Mavzu: Oqsillarning ko’p shaklliligi. Polimorfizm. Immunoglobulinlar super oilasi tuzilishi,xususiyatlari
Download 0.55 Mb.
|
mustaqil ish3
- Bu sahifa navigatsiya:
- IgG tuzilishi
Immunoglobulinlar (Ig) -umurtqali hayvonlar va odamning qon zardobidagi antitelolar faolligiga ega boʻlgan globulyar oqsillar guruhi. I. molekulasi ikkita bir xil yengil va ikkita bir xil ogʻir polipeptid (q. Peptidlar) zanjirlardan iborat boʻlib, ular oʻzaro, asosan, disulfid (— S—S—) bogʻlar bilan bogʻlangan. I. ning bunday toʻrt zanjirli tuzilishi davomiy qaytarilib, dimerlar (IgA) yoki pentamerlar (IgM) hosil qilishi mumkin. Har bir polipeptid zanjir (yengil yoki ogʻir) ikkita — konstant va variabel qismdam iborat boʻlib, konstant (SOON — chetki) qismning aminokislotali ketma-ketligi turli I. da juda oʻxshash, variabel (NH2 — chetki) qismda esa turli I. da turlicha. I. xususiyatlari ularning bitta yengil va bitta ogʻir zanjirli variabel qismdan tuzilgan faol markazining fazoviy strukturasiga bogʻliq. Ularning boshqa biologik xossalari (platsenta orqali oʻtishi, sekretlarga tushishi, toʻqimalarda paydo boʻlishi, komplement tizimining faollashuvi yoki biologik faol moddalarning ajralishi) molekulyar konstant qismining tuzilishi orqali aniqlanganImmunoglobulinlar orasida eng asosiysi IgG hisoblanadi. U immunoglobulinlarning 75 %ini tashkil qiladi.Bu sinfga kiruvchi antitelolar -Organizmni mikroblar ,viruslar va ular ishlab chiqargan zaharli moddalardan himoya qiladi. Vazifalari: 1.IgG mikroorganizmlar antigeni bilan antigen-antitelo kompleksini hosil qiladi. 2.Oqsil sistemasi komplementligini aktivlashtiradi va aloqani ta’minlaydi 3.Bundan tashqari plantsentar baryer vazifasini bajarib,organizmni infeksiyalardan himoya qiladi. 4. Fagotsitozda ishtirok etadi. Bundan tashqari u 4ta kichik sinflarga bo’linib ketadi. IgG1,IgG2,IgG3,IgG4.IgG tuzilishiРис. 1-48. Фагоцитоз комплекса антиген-антитело нейтрофилом. А - взаимодействие бактерии, покрытой ДО, с рецепторами нейтрофилов; Б - поглощение бактерии нейтрофилом; В - переваривание бактерии внутри фагосомы нейтрофила. IgM 2 xil formada bo’lishi mumkin: Monomer yoki membrana aloqa formasi: B-limfotsitda sintezlanadi. U plazmatik membrana va antigen o’rtasida retseptor ro’lini o’ynaydi va aloqani ta’minlaydi. Uning konstant qismi 25ta gidrofob aminokislota qoldig’idan tuzilgan. IgM ning sekretor formasi: bu forma organizmga kirgan antigenlarni eritadi va qonga sekretsiya ajratadi. IgMning bu formasi 5 ta monomer subbirlikkdan tuzilgan,bu subbirliklar bir-biri bilan disulfid bog’lar va qo’shimcha polipeptid bog’lar orqali bog’langan.Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling