Mavzu: Orayopma elementlarni ekspluatatsiyasi
Download 84.97 Kb.
|
1 2
Bog'liqMavzu
Mavzu: Orayopma elementlarni ekspluatatsiyasi Reja: Orayopmalar, ularda uchraydigan shikastlanish Deformatsiya turlari bo’yicha yemirilishni aniqlash . Havfli, yo’l qo’yib bo’lmaydigan nuqsonlari, latlari va shikastlanishlari borligi aniqlangan konstruktiv elementlarning texnik holatini me’yoriy talablarga javob beradigan holatga keltirish uchun ularni kuchaytirish va almashtirish tadbirlari amalga oshiriladi. Hozirda mavjud usullar yordamida bino va inshootlarning ekspluatatsiyasini birmuncha muvaffaqiyat bilan talablarga javob beradigan darajaga keltirish imkoniyati bor. Quyida konstruktiv elementlarni kuchaytirishning keng tarqalgan usul va yo’llari keltirilgan. Metall konstruktsiyalarni kuchaytirishda po’lat, beton, temirbeton, shu jumladan fibrobeton, vaqtincha kuchaytirish uchun esa yog’och qo’llaniladi. Po’lat konstruktsiyalar quyidagicha kuchaytiriladi: qo’shimcha konstruktsiya va elementlar kiritish yo’li bilan; qo’shimcha robitalar qo’yish yo’li bilan - qobirg’alar, diafragmalar, tortqilar va xovonlar ko’rinishidagi; elementlarning ko’ndalang kesim yuzasini ochirish orqali; birikish tugunlarini kuchaytirish vositasida; fazoviy bikrligini ochirish natijasida. Bundan tashqari, “maxsus tadbirlar” turkumiga kiruvchi quyidagi usullar ham qo’llanilishi mumkin: hisobga olinmagan mustahkamlik zahiralarini aniqlash, konstruktsiya va elementlarga ta’sir etuvchi yuklarning qiymati va qo’yilish sxemasini o’zgartirish va sh.k. Temirbeton konstruktsiyalarni kuchaytirishda quyidagi usullar keng tarqalgan: poydevorlar va ustunlar uchun - temirbeton gardish (xalqa) tiklash yo’li bilan; torkret betonlash usuli - devorlar va b. Konstruktsiyalar uchun; konstruktsiya kesimini oshirish yo’li bilan; metall tortqilar va qoplamalar vositasida; qo’shimcha armatura sinchlari va to’rlarini o’rnatish va betonlash orqali. Tosh - g’isht konstruktsiyalarni kuchaytirishda armaturalangan suvoq hosil qilish, yangi g’ishtin qoplama tiklash, temirbeton qoplama yordamida kuchaytirish, po’lat gardishlar, kamarlar va tortqilar vositasida kuchaytirish kabi usullar keng qo’llaniladi. Nuqsonli konstruktsiyalarni kuchaytirishda qo’llaniluvchi materiallarga oshirilgan talablar qo’yiladi, ular QMQ va standartlarda belgilangan ko’rsatkichlarga va xossalarga ega bo’lishi zarur. Konstruktsiyalarni kuchaytirish ishlari texnik tekshirish ishlari natijasida ishlab chiqilgan amaliy tavsiyanomalar, rekonstruktsiya va kapital ta’mirlash loyihalarida belgilab qo’yilgan qoidalar, ishlarni bajarish tartiblari, sxemalari va yechimlari asosida bajarilishi kerak. Tugallangan ishlar me’yorlarda belgilangan tartibda qabul qilinadi va ularga maxsus dalolatnoma rasmiylashtiriladi. O’tkazilgan texnik tekshirish ishlari, ularning natijalarini tahlil qilish, konstruktsiyalarda hosil bo’luvchi nuqsonlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash, konstruktiv elementlarning haqiqiy ishini o’rganish, ularning texnik holatini baholash bo’yicha bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari hosil bo’lgan yorilish, deformatsiyalar, latlar, shikastlanish va buzilishlarni ishonchli tarzda bartaraf etish usullarini takomillashtirish va sifat jihatidan mutlaqo yangi, ishonchli va bajarilishi oddiy bo’lgan usul va yechimlarni ishlab chiqish imkoniyatini berdi. Quyida bino - inshootlarning asosiy yuk ko’taruvchi va to’siq konstruktsiyalarini kuchaytirishning ishlab chiqilib taklif etilgan, qisman qurilish amaliyotiga joriy etilgan yechim va usullarining bayoni keltirilgan. Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, tosh-g’isht konstruktsiyalarda turli ko’rinishlardagi nuqsonlar vujudga kelishi mumkin; bulardan eng ko’p uchraydiganlari vertikalb va qiya yoriqlar hosil bo’lishi, vertikaldan og’ishi, nurashi va yemirilishi hisoblanadi. Tosh-g’isht konstruktsiyalarni kuchaytirishda ana shu kabi latlar va shikastlanishlarning asorati butunlay bartaraf etilishi zarur. Bajariladigan konstruktiv kuchaytirish tadbirlarida ushbu holat to’liq e’tiborga olinishi talab etiladi. Tosh-g’isht ustunlar va oradevorlarni po’lat va temirbeton gardishlar tiklab kuchaytirish keng qo’llaniluvchi usul bo’lib, bunda elementning yuk ko’tarish qobiliyati sezilarli darajada ortadi. Po’lat gardishlar vositasida kuchaytirish burchak profillar va listli po’latlardan tayyorlanuvchi biriktirish plankalari va tsementli qorishma yordamida bajariladi. Po’lat elementlarni korroziyadan himoyalash uchun M50-M100 markali qorishma bilan metall to’r ustidan 2-3 sm qalinlikda suvoq qilinadi. Kuchaytirish uchun tokchasining o’lchamlari 50-75 mmli burchak profillar, xomutlar sifatida kesimining o’lchamlari 40x5 - 60x12 mmli plankalar yoki 01228 mmli armatura sterjenlari qo’llaniladi. Kuchchaytiruvchi gardish terimni qisishi uchun kuchlantiriluvchi xomutlar ko’zda tutiladi. Temirbeton gardishlar sinfi B12,5dan kichik bo’lmagan beton, 010-16 mmli vertikalb sterjenlar va 06-10 mm li xomutlar ishlatiladi. Xomutlar orasidagi masofa 15 sm dan ortiq bo’lmasligi, betonning sinfi g’ishtning markasidan kichik bo’lmasligi zarur. Temirbeton gardishning qalinligi 4 - 12 sm ni tashkil etadi. Betonlashtirish qolipda amalga oshiriladi. Tosh-g’isht konstruktsiyalar armaturalangan suvoqlar bilan ham kuchaytiriladi. Bunda 2-4 sm qalinlikdagi suvoq qatlami bir necha martada M75 - M200 markali qorishmadan qo’lda, qorishma nasosi yordamida yoki torkretlash usulida bajariladi. Mahalliy latlarda shikastlangan joyning o’zini kuchaytirish ham mumkin; bunda po’lat xomutlar o’rnatilib, g’isht terimi tsementli qorishma yordamida in’ektsiyalab kuchaytiriladi. Devor va poydevorlarning yuk ko’tarish qobiliyati qoplama terim tiklash va armaturalangan - temirbeton qoplamalar yordamida kuchaytiriladi. Qoplamalar terimning faqat bir tomonidan yoki har ikkala tomonidan tiklanishi mumkin. Temirbeton qoplamalar 4-12 sm qalinlikda sinfi V7,5 - V15 bo’lgan beton va 04-12 mmli simlardan tayyorlanuvchi po’lat to’rlardan bajariladi Qurilish amaliyotidan ma’lum bo’lishicha, bino-inshootlarni rekonstruktsiya qilishdagi eng murakkab masalalardan biri - yig’ma temirbeton elementlarda hosil bo’luvchi shikastlanishlar va buzilishlarni bartaraf etish va yo’qotishdir; shunga qaramasdan, bu masala amalda eng ko’p duch kelinadigan muammolardan bo’lib, konkret tarzda hal etilishini talab etadi. Hozirgi kunda ushbu muammoni hal etish bo’yicha birmuncha tajribalar to’plangan bo’lib, ular asosiy turlardagi yig’ma temirbeton konstruktsiyalarni qamrab oladi. O’zbekistonning quruq issiq iqlimi va seysmik sharoitida ushbu masalalarni yechish yanada murakkablashadi. Qurilish amaliyotining ko’rsatishicha, quyma temirbetondan tiklanuvchi konstruktsiyalarda betonlashtirish ishlari tugallangandan keyingi dastlabki 3-7 kun davomida zaruriy parvarishlar ishlari olib borilmasligi oqibatida betonda kirishish yoriqlarining hosil bo’lishi, mustahkamlikning keskin pasayishi yuz beradi, natijada konstruktsiyalarning yuk ko’tarish qobiliyati sezilarli darajada pasayadi, ularning sifat ko’rsatkichlari yomonlashadi. Foydalanish davrida ham quruq issiq iqlim binolarning konstruktiv elementlariga sezilarli salbiy ta’sir ko’rsatadi ushbu holat tekshirishlarda yaqqol namoyon bo’ladi. Bevosita quyosh radiatsiyasi ostida ishlatiluvchi konstruktiv elementlarda - tom konstruktsiyalari, devor panellari, oshiq inshootlar qismlarining muddatidan oldin yorilish, yemirilish va buzilish hollari amalda ko’p qayd etilgan. Zilzilalar oqibatida bino va inshootlarning yuk ko’taruvchi va to’siq konstruktsiyalari turli darajadagi shikastlanishlarga uchraydi, ularda yoriqlar hosil bo’ladi, deformatsiyalarining ortishi kuzatiladi. 1-rasm. G ’isht va toshlardan tiklangan devorlarni kuchaytirish sxemasi: a - tashqi devorlarni; b-ichki devorlarni: 1-devor; 2-yirik donador qumdan tayyorlangan M100 markali qorishmadan suvoq; 3-po ’lat qoziq; 4-armatura to ’ri; 5-markasi M 50 qum-tsementli qorishmadan suvoq. Download 84.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling