Mavzu: O’rta Osiyo davlatlarining tabiiy boyliklari va unga ko’ra jaxonda tutgan o’rni Reja
Download 32.97 Kb.
|
5 o\'rta osiyo boyliklari
Mavzu: O’rta Osiyo davlatlarining tabiiy boyliklari va unga ko’ra jaxonda tutgan o’rni Reja: O’rta Osiyo haqida umumiy ma’lumot O’rta Osiyo davlatlarining tabiiy boyliklari O’rta Osiyo davlatlarining jaxonda tutgan o’rni Oʻrta Osiyo — Yevrosiyo materigining oʻrta qismida, gʻarbda Kaspiy dengizi qirg'oqlaridan sharqda Xitoy chegarasigacha, shimolida Gʻarbiy Sibir tekisligidan, janubida Nishopur, Safedkoʻh va Hindukush togʻlarigacha choʻzilgan yirik tabiiy geografik oʻlka. U materik ichkarisida, Atlantika okeanidan 4 ming km, Shimoliy Muz okeanidan 2,5 ming km, Tinch okeanidan 5,5 ming km va Hind okeanidan 1 ming km ga yaqin masofada joylashgan, suvlari okeanlarga chiqib keta olmaydigan berk havzadan iborat. Oʻrta Osiyo hududi oʻrta asrlarda, Turon arab manbalarida Movarounnahr, 19-asrning 2-yarmi va 20-asr boshlarida (1924—25 yillarda oʻtkazilgan milliy davlat chegaralanishigacha) Turkiston deb atalgan, keyinchalik Oʻrta Osiyo deb ataladigan boʻldi. Oʻrta Osiyo: Joʻgʻrofiy maʼnoda Markaziy Osiyoning SSSR tarkibiga kirgan qismi. Unga Ustyurt platosi, Turon pasttekisligi, Toʻrgʻay platosi, Qozogʻiston va qisman Kopetdogʻ, Pomir, Tyan-Shan togʻlari kiradi. Siyosiy-maʼmuriy maʼnoda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston (baʼzida Qozogʻiston ham qoʻshiladi) davlatlari maydoni. O`rta Osiyo tabiiy geografik o`lka. O`rta Osiyo berk havza bo`lib, Yevrosiyo materigining deyarli qoq o`rtasida joylashgan. O`lkaning chegarasi juda murakkab. Shuning uchun ham turli tadqiqotchilar uning chegaralari va umumiy maydonini turlicha belgilaydilar. Jumladan N.L. Korjenevskiy bo`yicha O`rta Osiyoning maydoni 2 mln, 213 ming km2 bo`lsa, I.S.Shukenda 2 mln 400 ming km2 , A.I.Kaminskiyda 2 mln 500 ming km2 M.V.Qoriyev bo`yicha 2 mln 687 ming km2 dir. Bu albatta olimlarning o`lkaning shimoliy , janubiy , sharqiy va g`arbiy chekka nuqtalarini qayerdan olishliklari bilan bog`liqdir. Ba`zi bir olimlar O`rta Osiyoning geografik o`rnini belgilashda 4 ta sobiq Ittifoqdosh Respublika;larning hududini e`tirof etishadilar. Hozirgi kunda O`rta Osiyo tabiiy geografik o`lkasining chegaralari ko`pchilik tomoniodan ma`qullangan va o`quv adabiyotlarida aniq berilgan. O`lkaning eng shimoliy nuqtasi 38,8 gradus shimoliy kenglikda , Ayritov yaqinida, bo`lgan Safedkux tog` tizmasi bilan Nishopur tog`lari tutashgan joyda – Xarerud vodiysida (340 shimoliy kenglik) g`arbiy nuqtasi Kaspiy dengizining Mang`ishloq yarim orolidagi Tupqarag`ay burnida (50,3 sharqiy uzunlik) va sharqiy nuqatasi Savir tog`larining etagidagi Qora Irtish daryosi vodiysida (85,6 sharqiy uzunlik) jopylashgan. Shimoldan janubga 2200 km va sharqdan g`arbga 2750 km ga yaqin masofaga cho`zilgan. Uning umumiy maydoni 3300000 kv. km atrofida (I.A.Hasanov, P.N.G`ulomov, T-2002). Agarda O`rta Osiyoning tabiiy geografik o`lka sifatida olinsa, uning hududida 4 ta Respublika (O`zbekiston ,Turkmaniston, Qirg`iziston, Tojikiston) to`liq joylashgan. Qozog`iston Respublikasining ma`lum qismi shu tabiiy – geografik o`lkadir. Iqtisodiy geografik nuqtai nazardan 5 ta Respublikani umumiy holda O`rta osiyo mamlakatlari deb bo`lmaydi, shuning uchun ham Sobiq Ittifoq davrida O`rta Osiyo va Qozog`iston Respublikalari deb nomlanar edi. Istiqlol sharofati bilan Mustaqil Respublikalar tarixiy aloqalarni qayta tiklashga o`tdilar. Ona zaminni, tabiiy sharoiti, uzoq tarixi, kelib chiqishi, dini, urf- odatlari , an`analari, maqsadlari rivojlanish imkoniyatlari, muommolari bir bo`lgan qozoq, o`zbek, qirg`iz, tojik, turkman, qaraqalpoq va boshqa halqlar yangi hayot qurishda va o`zaro hamkorlik qilishga kirishdilar. Respublika raxbarlarining 1993- yil Toshkent va Ashqabotda bo`lib o`tgan yig`ilishida Prezidentimiz I.A.Karimov Respublika nomlarini e`tirof etgan holda ularni umumlashtirib, “Markaziy Osiyo Davlatlari” deb yurutilishini taklif etdi va bunga barcha raxbarlar rozilik bildirdilar. Haqiqatdan ham ushbu zamindagi davlatlarni Markaziy Osiyo davlatlari deb nomlanishi ham iqtisodiy va ijtimoiy, ham tarixiy va siyosiy -ma`muriy jihatdan to`g`ri va asoslidir. (Biroq Markaziy Osiyo deganda Osiyodagi tabiiy- geografik o`lkani tushunmaslik kerak). Shu jihatdan olgan holda, Markaziy Osiyo davlatlari atamasi hozirgi kunga kelib ko`pchilik tomonidan qo`llab quvvatlandi va ushbu nom ham fanga va siyosatga kirib bormoqda. Shuni e`tiborga olganda o`quv rejasiga kiritilgan . O`rta Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy va siyosiy geografiyasi kursining nomini “Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy va siyosiy geografiyasi” deb atalishini maqsadga muvofiq va asosli deb o`ylaymiz. Markaziy Osiyo hududida 5 ta Mustaqil Respublikalar joylashgan bo’lib, ular quyidagiolardir: Qozog`iston Respublikasi Respublika Markaziy Osiyoning shimolida joylashgan bo’lib, shimolda Rossiya Federasiyasi, janub va janubi –g`arbdan Qirg`iziston , O`zbekiston Respublikalari va Turkmaniston bilan sharq va janubi- sharqda Xitoy Xalq Respublikasi bilan chegaradosh. Uning maydoni 2,7 mln.kv.km, aholisi 16,5 mln kishi. U maydoni va aholisining umumiy soni bo`yicha MDH davlatlari orasida 2 va 4, hamda MO mamlakatlari orasida 1 va 2- o`rinda turadi. Tojikiston Respublikasi Mamlakat Markaziy Osiyoning janubi- sharqida joylashgan bo`lib, u shimol va g`arbda O`zbekiston, shimol va shimoli- sharqda Qirg`iziston, sharqda Xitoy, janubda Afg`oniston bilan chegaradosh. Maydoni 143,1 ming kv,km, aholisi 6,0 mln kishi. MO davlatlari orasida maydoni bo`yicha 5-, aholisi bo`yicha 3- o`rinda turadi. Turkmaniston. U Markaziy Osiyoning janubi, janubi- g`arbida joylashgan.Mamlakat shimol, shimoli sharq va sharqdan O`zbekiston, shimoldan Qozog`iston, janubdan Afg`oniston va Eron bilan chegaradosh. Turkmanistonning g`arbiy chegarasi Kaspiy dengizi bilan tutash. Xududining maydoni 488,1 ming kv,km, aholisi 4,8 mln kishi. (1997) Markaziy Osiyo Respublikalari ichida maydoni bo`yicha 2- , aholisi bo`yicha 4- o`rinda turadi. Qirg`iziston Respublikasi. Resppublika MO ning sharqida (o`rta qismida) joylashgan bo`lib u shimol va shimoli-g`arbdan Qozog`iston, g`arb va janubiy g`arbdan O`zbekiston, janubdan Tojikiston, sharqdan- Xitoy Xalq Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 198,5 ming kv.km, aholisi 4,6 mln kishi (1997-yil. Markaziy Osiyo Respubliklalari orasida maydoni jihatdan 4-, aholi soni jihatdan 5- o`rinda turadi. O`zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoning Markaziy qismida, Amudaryo va Sirdaryo kabi yirik daryolar oralig`ida (katta qismi) joylashgan bo`lib, shimoli va shimoli- g`arbda Qozog`iston, sharq va janubi- sharqda Qirg`iziston va Tojikiston, janubi va janubi- g`arbda Afg`oniston va Turkmaniston bilan chegaradosh. Umumiy maydoni 448,9 ming kv.km, aholisi 25,1 mln kishi (1 yanvar 2002). Markaziy Osiyo davlatlari ichida maydoni va aholisining soni bo`yicha 3 va 1- o`rinda turadi. Oʻlkaning gʻarbiy chegarasi Elburs togʻining 54° 15’ shq.u. qismidan boshlanib, Kaspiy dengizining sharqiy qirgʻogʻi orqali Mangʻishloq qoʻltigʻigacha, undan Ustyurtning shimoli-gʻarbiy chinki boʻylab, Doʻngʻiztov, Chogʻray platosi, Choʻchqa va Mugʻojar togʻlari sharqiy etagi orqali oʻtib, 58° shq.u. va 48° shahrik.ga borgandan keyin shimoliga buriladi va Jetigʻara shahri gacha, undan keyin Qoʻstanay shahri orqali Ayritovgacha boradi. Soʻngra Qozogʻiston past togʻlarining shimoliy chegarasi boʻylab sharq va janubiy sharq tomon davom etib, Qozogʻiston — XXR chegarasiga tutashadi. Sharqiy chegara esa Savr, Sharqiy Jungʻariya, Jungʻariya, Boroxoro, Iren — Xabirga, Qarat, Holiqtogʻ tizmalari suvayirgʻichlari, Xontangri togʻ tuguni, Qaqshal, Otboshi tizmalari suvayirgʻichlari orqali oʻtib, Fargʻona tizmasiga kelib tutashadi, soʻngra Olay tizmasining sharqiy chekkasi va Sariqoʻl tizmasi suvayirgʻichi boʻylab oʻtib, Hindukush togʻlariga tutashadi. Bu yerda, Muztogʻdan boshlab gʻarbga tomon janubiy chegara boshlanadi va Hindukush, Safedkoʻh, Nishopur tizmalari suvayirgʻichlari boʻylab oʻtib, Elburs togʻi orqali Kaspiy dengizining janubi-sharqiy chekka sohiliga kelib tutashadi. Oʻrta Osiyo yirik geosistema sifatida (maydoni 3300 ming km²chamasida) Qozogʻistonning kattagina qismini, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, qisman Xitoy hududlari, hamda Afgʻoniston va Eronning Amudaryo havzasiga qarashli qismini oʻz ichiga oladi. Oʻrta Osiyoning qoʻshni tabiiy oʻlkalaridan farqlantirib turuvchi oʻziga xos bir qancha belgilari mavjud. Bular: 1) Yevrosiyo materigida tutgan oʻrnining oʻziga xosligi, yaʼni materikning ichkarisida, okeanlardan uzoqdan joylashganligi; 2) oʻlkaning berk havzadan iborat ekanligi, yaʼni bu yerda shakllangan asosiy oqimning tashqi dengiz, okeanlarga chiqib keta olmasligi va oʻlkaning eroziya bazisi hisoblangan Kaspiy, Orol, Balxash, Issiqkoʻl kabi ichki havzalarga quyilishi; 3) Yer yuzasining oʻziga xosligi, yaʼni oʻlkaning shim., shimoli-gʻarbiy katta qismi tekisliklardan, sharqiy va janubiy qismi togʻliklardan iboratligi; 4) tabiiy sharoitida ichki tafovutlarning kattaligi, yaʼni tabiatining barcha komponentlari oʻlkaning turli qismlarida keskin farq qilishi; 5) oʻziga xos gorizontal tabiiy zonalarning mavjudligi va ularga mos balandlik mintaqalarining rivojlanganligidir. Bu oʻlkada oʻsimliksiz koʻchma qumlar, oʻtish qiyin boʻlgan chakalakzor oʻrmonlar, ekinzor va bogʻlardan iborat vohalarni koʻrish mumkin; 6) ekologik sharoitiga koʻra ham berk oʻlka, bu tabiatdan foydalanishda ehtiyotkorlikni talab etadi. Oʻrta Osiyoning tabiati, xoʻjaligi, shaharlari, xalqlariga oid dastlabki geografik maʼlumotlar Gerodot (miloddan avvalgi 5-asr), KvIn-t Kursiy Ruf, Strabon (miloddan avvalgi 2-asr) kabi Yunoniston, shuningdek, Xitoy olimlarining asarlarida uchraydi. Bu maʼlumotlar birmuncha cheklangan, baʼzan chala va xatoliklari boʻlsa ham, keyingi, yaʼni oʻrta asrlardagi geografik bilimlarga zamin boʻlib xizmat qildi. Oʻrta Osiyo haqidagi geografik bilimlar 9—12-asrlarda keng rivojlandi. Bunda Muhammad Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Ahmad asSaraxsiy (9-asr), Jayhoniy, Abu Zayd Balxiy (10-asr), Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Mahmud Koshgʻariy (11-asr), AlXarakiy, Abulqosim Zamaxshariy, Saʼmoniy va boshqalar mahalliy olimlarning xizmatlari katta boʻldi. „Hudud ulolam“ (10-asr) mashhur asari ham shu davrda yozildi. Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasiga oid maʼlumotlar 9—12-asrlarda yashagan sayyoh olimlar Ibn Xurdodbeh, Ibn alFaqih, Ibn Rusta, alMuqaddasiy, alMasʼudiy, Ibn Fadlon, Istaxriy, Ibn Havqal kabilarning asarlarida ham uchraydi. Oʻrta Osiyo ga oid geografik bilimlar 13—17-asrlarda ham, oʻlkadagi ijtimoiy-siyosiy holatlarga bogʻliq holda, goh sust, goh jadal surʼatlar bilan rivojlanib bordi. Bunda mahalliy tabiatshunos olimlar, sayyoxdarning asarlari, sayohatnomalari ahamiyatli boʻldi. Muhammad Avfiy (13-asr), Faxriddin Banokatiy (14-asr), Hofizi Abru (14—15-asrlar), Mirzo Ulugʻbek, Gʻiyosiddin Naqqosh, Abdurazzoq Samarqandiy (15asr), Zahiriddin Muhammad Bobur (16asr), Muhammad Haydar Mirzo (16-asr), Mahmud ibn Vali (17-asr) asarlari shular jumlasidandir. Bu davrlarga oid manbalar ichida chet ellik sayyohlar Plano Karpini (13-asr), Marko Polo (13 — 14 a.lar), Ibn Battuta (14-asr), alUmariy (14-asr), Klavixo (15-asr)larning sayohatnomalari ham bor. Ushbu asarlarning ayrimlari tarixiymemuar yoʻnalishida boʻlsa ham, geografik gʻoya va umumlashmalarga boy, xaritagrafik maʼlumotlari esa koʻlamli va mazmunli boʻlgan. Oʻrta Osiyo tabiatini oʻrganish tarixidagi muhim bosqichlardan biri 18—19-asrlarga toʻgʻri keladi. Bu davrda rus sayyohlari, diplomatlari va tabiatshunos olimlari tomonidan Oʻrta Osiyoga boʻlgan qiziqish jadallashdi. Koʻplab ekspeditsiyalar uyushtirildi (mas, Saymonov, G.I. Karelin, A.I. Butakov ekspeditsiyalari). Filipp Yefremov, Burnashev, Filipp Nazarov sayohatlari natijasida ham oʻlka haqida birmuncha geografik maʼlumotlar toʻplandi.^ 19-asrning 50-yillaridan boshlab esa Oʻrta Osiyo geografik jihatdan jadal surʼatda oʻrganila boshladi. P.P. SemyonovTyanshanskiy, N.A. Seversov, A.P. Fedchenko, N.A. Zarudniy, I.V.Mushketov, V.N.Oshanin, V.A.Obruchev kabi tabiatshunos olimlar tomonidan oʻlka tabiati haqida koʻp maʼlumotlar yigʻildi, tabiiy geografiyaga oid muhim qonuniyatlar aniqlandi. 20-asrning 1-yarmida Oʻrta Osiyo tabiatini, tabiiy resurslarini tadqiq qilish surʼati yanada ortdi, oʻrganish koʻlami kengaydi. Oʻlkaning tabiati bir butun holida ham, alohida komponentlari boʻyicha ham chuqur oʻrganila boshladi. Bu borada N.L.Korjenevskiy, D.V.Nalivkin, S.S.Shults, R.I.Abolin, Yu.A. Skvorsov, Ye.P.Korovin, D.N.Kashkarov, V.M.Chetirkin, I.A.Raykova, Q.Z.Zokirov va boshqalar bir qancha ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʻlgan asarlar yaratdilar. 2012-yillik Yalpi Ichki mahsulot oʻsishi 20-asrning 2-yarmida ham oʻlka tabiatini kompleks oʻrganish boʻyicha ishlarning borishi samarali boʻldi. Koʻplab monografik asarlar yaratildi. Ularda Oʻrta Osiyo tabiatini chuqur tahlil qilish bilan bir vaqtda landshaftlarni xaritaga tushirish, tabiiy geografik rayonlashtirish, tabiiy geografik komplekslarni baholash taraqqiyotini bashoratlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilish masalalariga ham katta eʼtibor berilgan. Bunda geograf olimlar L.N.Babushkin, N.A.Kogay, N.D.Dolimov, M.Qoriyev, H.H.Hasanov, Z.M.Akromov, A.A.Rafiqov va boshqalarning hissalari bor. Download 32.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling