Mavzu: O‘rta asrlarda Islom davlatlarida arxivlar


Download 224.22 Kb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi224.22 Kb.
#1539962
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAVZU ISLOM

• Xususiy egalikdagi yerlar. Soliq to‘lash shakliga qarab esa asosan: a) xiroj yerlari, ya'ni davlat yerlarida yashab, uni ishlab, foydalanganligi uchun dehqonlardan davlat solig‘i – xiroj undiriladigan yerlar; b) soliq to‘lashdan qisman yoki tamoman ozod etilgan yerlar, ularga kelib chiqishiga ko‘ra Muhammad, (sallollohu alayhi vasallam) xonadoniga borib bog‘lanuvchi sayidlarning yerlari kirgan.

Somoniylar davrida noiblar, askarboshilar va amaldorlarga mukofot tariqasida butun-butun viloyatlar in'om qilib berilgan va bu “iqto” , uni olgan kishi “iqtodor” deb atalgan. Bunday yer-mulk egaligi ham rivojlangan bo‘lib, iqtodorlar yerdan keladigan daromadni qisman ushlab qolishga haqli hisoblanardi. Bu davrda feodallarga tegishli yer mulklari ko‘proq ijarachi dehqonlar tomonidan turli shakllarda ijaraga olinib, ishlab berilardi. O‘zining ot ulovi, urug‘lari bo‘lganlar hosilning 4 dan 1 yoki 3 dan 1 qismini olsalar, hech narsasi bo‘lmagan ijarachilar hissasi hatto 10 dan 1 , 12 dan 1 ga tushib qolgan edi

Somoniylar davlati markazlashgan tipik o‘rta asr davlati bo‘lib, boshqarish shakli yakka hokimlik (monarxiya) edi. Davlat boshliqlari o‘zlarini “amir ul-muslimin” deb atagan arab xalifalaridan farqli ravishda doim amir, ya'ni hukmdor nomini afzal bilganlar.

  • Somoniylar davlati markazlashgan tipik o‘rta asr davlati bo‘lib, boshqarish shakli yakka hokimlik (monarxiya) edi. Davlat boshliqlari o‘zlarini “amir ul-muslimin” deb atagan arab xalifalaridan farqli ravishda doim amir, ya'ni hukmdor nomini afzal bilganlar.
  • Davlatni boshqarish ikkiga: shaxsan amirning o‘zi boshqarib turadigan saroy (dargoh) va o‘zlariga bo‘ysunadigan tarmoqlar bo‘yicha amir farmonlarining markaziy ijroiya idorasi bo‘lgan mahkamalar orqali ijro etuvchi devonga bo‘lingan.
  • Arab xalifaligida devon tizimi Abbosiy xalifalar davrida shakllangan bo‘lsa, Movarounnahrda bu Somoniylar davrida yuz berdi, ya'ni devonlar tizimi ikki daryo oralig‘i davlatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri Arab xalifaligidan kirib keldi.

Download 224.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling