Mavzu: Orqa miya jarohatlarida shoshilinch yordam
belgilari) kuzatiladi. Umurtqa pog‘onasi singanida umurtqa chiqib ketadi
Download 32.28 Kb.
|
Orqa miya jarohatlarida shoshilinch yordam
belgilari) kuzatiladi. Umurtqa pog‘onasi singanida umurtqa chiqib ketadi,natijada, orqa miya uzilib ketadi. Bunda jarohatlangan joydan pastda falajlik,www.ziyouz.com kutubxonasi102to‘la anesteziya, terida dag‘al trofik o‘zgarishlar (yotoq yaralar, oyoq —qo‘llarda shishlar) paydo bo‘ladi, siydikning tutilib qolishi xarakterlidir.Buning natijasida bemorda piyelonefrit, urosepsis belgilari kuzatiladi. Orqamiya bir tomondan bosilib qolganda Broun-Sekar alomati paydo bo‘ladi.Bu orqa miya ko‘ndalang kesimining yarmi zararlanganda kuzatiladi.Natijada, zararlangan tomonda parez yoki paralich bilan birga chuqursezgining buzilishi, qarama-qarshi tomonda esa og‘riq va harorat sezgisiningbuzilishi kuzatiladi. Orqa miya jarohatlanganda bemorning umurtqapog‘onasini rengenografiya qilish zarur. Bundan tashqari, orqa miyanilyumbal punksiya qilib, orqa miya suyuqligini tekshirib turish kerak.Davosi. Birinchidan, umurtqa pog‘onasini qimirlatmaydigan qilib quyish(immobilizatsiya) zarur. Bemorni taxta yoki usti qattiq zambilda qorni bilanyoki chalqancha yotgan holatda shifoxonaga olib kelish kerak. Jarrohlikusuli bilan davolash bilan birgalikda og‘riq qoldiruvchi analgin, promedoldorilar qo‘llaniladi. Yallig‘lanishga qarshi dorilar, antibiotiklar, siydikhaydovchi, qon to‘xtatuvchi dorilar va desensibilaydigan dorilar qo‘llanila-di. Agar bemorning siydigi tutilib qolsa, kuniga 3—4 mahal qovuqqa katetersolib, kerak bo‘lsa doimiy qo‘yib qo‘yiladi. Ich qotib qolganda tozalovchihuqna qilinadi, yotoq yaralar paydo bo‘lganida Vishnevskiy malhami vabaliq moylari bog‘lanadi. Tiklanish davrlarida esa fizioterapiya muolajalaribilan birgalikda vitaminlar, prozerin, lidaza qo‘llaniladi. Shifoxonadanchiqqanidan keyin sog‘lomlashtirish oromgohlarida davolash tavsiya etiladi.Parvarish qilish. Qat’iy to‘shak tartibini ta’minlash, og‘iz bo‘shlig‘inikuniga bir necha marta tozalab turish shart. Chunki ko‘p so‘lak og‘izbo‘shlig‘iga yig‘ilib qoladi, bu esa nafas yo‘llariga tiqilib qolishi mumkin.Siydik tutilib qolsa kateter solish yoki siydikni ushlab turolmasa, siydikdonqo‘yish kerak. Bemor bezovta bo‘lsa, tinchlantiruvchi dorilar beriladi.Hushiga kelgan bemorlarni ovqatlantirish, agar hushida bo‘lmasa zondorqali ovqatlantirish kerak. Uzoq yotgan bemorlarda yotoq yaralari paydobo‘lmasligi uchun kamfora spirti surtish, uqalash lozim.Download 32.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling