Mavzu: Oʼquvchilarni milliy maʼnaviy tarbiyalashda umumiy pedogogikaning ahamiyati


Download 0.67 Mb.
Sana09.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1475060
Bog'liq
ogʼabek123


URGANCH INOVATSION UNEVERSITETI
BOSHLANGʼICH TAʼLIM 22.02 GURUH TALABASI
ERKINBOYEVA QUNDUZNING
TARBIYA FANIDAN TAQDIMOTI
MAVZU:Oʼquvchilarni milliy maʼnaviy tarbiyalashda umumiy pedogogikaning ahamiyati
REJA.
1. Oʼquvchilarda maʼnaviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari.
2. Tarbiyalashda umumiy pedogogikaning ahamiyati.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya - yagona ijtimoiy tarbiya jarayonining tarkibiy qismi. Jamiyat tomonidan insonlar xulqining boshqarilishiga zarurat ikki o'zaro bog‘liq vazifani shart qilib qo‘yadi: birinchidan, jamiyat ongida me’yorlar, tamoyillar. ideallar, adolat, ezgulik va yovuzlik kabi tushunchalar ko‘rmishida aks etadigan va asoslanadigan axloqiy talablami ishlab chiqish; ikkinchidan, inson o‘z xatti-harakatlarini yo‘naltirishi va nazorat qila olishi, shuningdek ijtimoiy xulqni boshqarishda ishtirok eta olishi, ya’ni boshqa kishilarga talab qo‘ya bilishi va ulaming xatti-harakatlarini baholay olishi uchun bu talablarni hamda ular bilan bog‘liq tasavvurlarni har bir inson ongiga singdirish. Aynan shu ikkinchi vazifa insonda shaxsning tegishli e’tiqod, ma’naviy moyilliklar, his- tuyg‘ular, odatlar, barqaror axloqiy sifatlami shakllantirishdan iborat bo‘lgan axloqiy tarbiya orqali hal qilinadi. U yoki bu jamiyatda ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonining mazmuni uning maqsadlari bilan belgilanadi. Bu maqsadlar ijtimoiy munosabatlar tavsifi bilan belgilanadi. O'quvchilarda ma’naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirish ulaming ma’naviy dunyosini, ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash hamda rivojlantirishni taqozo etadi.
O‘quvchilami axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
1) o‘quvchilarda axloqiy his-tuyg‘ular va xatti-harakatlami tarbiyalash; 2) xulq madaniyati va ijobiy his-tuyg‘ulami tarbiyalash;
3) axloqiy xulq-atvor.ko‘nikmalarini shakllantirish.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi: ma’naviy- axloqiy tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi; ta’lim-tarbiya ishiga o'quvchi shaxsini hurmat qilgan holda yondashish; ma’naviy-axloqiy tarbiyani hayot va amaliyot bilan bog'lab olib borish; o'quvchilaming faolligi; jamoada tarbiyalash; tarbiyaviy ishning tizimliligi va izchilligi; tarbiyaviy ishning ta’sirchanligi; oila, ta’lim muassasasi, davlat va nodavlat tashkilotlar hamda kattalar tarbiyaviy ta’sirining birligi; o‘quvchidagi ijobiy sifatlarga suyanish; o'quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishni ko‘zda tutish. Tarbiyaning zamonaviy tamoyillari - tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasida subyekt-subyekt munosabatlarinmg o‘rnatilishi, dialog nuqtai nazariga muvofiq tarzda shunday xulosaga kelindiki, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun psixik jarayonlarga (inotivasiya, anglash, interiorizasiya va boshqalar) tashqi ta’sirlar ichki, individual-shaxsiyga organik va mustahkam aylanadigan pedagogik shart-sharoitlami yaratish zarur. Ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari. Ma’naviy-axloqiy tarbiyada turli metod va usullardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ma’naviy- axloqiy tarbiya metodlari deganda, o'quvchilarning axloqiy tasavvur va bilimlami egallab olishga, ularda madaniy xulq va ijobiy munosabatlami, shaxsning axloqiy his- tuyg‘ulari va sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat usullari yig'indisidir. Ma’naviy- axloqiy tarbiya metodlarini shartli ravishda quyidagicha tasnif etish mumkin: Ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirish metodlari: hikoya, tushuntirish, etik suhbat, izohlash, nasihat, o‘git, ko‘rsatma, namuna va boshqalar. Ma’naviy-axloqiy xulq-atvomi shakllantirish metodlari: mashq, o‘rgatish, pedagogik talab, tarbiyalovchi vaziyat, topshiriq va hakozolar. Ma’naviy-axloqiy motivasiyani hosil qilishga doir metodlar: rag‘batlantirish, musobaqa, tanbeh berish kabilar.
Axloq (arabcha - xulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun- qoidalar majmuidir. Axloq - shaxs yoki guruh faoliyatini baholash orqali jamiyatdagi munosabatlami boshqarish mexanizmi. Axloq shunchaki munosabatlami tartibga keltirish uchungina emas, balki ularni uyg‘unlashtirish uchun ham zarur. Munosabatlarni boshqarish ikki xil usul bilan amalga oshiriladi: xulq-atvorni rag‘batlantirish va jazolash. Ezgulik, tartiblilik, haqqoniylik, rostgo'ylik, adolatlilik, mehnatsevarlik, jamoaviylik kabi sifat va xususiyatlami o'zida birlashtirgan shaxs tavsifi axloqiy tamoyillar deb ataladi. Hayotda qoida sifatida qabul qilingan talablardan kishilar o’zlariga odamlar orasidan namuna tanlaydi. Bu axloqiy ideal deb ataladi. Axloqning asosiy qirralari (tamoyillari) - birdamlik (shaxsiy manfaatlarning umumiylikning yuqori ko‘rinishi sifatidagi ijtimoiylikka bo‘ysundirilishi) va insonparvarlik (shaxsga o‘z- o‘ziga qadriyat va yakuniy maqsad sifatida munosabatda bo'lish).
Tarbiya haqida tushuncha. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayon mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi. YOsh avlodni tarbiyalashda nimalarga e’tibor qaratmoq lozim? Bunday masalalarni hal etishda avvalo mamlakatimizda siyosiy-ijtimoiy sohalarda yuz berayotgan islohatlar mohiyatini chuqur va atroflicha mushohada qilib olishga to‘g‘ri keladi. CHunki davr ham, inson tarbiyasi ham o‘zgarib bormoqda. Ayniqsa, XXI asr insoniyat tarixida kompyuter davri bo‘lib kirib keldi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning yaxlit tarzda tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalari va metodlarining birligi shaxsni shakllantirish g‘oyasi amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, shaxs sifatlari navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda o‘zlashtiriladi. SHu bois pedagogik ta’sir ham yaxlitdir, tizimlilik harakteriga ega bo‘lishi mumkin.
Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilishi o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni ehtiyotkorlik bilan qaror toptirishi talab qiladi.
Ikki tomonlamaaloqa ikki yoʼnalishda, yaʼnioʼqituvchining oʼquvchiga nisbatan koʼrsatadigan taʼsiri (toʼgʼri aloqa) hamda oʼquvchining oʼqituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarizda tashkil etadi.
Tarbiyaning pedagogik texnologiyasi nazariyasi g‘oyasiga muvofiq endilikda o‘quvchi tarbiya jarayonining ob’ektigina bo‘lib qolmasdan, sub’ektiv sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi. SHuning uchun o‘qituvchi o‘quvchining ichki imkoniyatlari, unga nisbatan bo‘layotgan tashqi ta’sirlar, ahborot manbalarini inobatga olishi zarur. Agarda, mazkur talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha urinishlar samarasiz yakunlanadi.
Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati – tarbiyada qarama-qarshiliklarning mavjudligi kelib chiqadi. Ushbu qarama-qarshiliklar o‘quvchilarda o‘z tushunchalariga muvofiq paydo bo‘lgan dastlabki sifatlar o‘rtasida yoki o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o‘rtasida ziddiyatlarning kelib chiqishi uchun zamin yaratadi.
Bundan tashqari bu qarama-qarshiliklar koʼpincha bolaning ongibilan xulqi bir biriga muvofiq bolmasligidan oʼqituvchi va tarbiyachilarning oʼquvchilar yosh va shaxsiy pisixologikxususiyatlari (fel-atvori, harakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy va fiziologik sogʼlomligi) ni yaxshi bilmasli oqibatida kelib chiqadi.
Demak, tarbiya jarayoni o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etidi:
1) aniq maqsadga yo‘naltirilgan jarayon;

2) ko‘p qirrali jarayon;

3) uzoq muddatli jarayon;

4) yaxlit tizimlilik jarayon;

5) ikki tomonlama aloqa jarayoni;

6) qarama-qarshiliklardan iborat jarayon.
Foydalanilgan adabiyotlar
www. Ziyonet.uz
www. Google.ru
www. Yandex.uz
EʼTIBORINHIZ UCHUN RAXMAT
Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling