Mavzu: O'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va o’tkazish. Mundarija: Kirish


Download 81 Kb.
bet5/11
Sana15.06.2023
Hajmi81 Kb.
#1488235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ta\'lim menejmenti

Bu metodni qo’llashda o’qituvchi avvaldan qaysi mavzu yoki savolni shu metod yordamida organishni aniqlaydi. O’rganilgan mavzu bo’yicha savollar va ularning javoblarini, o’qiladigan maqola, darslikdagi paragraf yoki ma'ruza matni, yangi mavzu bo’yicha bilish lozim bo’lgan savollar va ularga javoblarni tayyorlaydi.

Talabalarning nimalarni bilishi, yangi mavzu bo’yicha nimani bilishi zarurligi va dars davomida nimalarni talabalar bilganini ko’rsatishi uchun jadval chiziladi.

Talabaning mustaqil ishidan maqsad o’qituvchining rahbarligi va nazorati asosida muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir.

Talabaning mustaqil ishi vazifalari quyidagilardan iborat bo’ladi:


  • yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish;

  • kerakli ma'lumotlarni izlab topish, ularning qulay usullari va vositalarini aniqlash;

  • axborot manbalaridan samarali foydalanish;

  • an'anaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar, me'yoriy hujjatlar bilan ishlash;

  • elektron o’quv adabiyotlar va ma'lumotlar banki bilan ishlash;

  • internet tarmog’idan samarali foydalanish;

  • berilgan topshiriqni muntazam va me'yorida bajarish;

  • ma'lumotlar bazasini tahlil etish;

  • topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish;

  • natijalarni muhokamaga tayyorlash va ko’rsatilgan kamchiliklarni qayta ishlash;

  • ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g’oyani asoslash, mutaxssislar jamoasida himoya qilish va boshqalar.

Talabalarning mustaqil ishini tashkil qilish shakllari turlicha bo’lib, ularni bir qismi o’quv rejasida ko’zda tutilgan. Uni har bir talaba bajarishi shart. Ikkinchi qismi ixtiyoriy, ya'ni talabalar o’z xohishi bilan mustaqil bajarishlari mumkin.

Mustaqil ishlarini tashkil etish o’ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi:

1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling