Mavzu: Organik moddalarni sifati jixatidan tadqiq qilish
Download 234.12 Kb.
|
organik birikmakarning sifat analizi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Organik kimyo laboratoriyalarida ishlashda xavfsizlik texnikasiga rioya qilish qoidalari
Mavzu: Organik moddalarni sifati jixatidan tadqiq qilish 1 g texnik benzoy kislotasini 100 ml li konussimon kolba yoki stakanda 40 ml suvda qaynaguncha qizdirib eritamiz. Erimay qolgan aralashmalarni issiq holatda fil`trlash yo`li bilan ajratamiz. Buning uchun ikkinchi 100 ml li konussimon kolbaga 5 ml suv quyib, ustiga burmali fil`tr joylashtirilgan voronka o`rnatib (voronka uchi kolba tubiga tegmasin) qaynatamiz. Ko`tarilayotgan suv bug`lari voronka devorlarini va undagi fil`trni isitib fil`trlanayotgan eritmaning fil`trga quyilgan qismi sovushiga yo`l qo`ymaydi. Eritmaning qolgan qismini doimo qizdirib turib oz-ozdan fil`trni voronkaga quyib fil`trlaymiz va oxirida 5 ml toza issiq suv bilan fil`trni yuvamiz. Fil`trlash tugagach fil`tratni ikkiga bo`lamiz. Bir qismini uy haroratida asta-sekin sovutishga quyamiz, ikkinchi qismini esa jo`mrak ostida oqayotgan sovuq suvga tutib tez sovutamiz. Tez sovutilganda mayda kristallar, sekin (25-30 min) sovutilganda yirik kristallar hosil bo`ladi. Benzoy kislota kristallarini Byunxer voronkasi va Bunzen kolbasidan foydalanib vakuum ostida fil`trlab olamiz hamda shu fil`tr qog`ozi orasida quritamiz. Toza benzoy kislota kristallarini suyuqlanish haroratini aniqlash uchun saqlab quyamiz. Kristallash usuli bilan moddalarni tozalash, ularning har xil eruvchanligiga bog’liq bo`lib, asosan hamma kristall moddalarni shu usul bilan tozalash mumkin. Bu usulda moddaning ma`lum qismi yo`qoladi. Bu usuldan foydalanilganda erituvchini yaxshilab tanlab olish kerak. Organik kimyo laboratoriyalarida ishlashda xavfsizlik texnikasiga rioya qilish qoidalari Laboratoriyada xalatsiz ishlash mumkin emas. Ishlashda ozodalikka, tinchlikka, saranjomlikka hamda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish kerak. Rejada ko`rsatilgan har bir tajribani boshlashdan oldin o`qituvchining ruxsatini olish shart va bajarilayotgan ishning mazmunini e`tibor bilan o`qib chiqish hamda tajriba uchun olinayotgan moddalarning hossalarini bilib olish lozim. Laboratoriyada ovqatlanish, suv ichish, chekish hamda quyilgan reaktivlarning ta`mini totish mumkin emas. Foydalanilgan kislotalar, ishqorlar, ishlatilgan xromli aralashmalar, o`tga o`ch suyuqlik kabilarni rakovinaga to`kish mumkin emas. Ularni maxsus belgilangan idishlarga yig`ib, qayta tozalash korxonalariga yuborilishi lozim. Qog’oz, qum, shisha qirindisi va bo`lakchalarini maxsus idishlarga tashlash kerak. Tajribani boshlashdan oldin tegishli reaktivlarning borligini va to`g`ri olinganligini hamda asboblarning to`g`ri yig`ilganligini tekshirib ko`rish lozim. O`tkir hidli moddalar bilan olib boriladigan tajribalarni
Reaktivlar, gaz va elektr energiyasini tejash lozim. Tajribada ko`rsatilgan reaktivlar miqdorini ortig`i bilan olish mumkin emas, bunday holda tajriba yaxshi natija bermasligi mumkin. Yonib turgan gaz gorelkasini va elektr-asboblarini nazoratsiz qoldirish mumkin emas. Elektr asboblari, gaz va vodoprovod jo`mraklari, laboratoriya asboblari, analitik tarozilar va shunga o`xshash boshqa asboblar buzilsa, tuzatishga urinmasdan o`qituvchiga murojat qilish kerak. Probirkaga biror suyuqlik solib qizdirayotganda uni qiya ushlab, yuqorisidan boshlab asta-sekin qizdirish kerak. Probirkaning og`zi esa ishlayotganlardan boshqa tomonga qaratilgan bo`lishi kerak. Kislota, ishqor va zaharli modda eritmalarini pipetkaga og`iz bilan so`rib tortib olish mumkin emas. Buning uchun maxsus so`rg`ichlardan foydalanish lozim. Tez va osonlik bilan yonuvchi moddalar bilan ishlaganda bu moddalarni ochiq alangada qizdirish va alanga yaqinida saqlash mumkin emas. Bunday moddalarni suv va qum hammomlarida qizdirish mumkin. Tez yonuvchi suyuqliklar tasodifan alangalanib ketsa, avvalo qizdirish manbaini o’chirish kerak. Alangani esa qum sepib yoki maxsus o`t o`chirgich vositalari bilan o`chirish lozim. Ammo suv bilan o`chirish mumkin emas, cho`nki suv bilan aralashmaydigan moddalar suv betida yoyilib ketib alangani yanada kengaytirishi mumkin. Agar ishlayotgan kishining kiyimi yonib ketsa, uni darhol adyol yoki qalin material bilan berkitib, yonayotgan kiyimga havo kirishini to`xtatish lozim. Isitish asboblarini maxsus o`tga chidamli materiallardan yasalgan tagliklar ustiga qo`yib foydalanish mumkin. Tanangizning biror eri alanga ta`sirida kuyganda, avvalo, kaliy permanganatning suyultirilgan eritmasi bilan yuvish va kuyganga qarshi ishlatiladigan maxsus moy yoki streptotsid emul`siyasini so`rtib bog`lash kerak. Kislota ta`sirida kuygan joyni avval yaxshilab suv bilan keyin esa 1% li soda eritmasi bilan yuvish kerak. Ishqor ta`sirida kuyganda esa avval suv bilan, keyin esa 1% li sirka kislotasining eritmasi bilan yuviladi va vazelin surtib bo’glanadi. Laboratoriya ishi tugagach, ish joyi tartibga keltirishi kerak. Gaz gorelkalari va vodoprovod jo`mraklarining berkitilganligini hamda elektr asboblarining o`chirilganligini yana bir tekshirib ko`rish lozim. Umuman kimyo laboratoriyalarida ishlatiladigan moddalarning ko`pchiligi oz miqdorda bo`lsa ham sog`likka zararlidir. Shuning uchun ishlashda doimo hushyor va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish kerak. Download 234.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling