qilgan aminokislota qoldiqlari ajratilgan. Oqsil makromolekulasida aminokislota molekulalari qoldiqlari o‘rtasida peptid bog‘lari mavjudligi gipotezasini A. Ya. Danilevskiy (1888 y.) aytgan, XX asming boshlarida nemis olimi E. Fisher 19 aminokislotadan iborat polipeptidni sintez qilib, bu gipotezaning to‘g‘riligini isbotladi. Oqsillar tarkibiga turli sonli 22 xil α -aminokis­lota qoldiqlari kiradi.
Masalan: insulin — 51, mioglobin—140ta aminokislota qoldig‘idan iborat bo‘lsa, qon gemoglobinining tarkibi (C738H1166O208N203S2Fe)4 bo’lib, 4 ta 2 ta α, 2 ta β-gemoglobin birikmasidan iboratdir. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki oqsillar juda “katta” molekulalar bo‘lib, ular tarkibiga ko‘p sonli α—aminokislota qoldiqlari kiradi va bunday molekulalarning tuzilishi juda murakkabdir.
Oqsillarning tuzilishi
Oqsillarning tuzilishi ularning gidrolizlanish mahsulotlarini o’rganish bilan aniqlangan. Gidrolizlanish oqsillarning eng asosiy xossalaridan biri bo‘lib, oqsillardagi peptid bog‘lari suv molekulalari ta’sirida uzilib, reaksiya mahsulotlari sifatida α — aminokislotalar hosil bo’ladi.
Keyinchalik oqsilning birlamchi tuzilishini avtomatik aniqlaydigan analizatorlar va shu axborot bo’yicha tegishli aminokislotalardan oqsilni sintezlaydigan sintezatorlar yaratildi. Hozirgacha 2000 ta oqsilning birlamchi tuzilishi aniqlangan. Masalan, sitoxrom 104 ta, mioglobin 153 ta, α—gemoglobin 141 ta, β- gemoglobinni 145 aminokislota hosil qiladi.
Gidroliz reaksiyalari tufayli oqsil makromolekulalari bo‘linib, kichik molekulyar birikmalar (a— aminokislota) holiga o‘tib, organizm tomonidan ularning o‘zlashtirilishi osonlashadi. O‘zlashtirilgan amino­kislotalar qaytadan yangi oqsil molekulalarini hosil qilib organizmning to’qimalariga gormonlar, fermentlar va boshqa organizm hayotini ta’minlovchi asosiy biologik moddalarga aylanadilar.
Kimyo va zamonaviy fizik-kimyoviy usullaming yaratilishi oqsillaming tuzilishini o’rganish imkoniyatini berdi. Bu tadqiqot usullarining natijalari asosida oqsillar birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to’rtlamchi tuzilishlarga ega ekanligi aniqlangan.

Download 3.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling