Mavzu: O'rnatilgan tizimlar datchiklari va sensorlari bilan ishlash


Download 1.43 Mb.
bet1/8
Sana24.03.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1290345
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'rnatilgan tizimlar datchiklari va sensorlari bilan ishlash

Mavzu: O'rnatilgan tizimlar datchiklari va sensorlari bilan ishlash

MUNDARIJA


Mavzu: O'rnatilgan tizimlar datchiklari va sensorlari bilan ishlash 5
MUNDARIJA 5
KIRISH 7
I BOB NAZARIY QISM 10
1.1O‘rnatigan tizim tushunchasi 10
1.2O‘rnatilgan tizimlarning asosiy xususiyatlari 13
1.3Arduino kompilyatorini sozlash, kodlarni boshqarish, forma elementlari yordamida tashqi qurilmalarni boshqarishni organish‘ 14
II BOB AMALIY QISM 22
2.1 Arduino programmatori va dasturlash muhiti 22
2.2 Infraqizil, ultratovush elementlarini loyixalash va dasturiy kod yordamida boshqarish. 24
XULOSA 38
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 40

KIRISH 6
I BOB NAZARIY QISM 9
1.1 O‘rnatigan tizim tushunchasi 9
1.2 O‘rnatilgan tizimlarning asosiy xususiyatlari 12
1.3 Arduino kompilyatorini sozlash, kodlarni boshqarish, forma elementlari yordamida tashqi qurilmalarni boshqarishni organish‘ 13
II BOB AMALIY QISM 21
2.1 Arduino programmatori va dasturlash muhiti 21
2.2 Infraqizil, ultratovush elementlarini loyixalash va dasturiy kod yordamida boshqarish. 23
XULOSA 29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 31



KIRISH


Ma’lumki, boshqarish tizimlari keng ma’nodagi terminalogiya bo‘lib, xozirda mavjud bo‘lgan barcha jarayonlarda qo‘llanilib kelinadi. Ular oddiy operatsiyalardan tortib murakkab mantiqiy amallarni bajarish tizimlarida keng qo‘llaniladi. Eng birinchi navbatda informatsiyalarni qayta ishlash tizimlarni misol qilish mumkin.Har qanday informatsiya bir joydan ikkinchi joyga uzatilishda, qayta ishlanib uzatiladi. Qabul qilish jarayonida ham informatsiya qayta ishlanib kerakli formaga keltiriladi.
Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlarida esa boshqarish jarayonni borishidagi fizik va boshqa parametrlarni o‘zgarishi to‘g‘risida informatsiyalarni yig‘ib, qayta ishlab, zaruriy boshqarish xulosasini ishlab chiqaradi va real vaqt tizimida bajarish mexanizimiga uzatiladi. Bunga misol qilib presslash qurilmalarida detallarni avtomatik robotlar yordamida tayyorlash jarayonini keltirish mumkin. Robot birinchi navbatda materialni olib press ostiga qo‘yadi va tayyor detalni olib taklaydi.
O‘rnatilgan tizim-bu amaliy kompyuter tizimi bo‘lib, u boshqa turdagi kompyuter tizimlaridan, ya’ni shaxsiy kompyuterlar (PC) yoki superkompyuterlardan farq qiladi. Biroq, siz “o‘rnatyilgan tizim” tushunchasini tushunishda ba’zi qiyinchiliklarga uchrashingiz mumkin, chunki u texnologiyadagi o‘zgarishlar va turli xildagi kompyuter qurilmalari va dasturiy qismlari narxlari sezilarli tushish natijasida doimiy ravishda mukammallashib boradi. Yaqin yillarda o‘rnatilgan tizimning an’anaviy turlari doirasi ancha kengaydi. Kitobxon yaqin kelajakda bu tizimga duch kelishi mumkinligi sababli, tizim haqida mulohaza qilishni va bugungi kunda ular qanchalik to‘g‘ri ishlashi yoki kamchiliklarini tushunishi juda muhim hamda ular xususida ongli ravishda muhokama yurita olishi kerak. Quyida o‘rnatilgan tizimning bir necha umumiy xususiyatlari haqida fikr yuritiladi:

  • O‘rnatilgan tizimlar qurilmalar va dasturiy ta’minotining keng qo‘llanishi jihatdan shaxsiy kompyuterlarga (PC) qaraganda ancha chegaralangan. Bu hol o‘rnatilgan tizimlarining muhim yo‘nalishlari uchun to‘g‘riligini saqlamoqda. Qurilmalar cheklanganligi to‘rt jihatdan kamchiliklarga ega, ular ish sifatini yaxshilash, istemol kuchi, xotira va qurilma keng tarqalishidagi kamchiliklardir. Dasturiy ta’minotdagi kamchiliklar jihatdan o‘rnatilgan tizimlar shaxsiy kompyuterlarga ancha yaqin, ya’ni tatbiqlar kam, ko‘lami past tatbiqlar, operatsion tizim yo‘qligi yoki cheklangan tizimlar. Biroq bu ta’riflar boshqaruv kengashi nazarida qisman to‘g‘ri va shaxsiy kompyuterlardagi dasturiy ta’minotning avvalgi va bugungi avlodi ancha mukammal o‘rnayilgan tizim loyihalariga qayta joylanmoqda.

  • O‘rnatilgan tizimlar faqat maxsus vazifalarni bajarish uchun loyihalashtirilgan. Ko‘plab o‘rnatilgan qurilmalar asosan bir xususiy vazifa uchun ishlab chiqilgan. Biroq, biz bugun ko‘rishimiz mumkinki ayrim qurilmalar, masalan shaxsiy ma’lumotlar bazasi yordamchisi (PDA) gibrid telefon kameralari bir necha turdagi funksiyalarni bajarish uchun ishlab chiqarilgan shuningdek, so‘ngi raqamli TV lar ikki tomonlama amallarni bajarishga moslashgan, ya’ni ko‘plab turdagi “TV”larga bog‘liq bo‘lmagan umumiy, lekin muhim bo‘lgan amallarni bajaradi, xususan e-mail, internetdan foydalanish va ko‘plab o‘yinlar.

  • O‘rnatilgan tizim shunday kompyuter tizimidirki, unda boshqa kompyuter tizimlaridan ko‘ra yuqori sifatli va ishonchli qurilmalar talab etiladi. O‘rnatilgan qurilmalarning ba’zi qurilmalarida juda yuqori sifatli va ishonchli uskunalar bilan jihozlangan. Misol uchun, avtomobil motori kontrolerlarining harakat vaqtida tutashib ketishi yoki nozik tibbiyot asboblariningn jarrohlik vaqtidagi nuqsonlari juda jiddiy oqibatlrga olib keladi. Biroq, bu erda ham shunday o‘rnatilgan qurilmalar bo‘lib, masalan TV, o‘yinlar, kamera telefonlar kabi, ularda noqulayliklar mavjud bo‘lib, lekin ular hayotga xavf soladigan holatlarni vujudga keltimaydi.

  • Ba’zi o‘rnatilgan tizimlar deb nom olgan qurilmalar, misol uchun PDA yoki web bloknotlar, aslida o‘rnatilgan qurilma emas. Kompyuter tizimlari sohada ba’zi bahsli holatlar uchraydi va an’anviy tizimlarning hammasi ham aslid o‘rnatilgan tizim emas. Biroz tushunildiki, ancha mukammalroq loyihalarning o‘rnatilgan tizim sifatida shakllanishi, masalan PDAning, nanotexnologik bozor va sotuv jarayoniga ko‘proq bog‘liq ekan muhandislarga qaraganda. Haqiqatda soha muhandislari o‘rnatilgan tizim jarayonidagi faoliyatiga qarab o‘zaro bo‘lingan, hatto bu loyihachilar joriy tizimlar borasida birgalikda muhokamalashishsada, an’anaviy o‘rnatilgan tizim rivojlanishda davom etadimi yo‘qmi yoki sanoat jarayonida yakunda boshqalar tomonidan boshqariladimi.




Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling