Mavzu: O`quvchilarga sodda masalalar yechishni
Download 113.19 Kb.
|
1 2
Bog'liqMasala tuzishga oʻrgatish bosqichlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sodda masalalar bilan tanishtirish va ularni yechishni orgatish.
Mavzu: Masala tuzishga oʻrgatish bosqichlari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism. 1) Sodda masalalar bilan tanishtirish va ularni yechishni orgatish 2) O`nlik mavzusida masalalar ustida ishlash metodikasi 3) Masalani EHMda yechish bosqichlari III. Xulosa Kirish Masalalar yechish matematika óqitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar yechishmasdan matematikani ózlashtirishni tasavvur ham qilib bólmaydi. Matematikada masalalar yechishni nazariyani amaliyotga tadbiq qilishning mutlaqo tabiiy yóldir. Arifetik amallarning mazmunini amallar orasidagi boğlanishlarni, amal komponentlari bilan natijalari orasidagi boğlanishlar bilan tanishishda mos sodda masalalardan foydalaniladi. Sodda masalalar óquvchilarni matematik munosabatlar bilan tanishtirishning muhim vositalaridan biri bólib xizmat qiladi. Masalalarni mustaqil yechishni tashkil qilish óqituvchiga óquvchilarning mumkin bólgan aqliy qobiliyatlarini rezervlardan foydalanish imkonini beradi. Sodda masalalar bilan tanishtirish va ularni yechishni orgatish. Masalalar yechish orqali óquvchilarda ushbu malakalar tarkib topmoği lozim. 1.Masalani tinglashni órgatish va uni mustaqil óqiy olish. Masalalar ustida ishlash uning mazmunini ózlashtirishdan boshlanadi. 2.Masalani dastlabki analiz, qilish. Ma’lumni noma’lumdan, muhimi nomuhimdan ajratish. Masalada berilganlar bilan izlanayotganlar orasidagi boğlanishni ochish bu eng muhim masalalardan biri bunday malakaga ega bólmay turib, masalalarni mustaqil yechishga órganib bólmaydi. 3.Masalani qisqa yozish malakasi. Masala teksti ustida oğzaki ishlagandan keyin uning mazmunini matematik terminlar tiliga ótkazish va qisqa yozuv shaklidagi matematik strukturasini (qisqacha shaklini) belgilash kerak. S’huni nazarda tutish kerakki, barcha hollarda ham qisqa yozuvni bajarish bilan bir vaqtda masala shartining analizi ham amalga oshiriladi. 4. Sodda masalalar yechishda amal tanlashni asoslab berish, sóngra yechish planini tuzish malakasi. 5. уеchimni bajarish, uni óqituvchi talabiga mos qilib rasmiylashtirish va masala savoliga javob berish malakasi. Sodda masalani arifmetik usulda yechishda ifoda tuziladi va uning qiymati topiladi. Masalan. Murodda 4 ta sa’va bor. Akbarda esa unda 3 ta ortiq sa’va bor. Akbarda nechta sa’va bor? Murodda- 4 ta Akbarda -.? 3 ta ortiq Akbarda nechta? 4+3=7 ta Javob 7 ta 6.Masala yechimini tekshira olish malakasi. Masala yechimini tekshirish degan sóz, yechimning tóğri yoki notóğriligini aniqlash degandir. Matematik masala ustida ishlash prosessida shunga intilish kerakki, har bir masala bolalar uchun haqiqiy bilim manbai bólib qolsin. Masala: Qutida 10 ta tuxum bor edi. Nonushta uchun 4 ta tuxum olindi. Qutida nechta tuxum qoldi? Qisqacha sharti Bor edi 10 ta 10-4=6 Olindi 4 ta Javob: 6 ta tuxum qoldi. qoldi nechta? Valijonda 7 ta kaptar bor. Tolibjonning kaptari undan 4 ta kam: Tolibjonda nechta kaptar bor? V-7 ta T-? 4 ta kam T-nechta Echish 7k-4k=3k Javob Tolibjonda 3 ta kaptar bor. Download 113.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling