Mavzu; O’rta asr,,O’n ikki maqom’’ tizimi Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarining ashula bo‘limini kelib chiqishi


Download 73.27 Kb.
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi73.27 Kb.
#209706
1   2   3   4   5
Bog'liq
O’rta asr ,,O’n ikki maqom’’ tizimi

2.3. Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarining ashula bo‘limini kelib chiqishi

  • Toshkent va Farg‘ona vodiysi (Qo‘qon, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Marg‘ilon) musiqa amaliyotida yuzaga kelgan maqom na’munalarining umumlashma nomi. Shashmaqom va Xorazm maqomlaridan farqli o‘laroq alohida-alohida cholg‘u va ashulla yo‘llaridan iborat. Jumladan, cholg‘u yo‘llari "Nasrullo I-V", Munojot I-V", ‘‘Ajam va taronalari”, “Miskin I-V”, “Mirzadavlat I-II”, “Cho‘li Iroq”, “Chorgoh”, “Sumay Iroqi”, “Sumay Dugohi” “Sumay Ushshog‘I” kabilar mashhur. Ashulla yo‘llari alohida bir qismli (“Segoh”, “Toshkent irog‘i” kabi) na’munalardan tortib keng ko‘lamli turkumlardan tashkil topgan. Ayniqsa, besh qismli “Chorgoh”, “Bayot”, “Bayoti Sheroziy”, “Gulyor-Shahnoz” va yetti qismli “Dugoh- Husayn” ashulla yo‘llari ommalashgan. (Ular mumtoz she’riyat (Sakkokiy, Navoiy, Bobur, Uvaysiy, Furqat, Muqimiy va h.) na’munalari asosida o‘qiladi. Farg‘ona-Toshkent maqom turkumlarining qismlari raqamlar vositasida ajratiladi (“Miskin I”, “Miskin II”, “Bayot I”). Tarkibiy qismlaning maxsus nomlari ham uchraydi. Jumladan, “Miskin” cholg‘u turkumining III kismi “Adoiy”, IV qismi “Asiriy”, “Nasnrllo”ning II qismi “Chavandoz”, III qismi “Qashqarcha”, IV qismi “Tarona”, V qismi “Ufar” deb nomlanadi
  • Toshkent musiqa uslubiga xos yo‘llar ashulla, katta ashulla janrlarining xususiyatlari o‘z aksini topgan. Bu holat ularning musiqiy tili xalqchil va nisbatan ommaviy ekanligi, xalq orasida mashhur bo‘lishi sabablaridan biridir. Farg‘ona-Toshkent maqom ijrochilari mazkur an’anani odatda mashhur ustozlardan o‘rganishgan. Shu tarzda bu maqomlarni bizga yetkazib bergan taniqli talqinchilar qatorida Abduqodir naychi, Ahmadjon qo‘shnay, A.Yusupov (surnay), Shobarot (tanburchi), A.Abdullayev (tanbur), M. Najmiddinov (dutor, tanbur), K.Jabborov (g‘ijjak, dutor), S.Kalonov (nay), Faxriddin Sodiqov (chang, dutor), S.Toshmatov (g‘ijjak), T.Alimarov (tanbur, dutor), hofizlar - Sh.Shoumarov, To‘ychi hofiz, Shojalil hofiz, Ilhom hofiz, Sodirxon hofiz, Rajabiylar, Rasulqori Mamadaliyev kabi ustoz san’atkorlaning xizmatlari katta. Bastakorlardan T. Jalilov, O.Hotamov, F.Mamadaliyev, so‘nggi yillarda A.Ismoilovlar Farg‘ona-Toshkent maqom an’analarida turkumli va alohida ijro etiluvchi asarlar yaratishgan. Maqomlari ijro etishga ixtisoslashgan xonanda va sozandalar guruhi. Ularning ijro dastularidan asosan maqomlar, shuningdek, o‘zbek bastakorlarining kuy va ashullalari, xalq musiqasi na’munalari o‘rin oladi. XX asrning boshlariga qadar maqomlarni Buxoro, Samarqand, Xiva, Qo‘qon, Toshkent va h. Yirik shaharlarda xususan saroy sharoitida faoliyat kursatgan

Download 73.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling