Mavzu: Organizimga o’zgaruvchan elektr
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
mustaqil ish 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Elektromagnit maydonini
Mustaqil ish Mavzu: Organizimga o’zgaruvchan elektr maydon bilan tasir qilish Reja 1. O’zgaruvchan tok 2. O’zgaruvchan magnit maydoni organizimga tasiri 3. O’zgaruvchan elektr maydon bilan tasir qilish O’zgaruchan tok 0 ‘zgaruvchan tok, keng ma’noda, vaqt bo‘yicha o‘zgaradigan har qanday tokdir. Biroq o‘zgaruvchan tok“termini ko‘pincha vaqt bilan garmonik qonun bo‘yicha bog‘lanuvchi kvazistatsionar toklarga qo‘llanadi. Kvazistatsionar deb shunday tokka aytiladiki, butun zanjir bo‘yicha uning qiymati bir xilda bo‘lgunicha ketgan vaqt tebranish davridan ancha kam boladi. Doimiy tok uchun bolganidek ,kvazistatsionar tok uchun ham tarmoqlanmagan o‘tkazgichning istalgan kesimidagi tokning kuchi bir vaqtning o‘zida bir xil, deb hisoblanadi. Ular uchun Om qonuni o‘rinlidir, biroq zanjirinng qarshiligi tokning o‘zgarish chastotasiga bogiiq. Bu tokning elektr magnit nurlanishga ketgan energiyasini e’tiborga olmaymiz. 0‘zgaruvchan tokka majburiy elektr magnit tebranishlari kabi qarash mumkin. Uchta har xil zanjirlami tasavvur etaylikki, ularning har biriga o‘zgaruvchan kuchlanish qo‘yilgan bolsin. Organizm to‘qimalari o‘zgarmas tokdan tashqari o‘zgaruvchan tokni ham o‘tkazadi. Organizmda induktiv g‘altakka o'xshagan sistemalar yo‘q, shuning uchun induktivligi nolga yaqin. Biologik membranalar va demak, butun organizm sig‘im xosssalarga ega, shu tufayli organizm to'qimalarining impedansi faqat Om va sig‘im qarshiliklari bilan belgilanadi. Biologik sistemalarda sig‘im elementlaming mavjudligi tok kuchining qo‘yilgan kuchlanishdan faza bo‘yicha oldinda bo‘lishi bilan tasdiqlanadi. Turli biologik obyektlar uchun fazalar siljish burchagining 1 kgs chastotadagi ba’zi qiymatlarini keltiramiz. Impedansining chastotali boglanishi organizm to‘qimalarining hayot qobiliyatini baholashga imkon beradi. Buni organ va to‘qimalami kesib boshqa joyga ulashda (transplantatsiya qilishda) bilish mumkin Bunda 1 - egri chiziq sog‘, normal to‘qima uchun, 2- egri chiziq o‘lik — suvda qaynatib o'ldirilgan to‘qima uchun. 0 ‘lik to'qimada membranalar buzilgan bo‘lib, „tirik kondensator11 va to‘qima faqat Om qarshilikka ega bo‘ladi. Impedansning chastotaviy bog‘lanishidagi farq sog‘ va kasal to‘qimalarda ham hosil bo‘ladi. (18.38) dan ko‘rinadiki, tok va kuchlanish orasidagi fazalar siljish burchagi to‘qimaning sig‘im xossalari haqida ham ma’lumot berishi mumkin. Organizm to‘qimalarining impedansi ularning fiziologik holatiga ko‘ra ham aniqlanadi. Jumladan, tomir qonga to‘lganda impedans yurak-tomir faoliyatiga ko‘ra o‘zgaradi. Yurak faoliyati jarayonida to‘qimalar impedansi o‘zgarishini qayd qilishga asoslangan diagnostika uslubi reografiya (impedanspletizmografiya) deyiladi. Bu usul yordamida bosh miya (reoensefalogramma), yurak (reokardiogramma), magistral tomirlar, o‘pka, jigar va qo‘l-oyoqlarning reogrammalari olinadi. 0‘lchash odatda 30 kgts chastotalarda ko‘prik sxemasi bo‘yicha olib boriladi. Elektr kuchlanishi yoki tok kuchining qisqa vaqt ichida o‘zgarishi elektr impulsi deyiladi. Texnikada impulslar ikkita katta guruhga videoimpulslar va radioimpulslarga bo‘linadi. Videoimpulslar — bu shunday tok yoki kuchlanishning elektr impulslariki, ular noldan farqli, doimiy tashkil etuvchisiga ega. Shunday qilib, videoimpuls ko‘pincha katta qutbga ega bo‘ladi. Videoimpulslar quyidagi shaklda bo‘ladi. a) to ‘g‘ri burchakli, b) arrasim on, d) trapetseidal, e) eksponensial, f) qo‘ng‘iroqsimon va hokazo. Radioimpulslar — bu modullashgan elektr magnit tebranishlardir. Fiziologiyada „elektr impuls“yoki „elektr signal41 termini bilan faqat videoimpulslar belgilanadi, shuning uchun mana shu impulslarning, ularning shakllarini, davomiyligini va alohida qismlarining xossalarini baholovchi parametrlarini ko‘rib chiqamiz. Chunki, rezistorin duktivlik g’altagi va kondensatorlardan tuzilgan elektr zanjirlaridan o‘zgaruvchan tok o'tganda garmonik signalning shakli saqlanadi: berilgan tashqi garmonik signalga sinusoidal elektr toki to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, tok kuchi va kuchlanish orasida chiziqli bog‘lanish mavjud bo‘lib, zanjiming o‘zini chiziqli zanjir deyiladi. Zanjirda elektron lampa, yarim o'tkazgichli diod, tranzistorlar bo'lsa zanjir nochiziqli bo‘ladi. Chiziqli zanjir garmonik kuchlanishning shaklini buzmaydi. lekin impulsli signalning shaklini o‘zgartiradi. Amaliy tabobatda buni ikki asosiy sababga ko‘ra nazarda tutish muhim. Birinchidan, biologik obyektlardan diagnostika maqsadida elektr signali olayotganda, o'lchash elektr zanjirida uning shakllarida bo‘ladigan buzilishni hisobga olish lozim (14.5-ga qarang). Ikkinchidan, tirik obyektlarga qo‘zg‘atish maqsadida impuls signallarini berib biologik sistemalaming o‘zi kelgusida elektr zanjirining qismi bo‘lib, bu signalning shaklini buzishi mumkin ekanligini bilish zarur. To‘g‘ri burchakli impulsning chiziqli zanjirdan o'tishini ikkita xarakterli misolda ko‘rib chiqamiz. Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta’siri elektr va magnit maydonlarining kuchlanishi, energiya oqimining intensivligi tebranish chastotasi, nurlanishning tananing ma’lum yuzasida to’planishi va inson organizmining shaxsiy xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta’sir ko’rsatishining asosiy sababi inson tanasi tarkibidagi atom va molekulalar bu maydon ta’sirida musbat va manfiy qutblarga bo’lina boshlaydi. Qutblangan molekulalar elektromagnit maydoni tarqalayotgan yo’nalishga qarab harakatlana boshlaydi.Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta’siri natijasida qon, hujayralar oralig’idagi suyuqliklar tarkibida tashqi maydon ta’siridan ionlashgan toklar hosil qiladi. O’zgaruvchan elektr maydoni inson tanasi hujayralarini o’zgaruvchan dielektrik qutblanish, shuningdek, o’tkazuvchi toklar hosil bo’lishi hisobiga qizdiradi. Issiqlik samarasi elektromagnit maydonlarining energiya yutishi hisobiga bo’ladi. Energiya yutilishi va ionlashgan toklarning hosil bo’lishi biologik hujayralarga maxsus ta’sir ko’rsatishi bilan kechadi, bu ta’sir inson ichki organlari va hujayralaridagi nozik elektr patensiallari ishini buzish va suyuqlik aylanish funksiyalarining o’zgarishi hisobiga bo’ladi.O’zgaruvchi magnit maydoni atom va molekulalarning magnit momentlari yo’nalishlarining o’zgarishiga olib keladi. Bu effekt inson organizmiga ta’sir ko’rsatish jihatidan kuchsiz bo’lsada, lekin organizm uchun befarq deb bo’lmaydi.Maydonning kuchlanishi qancha ko’p bo’lib uning ta’sir davri davomli bo’lsa, organizmga ko’rsatuvchi ta’siri shuncha ko’p bo’ladi.Tebranish chastotasining ortishi tana o’tkazuvchanligi va energiya yutish nisbatini oshiradi, ammo kirib borish chuqurligini kamaytiradi. Uzunligi 10 sm dan qisqa bo’lgan to’lqinlarning asosiy qismi teri hujayralarida yutilishi tajriba asosida tasdiqlangan. 10-30 sm diapazondagi nurlanishlar teri hujayralarida kam yutiladi (30- 40%) va asosan ularning yutilishi insonning ichki organlariga to’g’ri keladi. Bunday nurlanishlar nihoyatda xavfli hisoblanadi.Organizmda hosil bo’lgan ortiqcha issiqlik ma’lum chegaragacha inson organizmining tyermoregulyasiyasi hisobiga yo’qotilishi mumkin. Issiqlik chegarasi deb ataluvchi ma’lum miqdordan boshlab (I>10 mVt/sm 2 ), inson organizmda hosil bo’layotgan issiqlikni chiqarib tashlash imkoniyatiga ega bo’lmay qoladi va tana harorati ko’tariladi, bu esa o’z navbatida organizmga katta zarar etkazadi.Issiqlik yutilishi inson organizmining suvga syerob qismlarida yaxshi kechadi (qon, muskullar, o’pka, jigar va h.k). Ammo issiqlik ajralishi qon tomirlari sust rivojlangan va tyermoregulyasiya ta’siri kam bo’lgan organlar uchun juda zararlidir. Bularga ko’z, bosh miya, buyrak, ovqat hazm qilish organlari, o’t va siydik xaltalari kiradi. Ko’zning nurlanishi ko’z korachig’ining xiralashishiga (kataraktaga) olib keladi. Odatda ko’z qorachig’ining xiralashishi birdaniga rivojlanmasdan, nurlangandan keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin paydo bo’ladi.Elektromagnit maydoni inson organizmiga ma’lum o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan dielektrik moddiy sifatida hujayralarga issiqlik ta’sirini ko’rsatibgina qolmasdan, balki bu hujayralarga biologik ob’ekt sifatida ham ta’sir ko’rsatadi. Ular to’g’ridan-to’g’ri markaziy nerv sistemasiga ta’sir ko’rsatadi, hujayralarning yo’nalishini o’zgartiradi yoki molekula zanjirini elektr maydoni kuchlanish chiziqlari yo’nalishiga aylantiradi, qon tarkibi oqsil molekulalari biokimyo faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. Qon tomir sistemasining funksiyasi buziladi. Organizmdagi uglevod, oqsil va mineral moddalar almashinivuni o’zgartiradi. Ammo bu o’zgarishlar funksional xarakterda bo’lib, nurlanish ta’siri to’xtatilishi bilan ularning zararli ta’siri va og’riq sezgilari yo’qoladi. 2.Elektromagnit maydonini Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling