Mavzu: O’rta osiyo ellinizm davri sanati. Varaxsha (buxoro), Afrosiyob (Samarqand), Bolaliktepa(Surxondaryo) devoriy suratlari
VARAXSHA (BUXORO), AFROSIYOB (SAMARQAND), BOLALIKTEPA(SURXONDARYO) DEVORIY SURATLARI
Download 1.16 Mb.
|
ellinistik davr kurs ishi
3.VARAXSHA (BUXORO), AFROSIYOB (SAMARQAND), BOLALIKTEPA(SURXONDARYO) DEVORIY SURATLARI.
Varaxsha — qadimiy shaharharobasi. Buxorodan40 km shimoliy-gʻarbda, Dashti Urganji koʻliningqadimiy Rajfandun vohasidajoylashgan. Varaxsha maydoni 9 gava balandligi 10— 20 metrli ulkan tepa shaklida saqlangan. Varaxsha va uning atrofida V. A. Shishkin(1937-39, 1947-54) keng koʻlamda arxeologik tadqiqotlar olib borgan; A. Muhammadjonov(1975—77), O. V. Obelchenko (1977—79), G. V. Shishkina (1987—90) ham Varaxshaning ayrim qismlarida qazishmalar olib borishgan. Arxeologik qazishmalardan maʼlum boʻlishicha, Varaxsha mil. av. 2-asrda bir-biriga tutashgan bir nechta istehkomliqishloqlartarzida qad koʻtargan. Varaxsha harobalarining shimoliy gʻarbida qadimiy qoʻrgʻonlardanbirining tashqi devori hamda yarim doira shakldagi ichki sahni 4,5×5 metrli burjikavlab oʻrganilgan. Devorning qalinligi 1,8—1,9 m va hajmi 37×41×10 sm boʻlib xom gʻishtdanqurilgan. Devor va burjlarida ichki tomoni 38—40 sm, tashqarisi 75—80 sm, kengligi 20—22 sm boʻlgan paykonsimonnishon tuynuklari ochilgan. Mil. av. 2—1-asrlarda va mil. 1—2 asrlarda Varaxsha va uning atrofida madaniy hayot gullagan. 3—4-asrlarda Varaxsha tanazzulga uchragan. 5-asrda Varaxsha yana tiklanib Buxoroning qadimiy hukmdorlari — buxorxudotlarnintg qarorgohiga aylangan. Shu davrda Varaxsha mustahkam devor bilan oʻralgan, uning janubiy qismida arkqurilgan. 8—10asrlarda ayniqsa obod boʻlgan. Varaxsha va uning atroflari 12 kanal bilan sugʻorilib, Rajfandun vohasidagi eng yirik va markaziy qalʼalardan biriga aylangan. Buxoro va Xorazmoraligʻidagi karvonyoʻli Varaxsha orqali oʻtgan. Har oʻn besh kunda Varaxshada bir kunlik, yil oxirida 20 kunlik bozor sayli (navroʻzi kasho varzon, yaʼni dehqonlar yangi yili) oʻtkazilgan. Buxorxudotlarqarorgohi qilinishi bilan Varaxsha yirik shaharga aylangan. 11—12-asrlarda uning hududi eniga 6 km dan ziyod boʻlgan. 12-asrda Varaxsha vohasidagi hayot toʻsatdan nomaʼlum sabablarga koʻra toʻxtab qolgan. Meʼmorligi va sanʼati.1949—54 yillarda Varaxsha tarixiva meʼmorligioʻrganildi. Kvadrat shakldagi yirik xom gʻishtlardan qoʻshminora tarzida oʻrab chiqilgan balandligi 15 m boʻlgan tagkursilarning biriga podsho saroyi va ikkinchisiga soqchixonali darvozaxonabino qilingan. Arkning sharqiy qismida tomi ravoqsimongumbaztarzida yopilgan uzun yoʻlaksimon(navkarxona va darvozaxona) xonalar mavjud boʻlgan. Arkning markazida janub tomoni mudofaadevorigayondoshgan Varaxsha hukmdorining saroyi joylashgan. U Sharqiy(11,5×17 m) va Gʻarbiy(6,6×7,25 m) mehmonxonahamda Qizil xona (zal) (8,5×12 m) lardan iborat boʻlgan. Saroy gʻarb tomonidan 3 ravoqli ganchkori ustunlar oʻrnatilgan hashamatli peshayvon bilan oʻralgan. Ayvon ravoqlarining ustunlariva toqilariganchkoriqabartma tasvirlarhamda turli xil girixlar bilan bezatilgan. Saroyning Kizil xona va Sharqiy mehmonxonalari toʻla kavlab ochilgan. Xona devorlari mayda somonli loysuvoq ustidan yupqa ganch suvoq qilinib, devoriyrasmlarqizil, sariq, kulrang, qora, zangori, pushti va jigarrang boʻyoqlarbilan bezatilgan. Ularda turli xil manzaralar,filmingan shahzodava chokarlarningold va ortdan chovut solgan qoplonlarbilan olishuvi; qayrilib nishongakamondanoʻquzayotgan otustidagi chavandoz, qanotli tuyashaklidagi oltintaxtdaoʻtirgan hukmdor tasvirlangan. Arxeologik topilmalardan aniqlanishicha, janubiy xonalarning ikkinchi qavatidagi xona ganchkori naqshlarbilan bezatilgan ekan. Koʻplab topilgan qabartma ganchkori naqshlar orasida hovuzda suzib yurgan baliqlar,yelkasidanoʻq yegan arhar, yelib borayotgan jayran, bedanalar, ayolboshli baxtqushi— Humo, hamlaga tayyorlanayotgan ajdarho, taqimiga sadoq bogʻlagan suvoriy hamda koʻpdan-koʻp ayollarning bosh qismlari bilan bir qatorda turli xil islimiyva girihparchalari uchraydi Varaxsha saroyi xonalarining birida taxtda o‘tirgan shohning qabul marosimi aks ettirilgan rangli devor saqlanib qolgan. Boshqa xonada fil mingan jangchi tasvirlangan. Ular o‘z qurollari yordamida yo‘lbars, qoplon va boshqa noma’lum afsonaviy hayvonlarni halok qilishmoqda. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda shahar hunarmandchiligi keng tarmoq otib rivojlanishda davom etdi. Samarqand, Buxoro, Poykent va boshqa shaharlar yirik savdo-sotiq markazlari sifatidagi o’rnini saqlab qoldi. Hatto Shosh-Iloq vohasidagi shaharlar juda jadal rivojlanish yo’liga tushib oldi. Bu shaharlarda hunarmandchilikning kulolchilik, shishasozlik, metallurgiya, to’qimachilik sohalari yuksak professional darajada rivojlanib ular ko’p hollarda tashqi savdo uchun mahsulot chiqarar edilar.Buxoro Markaziy Osiyoning eng kuxna shaxarlaridan biridir. Bugungi kunda dunyodagi ming-minglab sayyohlarning e’tiborini uziga jalb etayotgan Sharkning ana shu afsonaviy shaxrida saqlanib qolgan me’moriy obidalarning aksari qismi olis moziyning bizga nisbatan yakinrok, boskichi – uyg’onish davrida bunyod etilgan. Lekin O’zbekiston Fanlar akademiyasi olimlari olib borgan me’morlik kazilmalaridan ma’lum buldiki, bu obidalarning ostida “madaniy chukindilar”ning boy katlamlari bor ekan Afrosiyob — Samarqandning qadimgi xarobasi. Bu nom tarixiy manbalarda qadimgi Samarqandga nisbatan faqat 17-asrdan boshlab uchraydi. QadimgiSamarqandsugʻd manbalaridaSmarakanvedeb atalgan. Mil. av. 4-asrda Samarqand Aleksandr Maqsuniy qoʻshinlari tomonidan istilo etilgach, yunon mualliflari kundaliklaridaMaroqandasifatida eslatiladi. Maroqanda Smarakanve ning yunoncha tarjimasi. Movarounnahrda somoniylar hokimiyat tepasiga kelgach, qadimgi Smarakanve 9-asrdan boshlab Samarqand deb atala boshlandi. 11 -15-asrlarda turkiy tilda bitilgan adabiyotlarda Samarqand Semizkent sifatida uchraydi. 15 -asrdan forsiy va turkiy tillardagi manbalarda bir xilda Samarqand nomi ishlatiladigan boʻldi. Afrosiyob hozirgi Samarqandning shim chegarasiga tutashgan keng boʻsh tepaliklar boʻlib, uning maydoni 219 ga. Siyob arigʻi bilan chegaralangan. Jan. tomondan „eski shahar“ deb atalgan Samarqandga qoʻshilib ketgan. Shaharning dastlabki tarixi haqida yozma manbalarda maʼlumotlar juda kam uchraydi. Koʻhna shaharda oʻtkazilgan arxeologik qazishlar esa bunday maʼlumotlarni koʻproq bermoqda. Afrosiyobda topilgan arxeologik materiallar Samarqand miloddan avvalgi 8—5-alarda Sugʻdiyonaning markaziy shahri sifatida vujudga kelganligini koʻrsatadi. Mil. av. 329 yilda shahar Aleksandr Maqduniy qoʻshinlari tomonidan vayron etilgan, uning izlari hozirgacha shahar mudofaa inshootlarida yaxshi saqlangan. Mil. av. 3 — 1-asrlarda,Kushonlarsaltanatidavrida shahar hayotida yuksalishlar yuz bergan. Ilk oʻrta asrlarda Samarqand Sugʻdiyonaning bosh shahri sifatida nufuzli mavqega ega boʻlib, shahar ijtimoiy va iqtisodiy hayotida tub oʻzgarishlar yuz berdi. Badavlat dehqon xoʻjaliklari kuchaydi, xuddi shu kezlarda ularning qasrlari joylashgan Afrosiyobning shim. qismi mudofaa devori bilan oʻrab olindi. Bu holat Movarounnaxr va unga qoʻshni viloyatlarda ham yuz berdi. Bu davrda Samarqand hukmdorlari„Ixshid“, Buxoro hukmdorlari esa„Buxorxudot“ deb atalgan. 1220 yilda Chingizxon qoʻshinlari „Juyi arziz“ toʻgʻonini buzib, shaharni suvsiz qoldirdi. Shahar mudofaachilari tengsiz jangda taslim boʻldilar. Bosqinchilar shaharning devor va darvozalarini vayron qilib saroy, masjid va madrasalarga, aholi xonadonlariga oʻt qoʻydilar. Aholining katta qismi jangda qirildi, hunarmandlar Moʻgʻulistonga haydab ketildi. Shaharni soʻnggi mudofaachilariJomemasjidigayashirinib, qarshilikni davom ettirdilar. Ularning olovda yongan tanalari jang kiyimida bizgacha etib kelib, arxeologik qazish vaqtida topildi. „Qoʻrgʻoshin ariq“ qayta tiklanmadi. Afrosiyobda suvsiz qolgan aholi Siyobdan charxpalakda suv chiqarib, kun kurgan, soʻng aholi bora-bora Ani butunlay tashlab ketgan. Kimsasiz xarobaga aylangan qadimgi Samarqand avvallari „Hisori koʻhna“,„QalʼaiHisor“ atalib, 17asrdan boshlab aholi orasida„QalʼaiAfrosiyob“ yoki „Afrosiyob“ deb atala boshlangan. Bolaliktepa - termizshohlar qalʼaqasri xarobasi(V-VI asrlarda). Termiz shahridan 30 km shimolda. Katta va kichik tepaliklardan iborat boʻlgani uchun shunday atalgan. Bolaliktepani sanʼatshunos arxeolog L. I.Albaum oʻrgangan (1953-55).Qalʼaqasr toʻrtburchak shakldagi paxsa poydevor (30×30×6m) ustiga xom gʻisht (50×30×10 sm) dan qurilgan boʻlib, 16 xonadan iborat (ulardan 11 tasi 5-asrda, 5 tasi 6-asrda bunyod etilgan). Tashqariga qaragan xonalarning devorlari nishon tuynukli. Eng katta xona oʻrtasiga xom gʻishtdan davra tarhli otashkada (diametri 1,2 m, bal. 60 sm) ishlangan.Undagi kul qoldiqlari ichidan kuygan bugʻdoy doni va oʻrik danaklari topilgan. Xonalardan sopol va shisha idishlar, turli musiqiy asbob boʻlaklari, naqshinkor chilim, taqinchoqlar qadalgan ipak kiyimlar parchasi,chordana qurib bola emizayotgan ayol tasviri tushirilgan shisha turunj (medalon), yogʻoch qoshiq va boshqa topilgan.Xonalardan birida devorlarida toʻy marosimi aks ettirilgan devoriy rasmlar topilgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida “Bolaliktepa” ko‘shki markaziy qismidan antiqa devoriy suratlar topilgan,—deydi arxeolog To‘xtash Annayev. Ushbu suratlar zalning supa sathidan boshlab to‘rt tarafini bezab turganligi aniqlangan. Ularda V-VII asrlarda zodagonlar va katta yer egalari qarorgohida bo‘lib o‘tadigan bazm jarayoni tasvirlangan bo‘lib, jami 47 nafar shaxs aks ettirilgan. 1953-1954 yillarda Surxondaryoda, Angor markazidan sharqiy tomonda qazib o’rganilgan Bolaliktepa qal‘asi eftalitlar davrining diqqatga sazovor yodgorliklaridan biridir. Ilk o’rta asrlarda yirik mulkdor istiqomat etgan ko’shk bo’lgan. Bolaliktepa baland poydevor ustiga qurilgan ikki qavatli bino bo’lib, markazida bir-biri bilan bog’liq uchta zal va uning atrofida yo’laksimon xonalar joylashgan. Undagi zallardan birini ilk o’rta asrlarga xos zamindorlar ko’shkidagi bazm jarayoni aks ettirilgan devoriy suratlar bezab turgan. Bolaliktepa devoriy suratlari nainki Toxariston, balki butun bir Markaziy Osiyo xalqlarining ilk o’rta asrlar davri mahobatli san’ati tarixini o’rganishda muhim manba hisoblanadi. XULOSA Makedoniyalik Iskandarning Sharqqa yurishlari vaqtidan boshlab, O’rtayer dengizining katta qismi Misr, Kichik va Old Osiyo, uning atrofidagi hududlar, O’rta Osiyoning janubiy va markaziy Osiyoning bir qismi, Hind daryosining quyi oqimigacha ularning tarixiy taraqqiyotini yangi Ellin davri boshlandi. “Ellin” tushunchasi tarix fanida birinchi marta XIX asrning birinchi yarmida nemis olimi I.Droyzen tomonidan kiritildi. Droyzen bu tushunchani makedoniyalik Iskandarning bosqinchilik yurishlaridan keyingi katta tarixiy davrga nisbatan qo’lladi va uni mazmunini madaniy soha bilan chekladi. XX asrning 50-yillar boshlaridan ko’pchilik tarixchilar Elliniz davrini siyosiy-iqtisodiy, madaniy-mafkuraviy sohalarda Ellin (g’arb) va mahalliy (sharq) hayotining sintezi deb qabul qildilar. Bu sintez qadimgi Sharqning ko’pgina hududlarini yunon-makedon istilolari oqibatida aniq tarixiy vaziyatda amalga oshdi. O’rta dengiz sharqidagi ellin davlatlarining eramizdan avvalgi XII – I asr tarixi davrida bu davlatlarning iqtisodiy-siyosiy rivojlanishining o’ziga xos tomonlari bo’lgan. Ana shunday o’ziga xos tomonlariga ega bo’lgan ellin davlatlarida xalk ommasi iqtisodiy majburiyatlarsiz, to’g`ridan-to’g`ri davlat hokimiyati ya`ni podshoga qaram qilingan. eng ko’p qaram qilingan gurux - bu dexqon jamoalari bo’lib, ular podsho (davlat) xazinasiga yer solig’i yoki jon solig’i tarzida soliq to’lab turganlar. Yunon-makedonlar kelishi arafasida Misrning iqtisodiyoti so’ngi tosh davri ibtidoiy texnikasi darajasida bo’lib, faqatgina qisman takomillashtirilgan mis va bronza qurollariga asoslangan edi. Yunon-makedonlar kelishi bilan mamlakat xo’jaligida haqiqiy to’ntarish bo’ldi: qishloq xo’jaligida temir mehnat qurollari paydo bo’ldi, Bobildan seyalka olib kellindi. Qishloq xo’jaligida yangi texnik moslamalar vino va zaytun yog’ini olish uchun vintli pres (Arximed vinti)dan foydalana boshlanishi dehqonlarni mehnatini yengillashtirdi. Ptolemeylar Misri, Salavkiylar davlati bilan bir qatorda Makedoniya ellin dunyosining katta davlatlaridan biri edi. Diadoxlar urushlaridan so’ng Makedoniya 52 tushkunlik holatida edi. Aholini katta qismi Iskandar yurishlari davrida sharqqa ko’chgan edi. Antigonidlar olib borgan doimiy urushlar shimoldagi varvar qabilalarini xavfi makedon iqtisodi va davlatini zaiflashtirdi. Ellin madaniyati yunonlar va Sharq xalqlarining madaniy yutuqlarining qo’shilib ketishi natijasida shakllandi. Ellin dunyosining ma’naviy shakllanishiga davlatlarning ulkan hajmlari cheklanmagan podsho hokimligining mavjudligi, shaharlarning amaldagi mustaqilligini yo’qolishi o’z ta’sirini o’tkazdi. Bu davrda fan va texnika notekis rivojlandi. Davlat hokimiyati manfaatdor bo’lgan harbiy ish, kemasozlik, shaharlarni qamal qilish texnikasi va qurilish sohalarida eng katta yutuqlarga erishildi. Ellinizm davrida yunon dunyosi sharq diniy tasavvurlarni qabul qila boshladi. Misrda Kichik Osiyo xudosi Serapisga sig’inish avj oldi. Misr mabudasi Isidani yunonlar Demetra sifatida qabul qildilar. Pergamda Frigiya ma’budasi (Kibela – yerni onasi) bosh xudo sifatida qabul mqilina boshlandi. Ellinlashgan sharq ilohlarining barchasi mistik va ekstatik edi. Yahudiy dini keng tarqala boshlandi. Shaq va Yunon ma’daniyatini o’zaro ta’sirida Bobil va Misrda tarixshunoslikning rivoji ko’zga tashlanadi. Er.avv. III asrning I yarmida bobillik kohin Beroesning “Xaldeya tarixi” va misrlik kohin Manefonning “Misr tarixi” nomli asarlari yaratildi. Har ikkala asar ham yunon tilida bo’lsada, maxalliy manbalar aosida yozilgan edi. Ellin davrida adabiyot, me`morchilik, haykaltaroshlik, rassomchilik rivojlanib borgan. Bu davr san`atining o’ziga xos xususiyatlaridan biri, yunon madaniyati va mahalliy san`at an`analarining uyg’unlashuvi, bir-birini o’zaro boyitish natijasida juda ajoyib an`analarga ega bo’lagan ellin san`atining vujudga kelganligi bo’lgan. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling