Mavzu: Organizmda energiya sarfi 5 laboratoriya Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad


Download 13.94 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi13.94 Kb.
#1251771
Bog'liq
dars reja 111


Sana: 28.2.2023yil
Mavzu: Organizmda energiya sarfi
5 - laboratoriya

Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad : O'quvchilarda kunda istemol qilib yurgan mahsulot tarkibini òrganish. Birgalikda ovqat ratsionini tuzish va energiya sarfini aniqlash.


Tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarda kundalik foydalaniladi-gan ovqat tarkibini òrgatib, tarkibidagi vitamin va minerallar bilan tanishtirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Dars jarayonida bilim va axloqiy
fazilatlarni rivojlantirish.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Kun yangiliklari:
28- fevral kun yangiliklari;
BugunO’zbekiston Respublikasining Markaziy banki Makroprudensial siyosati asoslari tasdiqlangan kun.


II. O’tilgan mavzuni takrorlash.
Dastlab o’quvchilar 2ta guruhga bo’lib olinadi. O’tilgan mavzu “Kòzning kòrish òtkirligini aniqlash” mavzusi yuzasidan savol -javob tarzida so’rab olinadi. Keyin o’tilgan mavzu yuzasidan 2ta guruhga ham topshiriq beriladi. Bu topshiriqda òtgan darsdagi kerakli jihоzlаr va ishlash tartibi haqida har bir òquvshi bittadan malumot yozishi kerak.
III. Asosiy qism:
Yangi mavzu bayoni;
Jadvallar yordamida odamning kunlik ovqat ratsionida zarur bo’lgan oqsillar,yo’g’lar, uglevodlar va energiya miqdorini aniqlash.

Kerakli jihozlar va asboblar: turli yoshdagi odam organizmining oziq moddalarga talabi va oziq moddalar energetik qiymatini ifodolovchi jadvallar.


Ishni bajarish tartibi:


-O’quvchilar 1-jadval orqali aqliy mehnat bilan shug’ullanadigan o’quvchi organizmining bir sutkalik energiya sarfini aniqlab olishadi;

-Har bir o’quvchi o’z xohishiga ko’ra 1-jadvalda ko’rsatilgan oziq mahsulotlari orasidan bir sutka davomida yeyiladigan 8-10 xilini tanlab oladi.;


-O’quvchilar 1- va 2 – jadvallar yordamida o’zlari tanlab olgan mahsulotlarning energetic qiymati bo’yicha bir sutkalik ovqat ratsionining miqdoriy ko’rsatkichini aniqlab olishadi.;


-Oziq ratsioni miqdoriy ko’rsatkichi energetic qiymatlari hisoblab chiqiladi.


Turli yoshdagi odamlar sutkalik ovqat ratsionidagi oziq moddalarning miqdori



Odam Yoshi Oqsil Yog’ Uglevod Oziq modda energiya kkal


5-7 65-75 75-80 250-300 1800-2300


8-11 75-90 80-90 350-400 2400-2800
12-14 90-100 90-100 400-450 2800-3200
16-18 100-120 100-110 400-500 3200-3500

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash;

1. Har bir o’quvchi uyda oz ovqat ratsionini tuzib energiya sarfini hisoblaydi.


2. Mavzuga oid 10 test tuzish.
3. Krassvord tuzish
4. Mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob yozish.


V.O'quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan va
topshiriqlarni toʻgʻri bajargan oʻquvchilar baholanadi.



Download 13.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling