Mavzu: O`rta osiyo o`simliklarstrreplA


TO`G`LI O`LKALARNING O`SIMLIKLARI


Download 23.85 Kb.
bet2/3
Sana03.02.2023
Hajmi23.85 Kb.
#1148395
1   2   3
Bog'liq
Shirinim Orta osiyo

3. TO`G`LI O`LKALARNING O`SIMLIKLARI

O'rta Osiyo tog'li o'lkalari alohida floristik va zoogeografik oblastni tashkil etadi. Bu yerga qadimgi Hindiston-Himolay, O`rta dengiz-Afrika, dast-cho`li Mo'g'uliston, Markaziy Osiyo yassi tog'ligi va Yevroosiyo o'simlik va hayvonlarining vakillari turli davrda turli yo'llar bilan kirib kelgan. O'simlik va hayvonot dunyosining tarkibi ham o`ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyat shundan iboratki, Turkiston tog`li o'lkasi javdar, no`xat kabi ekinlarning markazi bo'lgan, tog'lardagi yovvoyi olma, o'rik, olcha, tog`olcha, bodom, pista, tok va boshqa meva daraxtlaridan bu yerda bog`lar vujudga keltirilgan, ular keyinchalik butun dunyoga tarqatilgan.


Tog cho'l mintaqasi-(300-500m) tog etaklaridagi adirlarni, yoyilma konuslari va daryo terrasalarini ishg'ol etgan.Bu mintaqaning o`simliklari, tog` oldi bo'z tuproqli dashtlaming o'simligi singari asosan efemerlardan iborat bahorda hammadan ilgari ko'karadigan qorabosh va qo'ng'irbosh orasida chuchmoma, lola, gulsafsar va boshqa piyoz ildizlilar rang-barang bo`lib gullab yotadi. Eng so`ng ayiqtovon, lolaqizg'aldoq, turli astragallar gullaydi. Bu paytda o`simlik nihoyatda zich o'sadi, har bir kv.m. ga taxminan bir necha ming tupdan (masalan, qorabosh 2340 tupdan) to`g`ri keladi. Cho'l mintaqasining daryo o'zanlari qalin to`qaylar, terakzor, Jiydazor va yulg'unzorlar bilan qoplangan. Bu mintaqa bahorgi va yozgi yaylovlar hisoblanadi. Obikor yerlarda paxtachilik va bog'dorchilik rivojlangan.


Tog chala cho`l-(500-1500m) mintaqasida yog`in cho'ldagidan bir oz ko`proq yog'adi, shuning uchun unda o'simlik zichroq o'sadi, lekin yer yuzasini sidirg`asiga qoplay olmaydi. Bu mintaqaning asosiy o'simliklari Kopetdog'da,Turkiston, Zarafshon va Hisor tog'larida, Tojikistonning Janubi-g'arbidagi Darvoz,Safedkuh, Hazratishox, Mozor, Ko`hitang, Alp tog tizmalarida, Farg'ona vodiysi atrofidagi tog'larda, Qirg'iziston va Talas tizmalarida, Toshkent va Chimkent yaqinidagi tizmalarda o'sadigan chala cho'l tipidagi turli o'tlar va bug'doyiqdan iborat. Mintaqada efemerlar ham oz emas, biroq shuvoq uchramaydi. Uning o`rniga boshoqli dag'al o`simlik-bug'doyiq o`sadi. Bug'doyiqning ildiz tanachalari bo'lib, bo'yi 40-50 sm, Ildizi yo'g'ondir. Boshoqlilardan taktak (yovvoyi arpa)ham uchraydi: uning bo`yi bir metrga yetadi. Bu mintaqada yarongul, tuberoza,liman sorgosi, jasmin, cho'l yalpizlari ham o'sadi.


Tog quruq dashtlar mintaqasi (1200-1500m dan 2200-3000 m gacha) Kopetdog'dan Torbo'g'atoy tog'lari qadar bo`lgan barcha tog`larda uchraydi. Boshoqlilar ko'p o'sadigan bu mintaqani chalov betaga dashtlari deyish mumkin. Chalov betaga orasida chaloyning boshqa turlari, tikanli bodom, na`matak kabi butalar uchraydi. Toshloq yerlarda esa shuvoq oralarida ebalak va izen o`sadi. Tog chala cho'l va tog quruq dashtlar mintaqasining janubida Kopetdog dan to Issiqko'lning g'arbiga qadar bo`lgan yerlarda yovvoyi pistazor va bodom zorlar bor. Farg'onada, Janubiy Tojikistonda va ayniqsa Kushka atrofida pistazorlar ko'p. Kushka va Eron bilan Afg`onistonning Kushka yaqinidagi yerlari pistaning haqiqiy makonidir. Tog' quruq dasht mintaqasida yovvoyi anor va boshqa mavali o'simliklar ham bor. Bu mintaqada lalmikor yerlarida g`alla, paxta va beda ekiladi, tok va mevali bog`largina sug'oriladi.


O'rmon o'tlari dasht mintaqasi ancha balandda va yog'in eng ko'p yog'adigan zonadir, shuning uchun bu mintaqaning iqlimi nam va salqin. Tog'larning shimoliy yon bag'irlari mezofit o`tloqlar bilan, Janubiy quruq yon bag`irlari va yassi suv ayirg'ichlar esa ko'pincha kserofit dasht o`simliklari bilan qoplangan. Chuqur vodiylarda kotlovinalarda va zaxkash yonbag'irlarida turli tip butazorlar va bargli o'rmonlar o'sib yotadi. Bu mintaqaning bir-biriga ulanib ketgan uloqlaridagi barra o'tlar barq urib o`sadi. O`tloqlar ikkiga shimoliy va Janubiy tipga bo'linadi. Birinchi tip o`tloqlar Jung'oriya Olatovidan to Talas Olatovigacha bo`lgan tog`lami, Farg'ona va Oloy tizmalarini, ikkinchi tip o`tloqlar esa O'rta Osiyo tog'li o'lkasining g'arbidagi va janubidagi tog'larni o`z ichiga oladi. Shimoliy tipdagi o`tloq o'simliklari murakkab gullilardan bo`lib, bo'yi 1m ga yetadigan sassiqquvray va baland bo`yga ega bo`lgan shirach-eremusdan iborat.


Ikkinchi tip ya'ni Janubiy tip o'tloqlarga xos o'simlik chayirdir, u soyabongullilardan bo'lib, bo'yi 1m ga yetadi. Chayirlar orasida ko'rkam shirach, labgullilar va boshqa soyabongullilar ham o'sadi. O'rmon o`tloq dasht mintaqasining quyi yarusida astragal, kovrak va boshqa o'tlar yer yuzasining yoppasiga qoplab olgan. Tog`larda 2200 m gacha bo`lgan joylarda asosan yong'oq va zarang, archa, nama'tak, uchqat kabi daraxt va butalar o'sadi. O'rta Osiyo tog'lariga xos bo'lgan archa daraxti toshloq yon bag'irlarida 3000 m gacha balandlikda o`sadi. Bular orasida olmazorlar ko'p. Chetan, oq qayin, tog'terak, zarang, qayrag'och, o'rik kabi daraxtlar o'sadi.


Sub`alp tipidagi o'tloqlar mintaqasi o'rmon-o`tloq-dasht mintaqasidan yuqorida joylashgan va tog'larning geografik o`mi, yo`nalishi va namligiga qarab Orqaili Olatovida 1500-1600 m dan, qurg'oqchil Farg'ona tizmasida 2500-2700 m dan va Oloy vodiysida 3100-3200 m dan boshlanadi. Bu mintaqada o`tloqlar bilan bir qatorda yel-pixta o'rmonlari, archazorlar, tog dashtlari va qoyalar o`sadigan qo'ng'irbosh, sovuqqa chidamli yaron gul, oq animon va pushti qo`qongul o'tlaridir. Quyi poyas o'simliklaridan qizilquloq, sassiqueray, Janubiy tog'li o`lkalarda esa chayir o'sadi. Sub'alp tipidagi o'tloqlar mintaqasida yel-pixta daraxtlaridan iborat igna bargli o'rmon, asosan Tayanshan sharqidagi tog tizmalarida shuningdek, tog'larning soya salqin shimoliy yon bag`irlarida hamda vodiylardan ko`tarilib turgan tik yon beg`irlarda va tog` daralaridadir.


Alp tipidagi mintaqa sub'alp tipidagi mintaqadan yuqorida bo'lgan tog' tepalarini ishg'ol etadi va ba'zan doimiy qor chegarasidan ham yuqoriga chiqib boradi. Alp tipidagi o'tloq o'tlarining bo'yi subalp tipidagi o`tloqlarnikidan past bo`ladi, barglari esa ko`pincha yer bag'riga yopishib turadi. Namgarchilik ko`p yerlarda qiyoqning bir turi to'ng'izsirt o'sib yotadi. Alp tipida kichik-kichik zaxkash maysazorlarda son-sanoqsiz oq va ola-bula yulduzo't, sariq ayiqtovon,erbaho, qo`qongul, sarg'ish yovvoyi ko`knor barq urib o`sadi. Alp tipidagi mintaqada o'tlardan tashqari, yostiqsimon chala butalar, chunonchi qizil tikan, toshyorargul va boshqalar uchraydi. Bu mintaqaning eng baland joylarda qor, muz va qoyalar o`lkasida kuchli sovuq va shamollardan toshlar orasida biqinib astragal, skerda, ostrolodochnik va boshqalar ham o'sadi. Alp tipidagi o`tloqlardan yozgi yaylov sifatida 3-4 oy foydalaniladi.


O'rta Osiyo hayvonlarga boy o'lka: bu yerda hayvon turlari ko'p, ular a yashaydi. Oʻrta Osiyo hay tekislik va tog'larda yashaydi. O'rta Osiyo hayvonlari asosan, dasht, cho'l va chalacho'l sharoitiga moslashgan bo'lib quruq va issiq yozga, sovuq qishga bardosh bera oladi, ular suvi kam o'simligi oz, qumli, gilli va toshli cho`llarda ham yashaydi. Shu sababli tez harakat qilishga, uzoq muddatli suvsiz yurishga odatlangan. Tog hayvonlari maxsus zoogeografik oblastni tashkil etib, vertikal mintaqalarda yashaydi. O`rta Osiyoda uning o'ziga xos endemik hayvon turlari bilan bir qatorda atrofidagi qo'shni o'lkalardan Eron hamda O`rta dengiz bo`yi mamlakatlaridan va Markaziy Osiyodan kirib kelgan hayvonlarning vakillari ham bor.


Chala cho'l zonasida yozning issiq va quruq, qishning qattiq sovuq bo`lishi hayvonlarning yashash sharoitiga ta'sir etgan va natijada mavsumiy hayvon turlari vujudga keladi. Yozda janubiy issiq o`lkalarning hayvonlari masalan chayon, cho`l kaltakesagi va baʼzi parrandalar shimolga chata cho`lining uzoq ichki qismigacha kirib boradi va yangi mahalliy sharoitga moslanib, tusini o`zgartiradi, ko`pincha malla yoki qo'ng'ir tusga kiradi, ya'ni tuproq tusini oladi. Qish Juda sovuqligi sababli chala cho`lda hayvonlar dashtlardagiga nisbatan oz bo'ladi, qishda ularning ko`pi uyquga kiradi, to`rg`ay, loyxo'rak kabi parrandalar boshqa yerlarga uchib ketadi.


Chala cho`lda suv kam bo`ladi yoki bor suvni ham issiq va taxirligidan ichib bo`lmaydi, shuning uchun hayvonlar suvga tashnaliklarini turli yo`llar bilan qondiradilar. Masalan, oqquyruq juda chopqir hayvon bo'lib, o'tlab yurgan Joydan g`oyat uzoqdagi suvloqqa tez borib kela oladi. Bo`ri, tulki, sassiqko`zan, oqsichqon kabi yirtqichlar odatda suvloqlar atrofida yashaydi. Yumronqoziq,qo`shoyoq, olmaxon singari kemiruvchi hayvonlar yegan ovqatidagi nam bilan qanoatlangani sababli suvni oz ichadi yoki butunlay ichmaydi. Chalacho'ldagi hayvonlarning eng ko'p sonlisi yumronqoziqlardir. Malla va kichik yumronqoziqlar ayniqsa ko`p uchraydi. Ular inlarida yashaydi, efemer, shuvoq va sho'ra o'sgan yerlarda ko`p bo`ladi. Chala cho'lda kichik olmaxon, cho`l olasichqoni, turli dala sichqoni va qumsichqon, kalamush, doimiy yer tagida hayot kechiruvchi ko'r sichqon kabi boshqa kemiruvchi hayvonlar nihoyatda ko`p. umuman chala cho'lda sichqon va kalamushlar yerni ilmateshik qilib tashlashgan.


Chala cho'lning obod qilinmagan rayonlarida, chunonchi Betpaqdala, Orolbo`yi Qoraqumi va Ustyurtning shimolly chekkalarida, To`rg`ay o`lkasida, Balxash bo'yi qumlarida tukli hayvonlar yashaydi, oqquyruq va Jayron gala-gala bo'lib o'tlab yuradi. Oqquyruq bilan Jayron nihoyatda chopqir hayvon bo`lib dushmanlaridan qochganida soatiga 60-70 km yo'l bosa oladi. Chala cho'lning balandroq joylarida, daralar orasida yovvoyi qo'y (arxar) yashaydi. Chala cho`lda o'tmishda qulon ham uchraydi, lekin uni saqlab qolish maqsadida Borsakelmas arolida oqquyruq bilan birgalikda qulonni ham ko`paytirish mo`ljallanmoqda. Chala cho`lda yirtqich hayvonlardan bo`ri, quloqlari katta, oyoqlari ingichka tulki, sassiqko`zan, oqsichqon yashaydi. Parrandalardan oqto'rg'ay va qora to`rg`ay, chopqir yirik yilqichi qush, oq to`shli va qora to`shli ryabka buldurug`i, bulduruq, turna va boshqalar bor. Bu yerda nihoyatda chiroyli tuvaloq yashaydi.


Chala cho`lda toshbaqa, kaltakesak, ilon kabi sudralib yuruvchilar bor. Kaltakesak yakkam dukkam o'tlar orasida shipirlab yuradi. Chala cho`lda chipor ilon, bo`g`ma ilon, suv ilon, kabi zaharsiz ilonlar, cho'l qora ilon kabi zaharli ilonlar bor. Chala cho`lda chayon, tarantula, falanga va qoraqurt singari o'rgimchaksimon zaharli hasharotlar nihoyatda ko`p.




XULOSA.
O'rta Osiyo o'lkasida 9000 ga yaqin o'simlik turi bor. Lekin tekisliklarda o'simlik turlari kam - 1000 turga yaqin. Tog'larda esa qalin va turlarga boy 8000 dan ortiq o'simlik mavjud.O'rta Osiyoning relyef va o'simlik yaratganlariga nazar tashlasangiz, uning yerusti tuzilishida 4 ta dasht - tekislikda, chalacho'l, tog' va yaylov tabiiy geografik komplekslari ko'zga yoqqol baraka. Ana shu komplekslarning har biri o'ziga xos agroekologik sharoitga ega bo'lib, ularning bir-biridan yaqqol ajratuvchi eng asosiy tabiiy komponent o'simliklar dunyosidir.O'rta Osiyo tog'larida yagona to'g'ri yo'l qoladi - 3 ta tog'orasi - adir (tog'oldi), tog' va yaylov yoqqol ko'zga qoladi.O'rta Osiyoning shimoliy tekislik qismlarini dasht va chalacho'l zonalari egallagan. Ular Orol dengizining shimoliy kengliklarida cho'llar bilan almashinadi.

Dasht oʻsimliklari Oʻrta Osiyoda Qozogʻiston past togʻlarining 52° shimoliy kenglikdan shimoldagi yerlarda tarqalgan. Bu yerda janubiy qora tuproqlar ustida boshoqli o'to'simliklari o'sadi. Bular orasida qizg'ish chalov, betaga, yaltirbosh va qo'ng'irbosh ko'p bo'lib, quruqroq toshloq tuproqlarda shuvoq o'sadi. Butachalardan qarag'an, tobulg'i, itbodom va boshqalar.


Chalacho'l o'simliklari shimolda 52° shimoliy kenglikdan janubda 48° shimoliy kenglikkacha bo'lgan yerlarda tarqalgan. Bu yerda cho'lo'simliklari ni ham, dasht o'simliklarini ham uchratish mumkin.Bu yerda boshoqli o'tlardan shuvoq, izen, chalov, qo'ng'irbosh aralash o'sgan yerlar ko'p. Sho'rlangan qo'ng'ir tuproqlarda oq shuvoq, boyalich, qora shuvoq, burgan o'simliklari keng tarqalgan.





Download 23.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling