Mavzu: Organik moddalarni sifati jixatidan tadqiq qilish
a) Oltingugurtni aniqlash
Download 234.12 Kb.
|
organik birikmakarning sifat analizi
a) Oltingugurtni aniqlash. 1. Fil`trat F-1 dan 1 ml olib probirkaga quyamiz va ustiga bir necha tomchi qo`rgoshin atsetatning 1% li eritmasidan qo`shamiz. Qo`ngir rangning paydo bo`lishi tekshirilayotgan moddada oltingugurt borligini ko`rsatadi.
2. Ikkinchi probirkaga, fil`trat F-1 dan 0,5 ml solib 1-2 tomchi natriy nitroproussidning 1% li eritmasidan qo`shamiz. Agarda moddada oltingugurt bo`lsa, eritma qizg`ish binafsha rangga bo`yaladi. 3. Yana bir probirkaga, fil`trat F-1 dan 1 ml solib ustiga tomchilatib xlorid kislotasining 10% li eritmasi dan qo`shamiz. Bunda vodorod sul`fidning o`ziga hos hidi seziladi. b) Azotni aniqlash. Probirkaga 2 ml fil`trat F-2 dan solib ustiga temir (II)-sul`fatning kichkina kristallaridan bir necha dona qo`shib 2 daqiqa asta qaynatamiz. Keyin eritmani sovutib xlorid kislotasining 10%-li eritmasidan kislotali muhit hosil bo`lgunicha tomchilab qo`shamiz. Bunda berlin zangorisining ko`k cho`kmasi hosil bo`ladi. Agarda tekshirilayotgan moddada azot kam bo`lsa, kislota qo`shilganda ko`kga o`tadigan zangori rang paydo bo`ladi. v) Galogenlarni aniqlash. Fil`trat F-3 dan 3-4 ml olib ustiga kontsentrlangan nitrat kislotasidan kuchli kislotali muhit hosil bo`lguncha qo`shamiz va mo`rili shkafda bir necha minut qaynatamiz. Bunda aralashmadagi natriy sul`fid va natriy tsianid vodorod sul`fid va vodorod tsianidgacha oksidlanib uchib ketadi. Bu moddalar to`la ajratilmasa galogenlarni aniqlashga xalaqit beradi. Aralashmani sovutib, ustiga bir necha tomchi kumush nitratning 1 % li eritmasidan tomizamiz. Bunda lag`chasimon cho`kma hosil bo`lishi tekshirilayotgan moddada galogen borligini ko`rsatadi. Download 234.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling