Mavzu: O’quvchilarga shpilkalik birikmalar mavzusini o’rgatish. Reja: Kirish
Download 430.09 Kb.
|
METODIKA farrux
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Ajraladigan birikmalar va ularning turlari
- Boltli birikma
Mavzu: O’quvchilarga shpilkalik birikmalar mavzusini o’rgatish. Reja: Kirish Ajraladigan birikmalar va ularning turlari 2. Shpilkali birikmani chizish va o’qishni to’g’ri bajara olish. 3. O’qitishda muammoli vaziyat yaratish usullari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Jamiyat rivojining bugungi kundagi bosqichi bevosita, texnologiyalarning tak omillashuvi bilan xarakterlanadi. Zamonaviy texnologik jarayonlar har qanday sohaga o’z ta’sirini o’tkazmoqda. Ayniqsa, axborot uzatish tizimida tobora yangi o’zgarishlar texnologoyalari kuchayib bormoqda. Axborot va kommunikatsion texnologiyalar hamda kompyuter texnologiyasidan foydalanish rivojlanmoqda. Respublikamiz ta’lim sohasida ulardan foydalanish o’qitish sifatini oshiriga, o’quvchilarning fikrlash doirasini oshirish va kengaytirishga, ularda mustaqil o’zlashtirish faoliyatini kuchaytirish hozirgi zamonning dolzarb masalasiga aylanib qoldi.
Shunday qilib, chizish (chizma) insoniyatning ongini rivojlantirishda, o’z
atrofidagi borliqni tasavvur qilishida va o’z tushunchasini o’zgaga yetkazish orqali fikrlash degan buyuk ne’matning rivojlanishida chizmaning o’rni o’ta muhim hisoblangan ekan. 1.Ajraladigan birikmalar va ularning turlari Birikma tarkibidagi detallarni sindirmasdan, yormasdan, qayirmasdan ya'ni shikast yetkazmasdan bo’laklarga ajratilsa, ajraladigan birikma deyiladi. Detallar bir-biri bilan rezbalar yordamida ajraladigan qilib biriktiriladi. Bunday birikmalar ajraladigan birikmalar deyilib, ularga: boltli, shpilkali, vintli, fitingli birikmalar kiradi. Ulardan tashqari shponkali, shtiftli va shlitsali birikmalar ham ajraladigan yoki suriladigan birikmalarga kiradi. Ajraladigan birikmalar qo‘zg‘almaydigan bo‘ladi. Birikma detallari bir-biriga nisbatan harakat qilsa, qo‘zg‘aladigan birikma deyiladi. Birikma detallari bir-biriga nisbatan qo‘zg‘almasa, ya’ni ular o‘zaro mustahkam biriktirilgan bo‘lsa, qo'zg'almas birikma deyiladi. Qo‘zg‘aladigan birikmalarga shponkali, shlitsali, shpindelli, vintli kabi birikmalar kiradi. Qo‘zg‘almaydigan birikmalarga boltli, shpilkali,vintli, fitingli birikmalar kiradi. Boltli birikma. Bolt, gayka, shayba va biriktirilishi lozim bo‘lgan detallardan tuzilgan birikma boltli birikma deyiladi. Boltli birikmalar konstruksiyasi to‘liq ko‘rsatilgan soddalashtirilgan, shartli ko‘rinishlarda chizilishi mumkin. Yig‘ish chizmalarida soddalashtirilgan turi chizilsa, sxematik chizmalarda shartli turi chiziladi. Qolgan hollarda asosan konstruksiyasi to‘liq ko‘rsatilgan turi chiziladi. Boltli birikmalarda boltning uzunligi / biriktirilishi lozim bo‘lgan detallar H: va # , laming qalinliklariga bogiiq bo‘lib, u quyidagicha aniqlanadi: / = / / + / / ,+ 1,3J; 1,3d ga shaybaning qalinligi s, gaykaning balandligi h va rezbaning gaykadan chiqib turadigan ehtiyot qismi faskasi bilan kiradi. Soddalashtirilgan boltli birikmada rezbasi butun sterjen bo'yicha chiziladi, faskalar umuman tasvirlanmaydi, bolt va biriktiriluvchi detallar orasidagi tirqish ko‘rsatilmaydi. Download 430.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling