Mavzu: Organizmning vitaminlar bilan ta’minlanganligini о’rgamsh va baholash Vaziyatli masala №1


Download 276.83 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.03.2023
Hajmi276.83 Kb.
#1251267
Bog'liq
3 mavzu Vaziyatli masala



Mavzu: 
Organizmning vitaminlar bilan ta’minlanganligini о’rgamsh va 
baholash 
Vaziyatli masala № 1.
N. tumanidagi kasalxonada bemorlarning ovqatlari tarkibidagi «S» 
vitaminini hisoblaganda, o‘rtacha kunlik ovqat ratsioni tarkibida uning miqdori -
22mg ni tashkil etib, bu har qanday yoshdagi odam uchun ham kamligi yaqqol 
ko‘zga tashlandi. Ovqat ratsionidagi vitaminni ko‘paytirish haqidagi o‘z fikr 
mulohazangizni ayting. Bu tadbirlarning amalga 
oshirilishini kim ta’minlaydi, kim nazorat qiladi va uni yaxshilash uchun qanday 
usullardan foydalanish mumkin.
Vaziyatli masala № 2. 
Poliklinikaning uchastka terapevtiga 40 yoshli erkak kishi tez toliqib qolishi, 
tez tez shamollab turishi, milklaridan qon oqishi kabi shikoyatlar bilan murojaat 
qildi. Bemorda so‘runkali kasalliklarga doir hech qanday kasallik belgilari yoki 
o‘tkir belgilari topilmagan. Shifokor bemorda gipovitaminozga oid holat bo‘lsa 
kerak degan fikrga keldi. Bu 
taxminni qanday tekshirish mumkin, agar u isbotlansa uni bartaraf qilish uchun 
qanday ishlarni amalga oshirish lozim.
Vaziyatli masala № 3. 
Toshkent shahrining maktablaridan birida qish faslining ohirlarida 
o‘quvchilar organizmini vitaminlar bilan ta’minlanganligini Nesterov namunasi 
orqali tekshirildi. Hammasi bo‘lib 10-14 yoshdagi 58 ukuvchi tekshiruvdan 
o‘tkazilib, ularning 8 tasida 35-40 tadan, 12 ta bolada 25-30 tadan, qolgan 
bolalarda esa 10-12 tadan petixiy aniqlandi. Olingan 
ma’lumotlarni baholang va o‘quvchilarning ota-onalariga o‘zingizni 
takliflaringizni bering.
Vaziyatli masala № 4. 
Bemor organizmining vitaminlar bilan ta’minlanganligini tekshirish 
maqsadida Aziza ismli bemorga erta bilan chiqariladigan peshob namunasini 
keltirish topshirildi. Tahlilni olib borish uchun vrach laborant peshobdan 10ml 
olib, unga 1 tomchi 10% li sirka kislotasi qo‘shdi va 0,001 nli Tilmans bo‘yog‘i 


bilan to‘q pushti rang hosil bo‘lguncha titrladi. Shifokor laborant harakatidagi 
xatolikni ko‘rsating.
Vaziyatli masala № 5. 
Tekshiriluvchida milklarni qonashi kuzatilgan, Nesterov namunasi 
qo‘yilganda 30-40 petexiylar aniqlangan, siydik bilan o‘tkazilgan namunada 0,35 
mg/soat natija olingan. «S» gipovitaminozning darajasini aniqlang va profilaktik 
choralar belgilang. 
Vaziyatli masala № 6. 
Organizni vitamin bilan ta’minlanganligini tekshirish maqsadida, ertalabki 
siydik namunasi olingan. Tajriba o‘tkazish uchun vrach-laborant 10 ml siydik 
namunasi olib, unga 1 tomchi 10% sirka kislotasi, 0,001 n. Tilmans buyog‘i 
qo‘shdi va to‘q pushti rangga kirguncha chayqatdi. vrachlaborantning xatolarini 
ko‘rsating.
Vaziyatli masala № 7. 
Talabaning ovqat ratsionini o‘rganilganda, konserva banka maxsuloti 
(og‘irligi 86 gramm) tarkibida 108g yog‘, 450g uglevod, vitamina «S» 30mg ni 
tashkil etgan. Talabaning ovqatlanishini tavsiflang va zarur tavsiyalar bering. 

Download 276.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling