Mavzu: O’quvchilarning laboratoriya ishini baholash. Mashg‘ulotga yakun yasash. Darsning maqsadi: Tarbiyaviy


Tajribalar tugagach, foydalanilgan moddalarni topshirish, shisha idish va asboblarni tozalash, yuvish va laborantga topshirish lozim


Download 1.82 Mb.
bet2/4
Sana18.01.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1099346
1   2   3   4
Bog'liq
2-O’quvchilarning laboratoriya ishini baholash. Mashg‘ulotga yakun yasash


Tajribalar tugagach, foydalanilgan moddalarni topshirish, shisha idish va asboblarni tozalash, yuvish va laborantga topshirish lozim.

Kimyodan laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlar olib borganda e’tiborsizlik bilan ishlash oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y berishi mumkin.

Kimyodan laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlar olib borganda e’tiborsizlik bilan ishlash oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y berishi mumkin.


Ularning kelib chiqish sabablari asosan me’yoridan ortiq qizdirish natijasida idishdan suyuqlik ning otilib chiqishi, natriy metaliga nam va suv tegishi, moddalar bilan noto‘g‘ri munosabatda ehtiyotsiz muomala qilish kabilar bilan bog‘liqdir.
O‘quvchining laboratoriya ishini baholashda nimalarga e'tibor berish kerak.
Har bir laboratoriya ishi bajarilgandan keyin o‘qituvchi o‘quvchilarning laboratoriya mashg‘ulotiga oid hisobotlari va tajribani qanday o‘tkazganliklarini e'tiborga olib, har qaysi o‘quvchiga ball (baho) qo‘yib chiqadi. Bunda quyidagilar asos qilib olinadi:
1.O‘quvchining laboratoriya mashg‘ulotini qanchalik qiziqish bilan bajarganligi, uning mashg‘ulot paytidagi intizomi.
2.Mashg‘ulotga oid hisobot qanchalik aniq va to‘liq yozilganligi; reaksiyaning o‘ziga xos belgilarini to‘g‘ri ko‘rsata olganligi; hodisaning mohiyatini qanchalik to‘g‘ri tushunganligi
3.O‘quvchi laboratoriya asbob jihozlaridan qanday foydalanganligi va ularning tasvirini to‘g‘ri chiza bilishi;
4.Kimyoviy reaksiyaning tenglamalarini to‘g‘ri yoza bilishi, ayniqsa qaytar va qaytmas reaksiyalarning belgilarini to‘g‘ri ifodalay olishi, reaksiyadagi moddalarning formulasini aniq yozilib, koeffisientlar to‘g‘ri qo‘yilganligiga alohida ahamiyat beriladi

Ko‘pchilik hollarda o‘quvchilar hosil bo‘lgan moddalarning o‘ziga xos xususiyatlariga yaxshi e'tibor bermaydilar. Shu sababli laboratoriya ishini baholagandan keyin, bajarilgan tajriba haqida yana qisqacha izoh berib o‘tish mashg‘ulotni yaxshi o‘zlashtirib olishga yordam beradi.


Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling