Mavzu: O’rta umumta’lim maktablarida tashkil qilinadigan ekskursiya turlari va ularni tashkil etish usullari


Download 31.85 Kb.
bet7/8
Sana22.07.2023
Hajmi31.85 Kb.
#1661814
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
. Abdurahmonov Muhammadyor Kurs ishi

2.3. Ekskursiya xizmatini tasniflash
Tasniflash deb, predmetlar, hodisalar, tushunchalarni sinflar, bo‘limlar, umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib guruhlarga ajratishdir.
Ekskursiya xizmatini tasniflash masalasi har doim sohasi mutaxassislarining diqqat markazida bo‘lib, bu muammoni yechishda o‘tgan asrning 20 yillarining oxirida harakat qilishdi. Ekskursiyachi olim V.A.Gerd ekskursiya xizmati shakllarini tasniflashning o‘z variantida ekskursiyani guruhlar va guruhostilarga bo‘lishni va uni tayyorlashda gidga yo‘nalish olishga yordam beruvchi xususiyatlarini ajratishni tasniflashning asosiy maqsadi sifatida ta’kidlab o‘tgan. Ekskursiya xizmati ham mustaqil faoliyat (dam olish uylarida, klublarda, maktablarda) ham turistik xizmat majmuasining bir qismi bo‘lishi mumkin (turfirmalarda). Hozirda ekskursiya xizmati quyidagicha tasniflanadi: mazmuniga ko‘ra; qatnashuvchilar soni va tarkibiga ko‘ra; o‘tkazish joyiga ko‘ra; harakatlanish vositasiga ko‘ra; davomiyligiga ko‘ra; o‘tkazish shakliga ko‘ra. Mazmuniga ko‘ra ekskursiyalar ko‘p rejali va mavzuli bo‘ladi. Ko‘p rejali ekskursiyalarda tarixiy va zamonaviy ma’lumotlardan foydalaniladi. Bunday ekskursiyalar turli xil ob’ektlarni ko‘rsatish negizida tuziladi (tarixiy va madaniy yodgorliklar, bino va inshootlar, tabiat ob’ektlari, mashhur voqea joylari, shaharsozlik, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari va shu k.). Ko‘p rejali ekskursiyada voqealar batafsil yoritiladi va shahar, o‘lka, viloyat, respublika, davlat haqida umumiy tasavvurni beradi. Bunday ekskursiyada xronologik tartibda shaharning ilk paydo bo‘lishi tarixidan boshlab to kelajakdagi rivojlanishi haqida ma’lumotlar beriladi. Ko‘p rejali ekskursiyalar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, mavzuli ekskursiyadan farqli ravishda uning mavzusini belgilash murakkabroq. Tayyorlash va o‘tkazish joyidan qat’iy nazar ular tarkibiy jihatdan bir-biriga deyarli o‘xshashdir. Ularning har birida bir necha mavzuostilar mavjud (shahar tarixi, ishlab chiqarishning qisqacha tarixi, fan, madaniyat, xalq ta’limi haqida). Ekskursiyada aniq bir shahar, viloyat, o‘lka o‘ziga xos tarixiy rivojlanishiga qarab hikoya qilinadi. Masalan, harbiy-tarixiy mavzudagi ekskursiyalarda urushlar, qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tgan Buxoro xonligidagi o‘zaro nizolar kabi shaharlar kiritiladi. Adabiy mavzudagi ekskursiyalarda esa yozuvchi, shoirlar hayoti va faoliyati bilan bog‘liq shahar, qishloq, ko‘chalar kiritiladi. Mavzuli ekskursiyalar bitta mavzuning yoritilishiga bag‘ishlanadi. Agar bu tarixiy ekskursiya bo‘lsa, uning negizida yagona mavzuda birlashtirilgan bir yoki bir necha voqealar yotadi. Agar bu me’morchilik mavzusidagi ekskursiya bo‘lsa, unda shahar, ko‘cha va maydonlarida joylashgan qiziqarli san’at asarlari, o‘tgan asrlar me’moriy ansambllari kiritilishi mumkin. Mavzuli ekskursiyalar tarixiy, ishlab chiqarish, tabiiy (ekologik), san’atshunoslik, adabiy, me’moriy – shaharsozlik ekskursiyalariga bo‘linadi. O‘z mazmuniga ko‘ra tarixiy mavzudagi ekskursiya xizmatlari quyidagi guruhostilarga bo‘linadi: - tarixiy – o‘lkashunoslik (masalan, «Samarqand shahrining ming yillik tarixi», «Moviy gumbaz ostidagi shahar» va h.k.); - arxeologik (masalan, Surxondaryo viloyatidagi Kampirtepa qadimiy shahri; Samarqand viloyatidagi Afrosiyob arxeologik majmuasidagi tarixiy qazilmalarni ko‘rsatish); - etnografik, turli millat va elatlarning urf odatlari haqidagi ekskursiya; - tarixiy muzeylarda ekskursiya. Ishlab chiqarish mavzusidagi ekskursiya xizmatlari quyidagi guruhostilarga bo‘linadi: - tarixiy- ishlab chiqarish; - iqtisodiy- ishlab chiqarish (masalan, bank, birja faoliyati); - texnik- ishlab chiqarish; - ekskursantlarni kasbga yo‘naltiruvchi. San’atshunoslik mavzusidagi ekskursiya xizmatlari quyidagi guruhostilarga bo‘linadi: - teatral – tarixiy (masalan, «Samarqand shahri teatri hayoti», «A.P.Chexov nomli rus drama teatri tarixi» va h.k.); - musiqiy – tarixiy (masalan, «Hamid Olimjon teatriga bir kunlik sayohat» va sh.k.); - xalq amaliy san’ati (masalan, O‘zbekistondagi kulolchilar, zardo‘zlar va boshqa usta hunarmandlar faoliyati bilan tanishish); - madaniyat arboblari hayoti va faoliyati bilan tanishtiruvchi joylar; - kartinalar galereyasi, ko‘rgazma zallari, muzeylar, rassomlar va haykaltaroshlar ustaxonalarida va h.k. Adabiy mavzudagi ekskursiya xizmatlari odatda quyidagi guruhostilarga bo‘linadi: - adabiy biografik. Bunday ekskursiyalar shoir, yozuvchi, dramaturglar yashab ijod etgan joylarda o‘tkaziladi (masalan, «Sadriddin Ayniy muzey uyi», «Andijon - Bobur yurti» va h.k.). - adabiy – tarixiy, o‘zbek adabiyotining rivojlanishining ma’lum davrini ochib beradi (masalan, «XX – asrda Buxoro adabiyoti», «Adabiy Toshkent» va h.k.). Me’moriy – shaharsozlik mavzusidagi ekskursiya xizmatlari quyidagi guruhostilarga bo‘linadi: - mazkur shaharning me’moriy qurilishini ko‘rsatuvchi ekskursiya; - ma’lum tarixiy davrning me’moriy yodgorliklarini ko‘rsatuvchi ekskursiya; - bitta me’mor ijodiyoti haqida ma’lumot beruvchi ekskursiya; - zamonaviy me’moriy namunalarni ko‘rsatuvchi ekskursiya. Shuni ta’kidlash joizki, u yoki bu mavzuli ekskursiya xizmati bir – biridan kamdan-kam alohida mavjud bo‘ladi. Masalan, tarixiy ma’lumotni me’moriyshaharsozlik mavzusidagi ekskursiya xizmatida ham foydalanish mumkin. Tabiatshunoslik ekskursiyalarining elementlarini qariyib barcha ekskursiyalarda uchratish mumkin bo‘lib, ekskursiyani o‘tkazish sharoiti, shahar yoki hududning resurslariga bog‘liqdir. Qatnashuvchilar tarkibiga ko‘ra ekskursiyalar quyidagilarga bo‘linadi: - kattalar va bolalar uchun; - mahalliy aholi va turistlar uchun; - shaharliklar va qishloq aholisi uchun; - guruhli va individual bo‘lishi mumkin. Har bir guruh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ekskursiya ma’lumotlari, uslubi va texnikasi, davomiyligiga o‘zgartirishlar kiritiladi. O‘tkazish joyiga ko‘ra: shaharda, shahar tashqarisida, ishlab chiqarish korxonalarida, muzeyda, majmuali bo‘lishi mumkin. Harakatlanish vositasiga ko‘ra: piyoda yoki turli harakatlanish vositasida bo‘lishi mumkin. Piyoda ekskursiya xizmatlarining afzallik tomoni shundaki, unda harakatlanishning zaruriy tezligini ta’minlab, ob’ektlarni ko‘rsatish va hikoya qilishda qulay sharoit yaratish mumkin. Transportli ekskursiya xizmati (asosan avtobusli) ikki qismdan iborat bo‘ladi: to‘xtash joyida ekskursiya ob’ektlarining tahlili(asosiy ob’ektlar) va ob’ektlar oralig‘ida tarixiy joylar va yodgorliklar tavsifi bilan bog‘liq hikoyalardan iborat. Ba’zida ekskursiya xizmati amaliyotida suv va havo transportidan ham foydalanishadi. Ekskursiya xizmati davomiyligi bir akademik soatdan(45 daqiqa) bir sutkagacha bo‘ladi. Qisqa muddatli turlarni(1 kundan 3-4 kungacha) dam olish kunlari marshruti ham deyishadi va uning tarkibida bir necha ekskursiya xizmatlari nazarda tutilishi mumkin. O‘tkazilish shakliga ko‘ra ekskursiya xizmatlari quyidagicha bo‘lishi mumkin: - ommaviy ekskursiya. Bunday ekskursiya xizmatlari qatnashuvchilari odatda 10-15 ta avtobuslarda (har bir avtobusda alohida gid) bitta marshrut bo‘ylab bir vaqtda harakatlanadilar. Bunday ekskursiyalar ommaviy teatrlashtirilgan tomoshalar, folklor bayramlarni o‘z ichiga olishi mumkin; - ekskursiya- sayr. Bunday ekskursiya xizmati odatda o‘rmonda, daryo va dengiz bo‘ylab o‘tkaziladi, o‘rganish va dam olish elementlarini o‘zida mujassamlaydi; - ekskursiya-konsert. Bunday ekskursiya xizmati musiqali mavzuga bag‘ishlanib, avtobus salonlarida musiqali asarlar ham eshitiladi; - ekskursiya-spektakl. Bunday ekskursiya xizmati adabiy-badiiy ekskursiya xizmatini o‘tkazishning shakli bo‘lib, badiiy adabiyotning aniq bir asari bo‘yicha tayyorlanadi va h.k. To‘g‘ri tasniflangan ekskursiya xizmati gidning ekskursantlar bilan ishlashini yengillashtiradi, uslubiy to‘garaklar faoliyati uchun asos hisoblanadi.

Xulosa
Ekskursiya lotincha “Excursio” – “sayr etish” degan so’zdan olingan bo’lib, vistavka, korxona yoki tabiatning diqqatga sazovor joylariga kollektiv ravishda uyushtirilgan sayr ma’nosi tushuniladi. Maktablarda tashkil etiladigan ekskursiya esa sinf yoki o’quvchilar gruppasi bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaning bir formasi bo’lib, “o’rganilayotgan buyum va hodisalarni joyiga borib, tabiiy holatida yoki sun’iy maxsus sharoitda bevosita idrok etishga – ekskursiya” deyiladi. Ekskursiyalar asosan bahorda va kuzda botanika, zoologiya, umumiy fizika kurslarida o’tkaziladigan biologik ekskursiyalar dastur materialini o’rganish va mustahkamlashga bag’ishlanadi. Ular maktab dasturida ko’rsatilgan va o’quvchilar uchun majburiydir. Tirik tabiat ob’ektlarini va xodisalarini bevosita bilish, tabiiy sharoitda o’rganish imkoniyatini beradi.
Ekskursiyalar o’quv yilining boshida rejalashtirilgan bo’lishi kerak. Ushbu bosqichda ekskursiyaning maqsadlari, uni o’tkazish joyi va vaqti aniqlanadi. Ekskursiya mavzulari ham avval o’rganilgan material, ham o’rganiladigan material bo’yicha aniqlanishi mumkin.
Keyingi bosqichda o’qituvchi tashkiliy masalalarni hal qilishi kerak: ekskursiya o’tkaziladigan joy, uni moliyalashtirish, ekskursiya o’tkazish uchun ruxsatnoma va boshqalar. Shu bilan birga, o’quvchilar oldiga ma’lum ta’lim vazifalarini qo’yish, ekskursiya davomida talabalar olishlari kerak bo’lgan savollar, javoblar ro’yhatini tuzish kerak.
Ekskursiya ham tarbiyaviy ahamiyatlarga egadir. Ekskursiya davomida kelgusi dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda foydalanish uchun har xil tabiiy materiallar yig’iladi.


Download 31.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling