Dars jihozi:rangli qog’oz,qaychi,yelim,albom varog’i.Tayyor yasalgan ish namunalari
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
Darsning borishi:
II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan savol –javob o’tkazaman.
III. Yangi mavzu bayoni
UY-RO‘ZG‘OR BUYUMLARI BILAN TANISHTIRISH VA YASASH
Yashayotgan uyimiz shinam va uy-ro‘zg‘or ishlarini bajarishda biz turli jihozlardan foyda lanamiz. Aytingchi, biz qanday mebellardan foyda lanamiz? Ular birbiridan nimasi bilan farq qiladi? Uy-ro‘zg‘or buyumlari sirasiga nimalar kiradi? Ro‘z g‘or yuritish uchun yana qanday jihozlar zarur? Ular ning nomlarini ayting.
Topshiriq. Jadvalda turli uy jihozlari tasvirlangan.
Topshiriqni bajarish uchun qog‘oz va qalam oling.
Unga dastlab xona jihozlari, so‘ng oshxona jihozlari
nomlarini yozing.
Insoniyat o‘zi uchun qulaylik yaratish maqsadida hamisha izlanib, ixtiro yaratib kelgan. Jumladan, uyro‘zg‘orda foydalaniladigan buyumlar ham doimo takomillashib kelgan. Ular foydalanish uchun qulay bo‘libgina qolmay, bejirim ham bo‘lishi zarur. Buning uchun dizayner deb ataladigan kasb egalari faoliyat yuritadilar.
Siz ham 4 yil davomida texnologiya darslarida har xil materiallardan turli chiroyli narsalar yasashni o‘rganib oldingiz. Xo‘sh, dizaynerlik kasbi haqida nimalarni bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |