Mavzu: Organizimga o’zgaruvchan elektr


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana25.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1065550
  1   2   3
Bog'liq
mustaqil ish 3





Mustaqil ish
Mavzu: Organizimga o’zgaruvchan elektr 
maydon bilan tasir qilish 
Reja
1. O’zgaruvchan tok
2. O’zgaruvchan magnit maydoni 
organizimga tasiri
3. O’zgaruvchan elektr maydon bilan 
tasir qilish 


O’zgaruchan tok 
0 ‘zgaruvchan tok, keng ma’noda, vaqt bo‘yicha o‘zgaradigan har qanday tokdir. 
Biroq o‘zgaruvchan tok“termini ko‘pincha vaqt bilan garmonik qonun bo‘yicha 
bog‘lanuvchi kvazistatsionar toklarga qo‘llanadi. Kvazistatsionar deb shunday tokka 
aytiladiki, butun zanjir bo‘yicha uning qiymati bir xilda bo‘lgunicha ketgan vaqt 
tebranish davridan ancha kam boladi. Doimiy tok uchun bolganidek ,kvazistatsionar 
tok uchun ham tarmoqlanmagan o‘tkazgichning istalgan kesimidagi tokning kuchi bir 
vaqtning o‘zida bir xil, deb hisoblanadi. Ular uchun Om qonuni o‘rinlidir, biroq 
zanjirinng qarshiligi tokning o‘zgarish chastotasiga bogiiq. Bu tokning elektr magnit 
nurlanishga ketgan energiyasini e’tiborga olmaymiz. 0‘zgaruvchan tokka majburiy 
elektr magnit tebranishlari kabi qarash mumkin. Uchta har xil zanjirlami tasavvur 
etaylikki, ularning har biriga o‘zgaruvchan kuchlanish qo‘yilgan bolsin. Organizm 
to‘qimalari o‘zgarmas tokdan tashqari o‘zgaruvchan tokni ham o‘tkazadi. Organizmda 
induktiv g‘altakka o'xshagan sistemalar yo‘q, shuning uchun induktivligi nolga yaqin. 
Biologik membranalar va demak, butun organizm sig‘im xosssalarga ega, shu tufayli 
organizm to'qimalarining impedansi faqat Om va sig‘im qarshiliklari bilan belgilanadi. 
Biologik sistemalarda sig‘im elementlaming mavjudligi tok kuchining qo‘yilgan 
kuchlanishdan faza bo‘yicha oldinda bo‘lishi bilan tasdiqlanadi. Turli biologik 
obyektlar uchun fazalar siljish burchagining 1 kgs chastotadagi ba’zi qiymatlarini 
keltiramiz. Impedansining chastotali boglanishi organizm to‘qimalarining hayot 
qobiliyatini baholashga imkon beradi. 
Buni organ va to‘qimalami kesib 
boshqa joyga ulashda 
(transplantatsiya qilishda) bilish 
mumkin Bunda 1 - egri chiziq sog‘, 
normal to‘qima uchun, 2- egri chiziq 
o‘lik — suvda qaynatib o'ldirilgan 
to‘qima uchun. 0 ‘lik to'qimada 
membranalar buzilgan bo‘lib, „tirik 
kondensator11 va to‘qima faqat Om 
qarshilikka ega bo‘ladi. Impedansning 
chastotaviy bog‘lanishidagi farq sog‘ 
va kasal to‘qimalarda ham hosil bo‘ladi. (18.38) dan ko‘rinadiki, tok va kuchlanish 
orasidagi fazalar siljish burchagi to‘qimaning sig‘im xossalari haqida ham ma’lumot 
berishi mumkin. Organizm to‘qimalarining impedansi ularning fiziologik holatiga ko‘ra 
ham aniqlanadi. Jumladan, tomir qonga to‘lganda impedans yurak-tomir faoliyatiga 
ko‘ra o‘zgaradi. Yurak faoliyati jarayonida to‘qimalar impedansi o‘zgarishini qayd 
qilishga asoslangan diagnostika uslubi reografiya (impedanspletizmografiya) deyiladi. 


Bu usul yordamida bosh miya (reoensefalogramma), yurak (reokardiogramma), 
magistral tomirlar, o‘pka, jigar va qo‘l-oyoqlarning reogrammalari olinadi. 0‘lchash 
odatda 30 kgts chastotalarda ko‘prik sxemasi bo‘yicha olib boriladi.
Elektr kuchlanishi 
yoki tok kuchining qisqa vaqt ichida o‘zgarishi elektr impulsi deyiladi. Texnikada 
impulslar ikkita katta guruhga videoimpulslar va radioimpulslarga bo‘linadi. 
Videoimpulslar — bu shunday tok yoki kuchlanishning elektr impulslariki, ular noldan 
farqli, doimiy tashkil etuvchisiga ega. Shunday qilib, videoimpuls ko‘pincha katta 
qutbga ega bo‘ladi. Videoimpulslar quyidagi shaklda bo‘ladi. a) to ‘g‘ri burchakli, b) 
arrasim on, d) trapetseidal, e) eksponensial, f) qo‘ng‘iroqsimon va hokazo. 
Radioimpulslar — bu modullashgan elektr magnit tebranishlardir. 
Fiziologiyada „elektr impuls“yoki „elektr signal41 termini bilan faqat videoimpulslar 
belgilanadi, shuning uchun mana shu impulslarning, ularning shakllarini
davomiyligini va alohida qismlarining xossalarini baholovchi parametrlarini ko‘rib 
chiqamiz. Chunki, rezistorin duktivlik g’altagi va kondensatorlardan tuzilgan elektr 
zanjirlaridan o‘zgaruvchan tok o'tganda garmonik signalning shakli saqlanadi: 
berilgan tashqi garmonik signalga sinusoidal elektr toki to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, 
tok kuchi va kuchlanish orasida chiziqli bog‘lanish mavjud bo‘lib, zanjiming o‘zini 
chiziqli zanjir deyiladi. Zanjirda elektron lampa, yarim o'tkazgichli diod, tranzistorlar 
bo'lsa zanjir nochiziqli bo‘ladi. Chiziqli zanjir garmonik kuchlanishning shaklini 
buzmaydi. lekin impulsli signalning shaklini o‘zgartiradi. Amaliy tabobatda buni ikki 
asosiy sababga ko‘ra nazarda tutish muhim. Birinchidan, biologik obyektlardan 
diagnostika maqsadida elektr signali olayotganda, o'lchash elektr zanjirida uning 
shakllarida bo‘ladigan buzilishni hisobga olish lozim (14.5-ga qarang). Ikkinchidan, 
tirik obyektlarga qo‘zg‘atish maqsadida impuls signallarini berib biologik 
sistemalaming o‘zi kelgusida elektr zanjirining qismi bo‘lib, bu signalning shaklini 
buzishi mumkin ekanligini bilish zarur. To‘g‘ri burchakli impulsning chiziqli zanjirdan 
o'tishini ikkita xarakterli misolda ko‘rib chiqamiz. Elektromagnit maydonining inson 
organizmiga ta’siri elektr va magnit maydonlarining kuchlanishi, energiya oqimining 
intensivligi tebranish chastotasi, nurlanishning tananing ma’lum yuzasida to’planishi 
va inson organizmining shaxsiy xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Elektromagnit 
maydonining inson organizmiga ta’sir ko’rsatishining asosiy sababi inson tanasi 
tarkibidagi atom va molekulalar bu maydon ta’sirida musbat va manfiy qutblarga 
bo’lina boshlaydi. Qutblangan molekulalar elektromagnit maydoni tarqalayotgan 


yo’nalishga qarab harakatlana boshlaydi.Elektromagnit maydonining inson 
organizmiga ta’siri natijasida qon, hujayralar oralig’idagi suyuqliklar tarkibida tashqi 
maydon ta’siridan ionlashgan toklar hosil qiladi. O’zgaruvchan elektr maydoni inson 
tanasi hujayralarini o’zgaruvchan dielektrik qutblanish, shuningdek, o’tkazuvchi 
toklar hosil bo’lishi hisobiga qizdiradi. Issiqlik samarasi elektromagnit maydonlarining 
energiya yutishi hisobiga bo’ladi. Energiya yutilishi va ionlashgan toklarning hosil 
bo’lishi biologik hujayralarga maxsus ta’sir ko’rsatishi bilan kechadi, bu ta’sir inson 
ichki organlari va hujayralaridagi nozik elektr patensiallari ishini buzish va suyuqlik 
aylanish funksiyalarining o’zgarishi hisobiga bo’ladi.O’zgaruvchi magnit maydoni 
atom va molekulalarning magnit momentlari yo’nalishlarining o’zgarishiga olib keladi. 
Bu effekt inson organizmiga ta’sir ko’rsatish jihatidan kuchsiz bo’lsada, lekin 
organizm uchun befarq deb bo’lmaydi.Maydonning kuchlanishi qancha ko’p bo’lib 
uning ta’sir davri davomli bo’lsa, organizmga ko’rsatuvchi ta’siri shuncha ko’p 
bo’ladi.Tebranish chastotasining ortishi tana o’tkazuvchanligi va energiya yutish 
nisbatini oshiradi, ammo kirib borish chuqurligini kamaytiradi. Uzunligi 10 sm dan 
qisqa bo’lgan to’lqinlarning asosiy qismi teri hujayralarida yutilishi tajriba asosida 
tasdiqlangan. 10-30 sm diapazondagi nurlanishlar teri hujayralarida kam yutiladi (30-
40%) va asosan ularning yutilishi insonning ichki organlariga to’g’ri keladi. Bunday 
nurlanishlar nihoyatda xavfli hisoblanadi.Organizmda hosil bo’lgan ortiqcha issiqlik 
ma’lum chegaragacha inson organizmining tyermoregulyasiyasi hisobiga yo’qotilishi 
mumkin. Issiqlik chegarasi deb ataluvchi ma’lum miqdordan boshlab (I>10 mVt/sm
2
), 
inson organizmda hosil bo’layotgan issiqlikni chiqarib tashlash imkoniyatiga ega 
bo’lmay qoladi va tana harorati ko’tariladi, bu esa o’z navbatida organizmga katta 
zarar etkazadi.Issiqlik yutilishi inson organizmining suvga syerob qismlarida yaxshi 
kechadi (qon, muskullar, o’pka, jigar va h.k). Ammo issiqlik ajralishi qon tomirlari sust 
rivojlangan va tyermoregulyasiya ta’siri kam bo’lgan organlar uchun juda zararlidir. 
Bularga ko’z, bosh miya, buyrak, ovqat hazm qilish organlari, o’t va siydik xaltalari 
kiradi. Ko’zning nurlanishi ko’z korachig’ining xiralashishiga (kataraktaga) olib keladi. 
Odatda ko’z qorachig’ining xiralashishi birdaniga rivojlanmasdan, nurlangandan keyin 
bir necha kun yoki bir necha hafta keyin paydo bo’ladi.Elektromagnit maydoni inson 
organizmiga ma’lum o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan dielektrik moddiy sifatida 
hujayralarga issiqlik ta’sirini ko’rsatibgina qolmasdan, balki bu hujayralarga biologik 
ob’ekt sifatida ham ta’sir ko’rsatadi. Ular to’g’ridan-to’g’ri markaziy nerv sistemasiga 
ta’sir ko’rsatadi, hujayralarning yo’nalishini o’zgartiradi yoki molekula zanjirini elektr 
maydoni kuchlanish chiziqlari yo’nalishiga aylantiradi, qon tarkibi oqsil molekulalari 
biokimyo faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. Qon tomir sistemasining funksiyasi buziladi. 
Organizmdagi uglevod, oqsil va mineral moddalar almashinivuni o’zgartiradi. Ammo 
bu o’zgarishlar funksional xarakterda bo’lib, nurlanish ta’siri to’xtatilishi bilan 
ularning zararli ta’siri va og’riq sezgilari yo’qoladi. 2.Elektromagnit maydonini 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling