Mavzu: О‘quvchilar, pedagog xodimlar, ota-onalar bilan yakka va jamoaviy shakldagi ishlarni olib borish
Download 111.06 Kb.
|
czMVfVlMVziLGuK90FBDmVs7H2SmXjIPB8dKjRnt
Mavzu: О‘quvchilar, pedagog xodimlar, ota-onalar bilan yakka va jamoaviy shakldagi ishlarni olib borish. Psixologik diagnoz ( diagnosis - grekcha, aniqlash, bilish degan ma’noni anglatadi) - shaxs individual-psixologik xususiyatlarining xozirgi xolatiga baxo berish, rivojlanishini oldindan aytib berish ( prognoz qilish) va psixodiagnostik tekshiruv vazifalaridan kelib chiqib, tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan psixolog faoliyatining so’nggi natijasidir . Psixodiagnostik tadqiqotlar amaliyotida psixologik diagnoz qo’yishning 3 bosqichi farqlanadi: Simptomatik diagnozda dasturi mavjud har qanday komyuter texnologichyasi orqali bajarishi mumkin bo’lgan tadqiqotda olingan natijalar qayta ishlanadi. Etnologik diagnozda kelib chiqish sabablari biror xususiyatning mavjudligini emas, balki uning vujudga kelish sabablari ham hisobga olinadi. Tipologik diagnozda sinaluvchi shaxs tuzilishida olingan natijalarning ahamiyati va o’rni aniqlanadi.1Psixodiagnostika psixologiyaning ilmiy va amaliy jabhalaridan tashqari uning boshqa sohalarida keng qamrovda qo’llaniladi. Masalan, tibbiy psixologiya, patopsixologiya, injenerlik psixologiyasi, mehnat psixologiyasi kabi insonning psixologik xususiyatlarini bilish talab qilinadigan barcha sohalarda foydalaniladi. Ilmiy va amaliy psixodiagnostika qayd etilgan barcha holatlarda ham o’ziga xos muhim vazifalarni hal etadi. Ularga quyidagilar kiradi: 1. Insondagi mavjud biror psixologik xususiyat yoki xulq-atvori holatini aniqlash; 2. Mazkur xususiyatning shakllanganligi, ya’ni uning miqdoriy va sifatiy ko’rsatkichlarda namoyon bo’lishi darajasini o’rganish; 3. Zarur bo’lgan holdagina shaxsning tashhis qilinayotgan xulq-atvoridagi psixologik xususiyatlarini ochib berish; 4. O’rganilayotgan xususiyatlarning shakllanganlik darajasini taqqosiy ishlanmasini yaratish. Amaliy psixodiagnostikada sanab o’tilgan vazifalarning har biri alohida yoki kompleks tarzda olib borilayotgan tadqiqot maqsadiga muvofiq amalga oshiriladi. Psixologik diagnostika jarayonida Shaxsning individual-ruhiy holatlari, shaxsiy xu- susiyatlari o’rganiladi; Aniq diagnostika ma’lumotlari shaxsning ruhiy holatini, uning fe’lidagi xossalarini, temperamentini baholashga imkon yaratadi. Ijtimoiy-psixologik diagnostika - bu o’smirlarning o’zaro oi- lada, «kichik guruhlarda, to’garakda, sport jamoalarida va boshqa- larda shakllangan ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini to’g’ri baholash». Rossiyalik psixolog Yu.M.Antonyan diagnostik tadqiqotlari destruktiv faoliyat deyarli doimo uzoq vaqt davom etadigan frustrasiya ( lot. rustratio – aldov, behuda kutish- xohish, ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq muvaffaqiyatsizliklar natijasida yuzaga keladigan psixik holat) yoxud norasolik hissi shakllanishi natijasida yuz berishini isbotlagan. Frustrasiya natijasida kelib chiqadigan destruktiv harakatlar ekstrapunitiv xarakter kasb etishi (yon-atrofdagi kishilarga, shu jumladan, frustrasiya holatiga umuman aloqasi yo’q butunlay notanish odamlarga, alohida narsa-buyumlar yoki ijtimoiy tuzilmalarga yo’naltirilishi) yoxud intropunitiv ahamiyatga ega bo’lishi ( subyektning frustrasiya sababi o’zi ekanligini anglashi va jarohatlovchi vaziyatdan alkogolizm, giyohvandik yoki suisid orqali chiqishga harakat qilishi) mumkin. Albatta, o’zini o’zi namoyon qila olmagan va frustrasiya xolatida bo’lgan barcha odam ham destruktiv harakatlarni amalga oshiravermaydi. Bunda biologik omillar bilan bir qatorda turli ijtimoiy omillar, tarbiya va muhitning shaxs shakllanishidagi o’rni, insonning turli destruktiv, salbiy psixologik-manipulyasion ta’sirlarga tushish xususiyatlarini ham inobatga olish zarur. K.Leongardning shaxs tipologiyasiga ko’ra o’zini o’zi boshqarolmaslik, xohish va intilishlari yuzasidan nazoratning sustligi, fiziologik mayllarning ustuvorligi bu tipdagi shaxslarda uyg’unlashib ketadi. Ularga instinktivlik, impulsivlik, qo’pollik, mijg’ovlik, badqovoqlik, beadablik, orsizlik, dag’allikka moyillik xosdir. Bunday kishilar turli nizo va munozaralarni keltirib chiqarib, ularning faol ishtirokchisi bo’lishadi. Serjahl, serzarda, jizzaki bo’lib tez-tez ish joylarini zgartirib turishadi, jamoadagilar bilan chiqisha olmaydilar. Muloqotga kirishuvchanligi, verbal va noverbal reaksiyalari, xatti-harakatlari sust. Qo’zg’aluvchan tipdagi kishilarning aksa-riyati bolaliklarida «quloqsiz» bo’lishgan, xulq-atvori talabga javob bermagan. Boshlang’ich sinflardanoq o’qishga hafsalasi bo’lmagan. Beto’xtov nazorat ostida, istar-istamas ular uy vazifalarini, topshiriqlarni bajarishgan. Barcha yomon yorliqlar ularga yopishtirilgan. Yolg’izlikda o’zlarini yomon his qilishgan. Tashkilotchilik xislatlarining yetarli darajada shakllanmagan-ligi ularning yetakchi bo’lishlariga imkon yaratmaydi. O’qishni tez tashlashadi. Biror ishdan ular zavq olishmaydi, boshqa iloj yo’qligi sababli bu kishilar muayyan faoliyat bilan shug’ullanishadi.Bir qarashda sog’lomdek ko’ringan o’quvchilarning diqqat ,xotira,tafakkur,idrok jarayonidagibuzilishlar darsni qabul qilish chog’ida tajribali pedagogka yaqqol ko’rinadi.Istiqbol, kelajakka befarq bo’lib, faqat bugungi kun bilan yashashadi, ko’ngilxushlikni yaxshi ko’rishadi. Jazavaga tushgach, hovuridan pasayishi qiyin kechadi, bu paytda atrofdagilar uchun xavf tug’dirishi mumkin. O’zidan kuchsizlar orasida hukmron bo’lishga intiladilar. Destruksiyaga moyil shaxslarning yana bir xususiyati ularda xavotirlanish darajasining yuqori bo’lishidir. Bu holat odatda insondagi o’z holatidan norozilik, notinchlik, yaqinlashayotgan xavfni sezish hislari bilan uyg’unlashib ketadi. Yuqori daraja-dagi xavotirlanish - ishi yurishmagan, omadi kelmagan shaxsning subyektiv ko’rsatkichi hisoblanadi. Bunday shaxslar atrofdagi insonlar, muhitga dushmanona munosabatda bo’ladilar. Shuning uchun ular vaziyatga to’g’ri, adekvat baho bera olmaydilar, kayfiyat-lari ko’pincha affekt holati ta’sirida tez o’zgarib turadi. Kuzatuv, suhbatlar, intervyu, anketa so’rovnomasi, ekspert baholash usuli, o’z-o’zini baholash uchun shaxsiy so’rovnomalar, ruhiy testlar, ijtimoiy baholash usullari. diagnostika uchun tavsiyalar: 1. Diagnostika davomida deviant xulqli o’smirlarning quyidagi ijtimoiy-ruhiy xususiyatlarini hisobga olish kerak shaxsning hayotiy mezonlari; ma’naviy va huquqiy me’yorlar haqida tushunchaga ega bo’lish; o’qituvchilar, ota-onalar va sinfdoshlar bilan muloqot qilishdagi qiyinchiliklar, ular bilan kelisha olmaslik; o’zining imkoniyatlari, qobiliyatlari, xususiyatlarini baholash; deviant xulqka moyil bo’lish; O’z kelajagiga, o’qish va kelgusi hayotiga bo’lgan munosabatlar. 1. Deviant xulqli yoshlarning hayotiy mezonlarini tahlil qilish. Hayotiy qadriyatlarni aniqlash o’smirlar bilan suhbat qilish, test o’tkazish orqali ham diagnostika lanadi. O’smirlar ko’ngli quyidagi qadriyatlarga yaqinroq bo’ladi: o’z do’stlarini tengdoshlari jamoasidan topish, bu bilan o’ziga o’xshash tengdoshlari bilan bir guruhda bo’lish; barchaga o’xshash, ammo o’z qadrini bilish; «takrorlash», «taqlid qilish» guruh ichida ularga xos bo’lgan me’yorlarni qo’llash; og’ir holatlarda, tengdoshlar orasidagi kelishmovchiliklar- da bir-biriga yordam qo’lini cho’zish; guruh ichida o’zini kuchli, adolatli inson sifatida namoyon etish; ota-ona, vasiylardan mustaqil bo’lish istagi; ko’pgina holatlarda huquqbuzarlik, tajovuzkorlik bilan bog’liq jismoniy kuch, iroda namoyishlari; kattalar huquqiy me’yorlar talablarini inkor etsa ham agarda huquqbuzarlik bilan bog’liq faoliyatga so’z bergan bo’lsa, uni albatta bajarish; chet elning bizga yot bo’lgan madaniyati mahsullarini o’zlashtirish, musiqa, kiyim-kechak, bezak vositalari; qanday yo’l bilan bo’lmasin «moddiy farovonlikka eri- shish». Psixologlarning tadqiqotlari shuni ma’lum qiladiki, ko’pgina deviant xulqli o’smirlar beg’araz faoliyat, ijodiy ish, ma’rifatli bo’lish, aniq kelajakka reja tuzish kabi qadriyatlarni rad etadilar. Ularning hayotiy prinsiplari o’zlari xohlaganidek, kuchli shon-shuhratli bo’lishga yo’naltirilgan. Ularning hayotiy mezon- lari faqatgina farovon, to’kis hayotda yashash, o’zi xohlaganidek harakat qilish. Quyidagi ijtimoiy-ruhiy xususiyatlar deviant xulqli o’smirlarning hayotiy mezonlarini tashkil qilib, boshqa insonlar bilan jamiyatdagi, atrof-muhit bilan bo’lgan munosabatlarini belgilaydi Suhbat oldindan tayyorlangan savollar asosida o’tkazilishi yoki ixtiyorsiz xarakter kasb etishi mumkin. Bunda tadqiqotchi suhbat jarayonida bolaga, uning oilasiga yoki tengqurlariga tegishli bo’lgan, bolaga yoqmaydigdn savollarni bermasligi kerak. Suhbatda bola shaxsining xususiyatlari, o’zining jismoniy va psixik holatiga, ishchanligiga baho berishi aniqlanadi. Tekshiruvchining ijtimoiy-madaniy darajasi, ma’lumoti, qiziqishlari, ehtiyojlari, o’zaro fikrlashuv qobiliyatlari aniqlanadi. Ba’zi hollarda suhbat psixoprofilaktik va psixoterapevtik maqsadlarda o’tkaziladi, bunda bola boshidan kechirayotgan qo’rqinch, xavotirlanish, o’ziga ishonmaslik kabi holatlar yo’qotiladi.Dars davomida o’qituvchi tomonidan berilayotgan axborotlarni har bir o’quvchi o’ziga xos ichki psixik jarayonlardan kelib chiqib qabul qiladi. Shunday qilib, tarbiyachi suhbat jarayonida tadqiqot oldiga qo’ygan vazifaga bog’liq ravishda bola hayoti haqida muhim ma’lumot olishi kerak. Eksperimental psixologik tadqiqot o’zining quyidagi shartli chizmasiga ega O’smir bilan suhbatlashish, ijobiy-hissiy aloqa o’rnatish, topshiriqlarni bajarish motivasiyasini Deviant xulqli o’smirlarning ijtimoiy-ruhiy xususiyatlarini tahlil qilish, aniqlashda, ularning o’qishga, hayotga, kelajakka, qaysi kasb egasi bo’lmoqchiligiga bo’lgan munosabatini bilish muhimdir. O’smir bilan tahliliy suhbat davomida quyidagi mazmundagi savollarni berish maqsadga muvofiqdir: maktabda o’qish unga qiziqmi, qaysi fanlarga qiziqadi? qaysi o’qituvchini va nima sababdan yaxshi ko’radi? «a’lochi» bo’lishni, yaxshi o’qib, kelgusida o’zi yaxshi ko’rgan kasbga ega bo’lish uchun kollejga kirishni istaydimi? Kelajagini qanday tasavvur qiladi? Uning fikricha, kattalar hayotining bosh mezoni nima? Jamiyatda qanday o’rin tutishni, kim bo’lishni orzu qiladi? Kasb-hunarlar haqida nima biladi, qanday kasblar unga yoqadi? Uning fikricha, kasb egasi bo’lishi uchun u qayerda ilm olishi kerak? O’zi uchun biron-bir kasbni tanladimi, tanlamagan bo’lsa nima uchun? Qanday qiziqishlari, xobbisi bor, yana nima bilan shug’ul- lanishni istaydiyu ammo bunga sharoiti yo’l qo’ymaydi? Biron-bir faoliyatga alohida qobiliyatim bor deb hisoblaydimi? Kelajakda o’zi va oilasini boqadigan darajada yaxshi muta- xassis bo’la oladimi? O’z oilasiga qanday munosabatda va kelgusi oilaviy shaxsiy hayotini qanday tasavvur qiladi? Kelajakda muvaffaqiyat qozonish uchun o’tmishda yo’l qo’ygan xatolarni tuzata oladimi? Uning uchun kelajakda munosib yashash va boshqalarga kerak- li bo’lish muhimmi? Hayotdan maqsadi nima va uni qanday amalga oshirmoqchi? Olingan , javoblar natijasida o’smirning o’qishga, hayotiy va kasbiy kelajagiga bo’lgan qarashlarini aniqlash mumkin.Deviant xulqli o’smirlar bilim olishga, ko’pincha salbiy munosabatda bo’lishadi, kelajakda esa mavhum bir tushuncha deb qarashadi.Dars davomida o’qituvchi tomonidan berilayotgan axborotlarni har bir o’quvchi o’ziga xos ichki psixik jarayonlardan kelib chiqib qabul qiladi.Ularning ko’pchiligi kelajakda nima bilan shug’ullanishni, nima qilishni tasavvur ham qilmaydi. Bu o’smirning hayotiy va kasbiy qadriyatlarni bilmasligidan va tushunmasligidan kelib chiqadi. Yuqoridagi xulosalarni bilish deviant xulqli o’smir- larning ijtimoiy-ruhiy xususiyatlari analizi natijasini tahlil qilishimiz davomida kerak bo’ladi. Psixologlar xulosa- lari natijalari tahlili bilan shug’ullanishida quyidagi toifa o’smirlar bo’lishini hisobga olish kerak. Download 111.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling