Mavzu: Organizmning vitaminlar bilan ta’minlanganligini о’rgamsh va baholash Vaziyatli masala №1
Download 276.83 Kb. Pdf ko'rish
|
3 mavzu Vaziyatli masala
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaziyatli masala № 2.
- Vaziyatli masala № 3.
- Vaziyatli masala № 4.
- Vaziyatli masala № 5.
- Vaziyatli masala № 6.
- Vaziyatli masala № 7.
Mavzu: Organizmning vitaminlar bilan ta’minlanganligini о’rgamsh va baholash Vaziyatli masala № 1. N. tumanidagi kasalxonada bemorlarning ovqatlari tarkibidagi «S» vitaminini hisoblaganda, o‘rtacha kunlik ovqat ratsioni tarkibida uning miqdori - 22mg ni tashkil etib, bu har qanday yoshdagi odam uchun ham kamligi yaqqol ko‘zga tashlandi. Ovqat ratsionidagi vitaminni ko‘paytirish haqidagi o‘z fikr mulohazangizni ayting. Bu tadbirlarning amalga oshirilishini kim ta’minlaydi, kim nazorat qiladi va uni yaxshilash uchun qanday usullardan foydalanish mumkin. Vaziyatli masala № 2. Poliklinikaning uchastka terapevtiga 40 yoshli erkak kishi tez toliqib qolishi, tez tez shamollab turishi, milklaridan qon oqishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qildi. Bemorda so‘runkali kasalliklarga doir hech qanday kasallik belgilari yoki o‘tkir belgilari topilmagan. Shifokor bemorda gipovitaminozga oid holat bo‘lsa kerak degan fikrga keldi. Bu taxminni qanday tekshirish mumkin, agar u isbotlansa uni bartaraf qilish uchun qanday ishlarni amalga oshirish lozim. Vaziyatli masala № 3. Toshkent shahrining maktablaridan birida qish faslining ohirlarida o‘quvchilar organizmini vitaminlar bilan ta’minlanganligini Nesterov namunasi orqali tekshirildi. Hammasi bo‘lib 10-14 yoshdagi 58 ukuvchi tekshiruvdan o‘tkazilib, ularning 8 tasida 35-40 tadan, 12 ta bolada 25-30 tadan, qolgan bolalarda esa 10-12 tadan petixiy aniqlandi. Olingan ma’lumotlarni baholang va o‘quvchilarning ota-onalariga o‘zingizni takliflaringizni bering. Vaziyatli masala № 4. Bemor organizmining vitaminlar bilan ta’minlanganligini tekshirish maqsadida Aziza ismli bemorga erta bilan chiqariladigan peshob namunasini keltirish topshirildi. Tahlilni olib borish uchun vrach laborant peshobdan 10ml olib, unga 1 tomchi 10% li sirka kislotasi qo‘shdi va 0,001 nli Tilmans bo‘yog‘i bilan to‘q pushti rang hosil bo‘lguncha titrladi. Shifokor laborant harakatidagi xatolikni ko‘rsating. Vaziyatli masala № 5. Tekshiriluvchida milklarni qonashi kuzatilgan, Nesterov namunasi qo‘yilganda 30-40 petexiylar aniqlangan, siydik bilan o‘tkazilgan namunada 0,35 mg/soat natija olingan. «S» gipovitaminozning darajasini aniqlang va profilaktik choralar belgilang. Vaziyatli masala № 6. Organizni vitamin bilan ta’minlanganligini tekshirish maqsadida, ertalabki siydik namunasi olingan. Tajriba o‘tkazish uchun vrach-laborant 10 ml siydik namunasi olib, unga 1 tomchi 10% sirka kislotasi, 0,001 n. Tilmans buyog‘i qo‘shdi va to‘q pushti rangga kirguncha chayqatdi. vrachlaborantning xatolarini ko‘rsating. Vaziyatli masala № 7. Talabaning ovqat ratsionini o‘rganilganda, konserva banka maxsuloti (og‘irligi 86 gramm) tarkibida 108g yog‘, 450g uglevod, vitamina «S» 30mg ni tashkil etgan. Talabaning ovqatlanishini tavsiflang va zarur tavsiyalar bering. Download 276.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling