Mavzu: O'rin-joy otlari Darsning maqsadi: Ta’limiy
Download 109.9 Kb.
|
Madina oltinchi sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy
- O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
- Darsning turi
- Dars bosqichlari Vaqt
- 12 minut IV.Darsni yakunlash va baholash 3 minut
- 2 minut Darsning borishi : Tashkiliy qism
- Yangi mavzu bayoni
- VI.Uyga vazifa
- Uyga vazifa . “Rustamxon” dostonini va doston turlarini o’qib kelish. Venn diagrammasi orqali “Rustamxon” va “Alpomish” dostonini solishtirish.
Aim.Uz Mavzu: O'rin-joy otlari Darsning maqsadi: Ta’limiy: O‘rin-joy otlari haqida nazariy ma’lumotlar bilan tanishish, ularning nutqdagi ahamiyatini tushuntirish, o‘rin-joy otlarini gaplardan aniqlay olish ko‘nikmasini shakllantirish. Tarbiyaviy: o‘quvchilarni o‘rin -joy otlari bilan tanishtirish orqali muqaddas qadamjolarimizni bilish va ularga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni o‘zbek tili faniga qiziqishini rivojlantirish. Shakllantiriladigan kompetensiyalar: kommunikativ axborot bilan ishlash, umummadaniy, adabiy bilimlarni amaliyotda qo’llash kompetensiyalari Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: – mediamanbalar (radio, televizor, internet va boshqalar)dan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish, ularning xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini egallash . O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: – doimiy ravishda o‘zini o‘zi mustaqil va ijodiy rivojlantirish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, mustaqil qaror qabul qila olish. Milliy va umummadaniy kompetensiya: – vatanga sadoqatli, milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, tariximizni bilish va unga nisbatan faxr-iftixor tuyg‘usini shakllantirish. Darsning turi: yangi bilim beruvchi. Darsning tipi: an’anaviy. Darsning usuli: Fanlararo integratsiyadan foydalanish, ushbu mavzuni geografiya va tarix fani bilan qiziqarli va samarali olib borish. Darsning jihozi: Darslik, ko’rgazmali qurollar, kompyuter, proyektor. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar. Darsning texnik chizmasi:
Darsning borishi : Tashkiliy qism: a)Salomlashish; b)tozalikni aniqlash; d)davomatni aniqlash; c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi; e)O‘tilgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so‘rash. Yangi mavzu bayoni: O‘rin-joy otlari tub va yasama bo‘ladi. Yasama o’rin-joy otlari -loq, -zor, -iston, -goh, -xona, - obod Qo‘shimchalari bilan yasaladi. Masalan: tub otlar: vodiy, maktab, hovli; yasama otlar: o‘t+loq O‘qituvchi tomonidan yangi mavzu quyidagicha tushuntiriladi: Mustahkamlash uchun “Blits-o’yin”dan foydalanamiz. Ushbu metodda o’quvchi asar mazmunidan kelib chiqib, voqealarni ketma-ket ravishda raqamlab chiqadi. Keyin esa guruhda voqealar baholanib chiqadi. Oxirida o’qituvchi to’g’ri javobni o’qib eshittiradi. Ushbu metodni qo’llashdan maqsad qaysi holatda yaxshi natijaga erishsa bo’ladi? Shuni bilib olish. “Blits-o’yin” – “Rustamxon” dostoni Sana:
Ismi sha’rif:
O‘qituvchi o‘quvchilarning nazariy bilimlarini sinash maqsadida test topshiriqlarini har bir o‘quvchiga tarqatadi. Bu testni yechish uchun 5 daqiqa ajartiladi: 1. “Rustamxon” dostonida Sultonxon qaysi mamlakat shohi bo’ladi? A.Oqtosh B.Urganch D.Zangar 2.Rustamni onasini ismi? A. Huroyim B. Momogul D. Yunus pari 3.Sultonxon o’g’li tug’ilmasdan oldin necha yillik safarga jo’naydi? A.7 B.14 D.17 4. “Rustamxon” qaysi doston turiga kiradi? A. Qahramonlik B. Ishqiy-sarguzasht D. Tarixiy 5.Rustam o’z yurtidan ketib, qaysi tog’ga borib joylashadi? A. Hukumu B.Olatog’ D.Asqar 6. “Rustamxon” ajdarho zulmidan kimni qutqarib qoladi? A. onasini B. yorini D. otasini Yopiq test 7.Doston turlarini sanab bering? 8. “Alpomish”dostoni qaysi doston turiga kiradi? 9.Dostondagi 6ta qahramonni sanab o’ting. 10. Ishqiy-sarguzasht doston turiga kiruvchi dostonlarni sanab bering. Test natijalari kelasi darsda e’lon qilinadi. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. VI.Uyga vazifa: Quyidagi savollarga o‘zingiz mustaqil javob topib keling. 1. “Rustamxon” dostonidan o’zingizga va boshqalarga ibrat bo’la oladigan fikrlarni topishga harakat qiling. 2. “Rustamxon” dostoni haqida o’z xulosangizni kichik matn tarzida yozib keeling. Uyga vazifa . “Rustamxon” dostonini va doston turlarini o’qib kelish. Venn diagrammasi orqali “Rustamxon” va “Alpomish” dostonini solishtirish. Download 109.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling