Mavzu: O‘simliklar dunyosi va uning xilma-xilligi. O‘simlik hujayrasi uning tuzilishi, kimyoviy tarkibi, vazifasi va bo‘linish usullari. Reja


Download 41.31 Kb.
bet9/16
Sana05.01.2022
Hajmi41.31 Kb.
#222565
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
1 Maruza (3)

2. O`simlik hujayrasining qobig`i. Yuksak o’simliklarning hujayrasi tashqi tomonidan ancha qattiq po’st bilan o’ralgan bo’ladi. Bu po’st hujayraga ma’lum bir shakl beradi va uni tashqi noqulay ta’sirlardan saqlaydi. Faqat jinsiy hujayralarda, harakatchan sporalarda va ba’zi tuban o’simliklarda bunday qattiq po’st bo’lmaydi.

Har xil turga kiradigan o’simliklar hujayrasi po’stining ximiyaviy tarkibi turlicha bo’lib, organizmlarning yoshiga qarab o’zgarishi mumkin. Lekin har qanday holda ham hujayralar devorini hosil qiluvchi asosiy modda sellyulozadir(kletchatka). U murakkab karbon suvlar – polisaxaridlardan iborat. Sellyuloza molekulalari po`stda pectin moddalari bilan sementlanganday mustahkam joylashgan. Uning imperik formulasi C6H10O5 kraxmal formulasiga o`xshash.lekin molekulasining tuzilishi, fizik xossalari jihatidan bu moddalar bir biridan keskin farq qiladi.ayrim hollarda po`st tarkibiga gemisellyuloza (yarimkletchatka) ham kiradi. Sellyuloza nihoyatda mustahkam birikma, u ming yillar davomida o`zgarmagan holda saqlanishi mumkin. U suvda hatto qaynatilgan holda ham erimaydi. Ko`pchilik hayvonlarning oshqozonida parchalanmaydi. Ammo ot va qoramol oshqozonida maxsus ferment ajratuvchi mikroorganizmlar sellyulozaning parchalanishi va hazm bo`lishini engillashtiradi. Sellyuloza odatda kuchsiz kislota va ishqorlarda erimaydi. U odatda kuchli sulfat kislota, xlorid va xrom kislotalari, mis nitrati va ammiak aralashmasida eriydi.

Hujayra oralig`idagi moddaning erishi tufayli ;hujayralar bir biridan ajraladi. O`simlik hujayralaridagi bunday holat matseratsiya deb yuritiladi. Bunday holatni mikroorganizmlar yordamida hujayralar orasidagi pectin moddasini eritish yo`li bilan tezlashtirish mumkin. To`qimachilik sanoatida bijg`itish yo`li bilan lub tolalarining matseratsiya holatini sun`iy ravishda vujudga keltirsa bo`ladi. Tabiatda matseratsiya holatini mevalar (qovun, nok, o`rik, tarvuz va hokazolar) ning pishish jarayonida kuzatish mumkin.

Hujayra po`sti mustahkamligini ta`minlaydigan pectin moddalar yosh hujayralar po`sti va hujayra oralig`ida saqlanadi. Shunday ekan, pectin moddalar nafaqat hujayra po`sti tuzilishini mustahkamlamasdan, balki yonma yon turgan hujayrani bir biri bilan birlashtirib yelimlab turadi. Po`stda va hujayra oralig`ida mavjud bo`lgan pectin moddalari kolloid holda bo`ladi va kerak bo`lganda suv singdirib bo`kadi.

Hujayra po`sti prоtоplastning hоsilasi bo`lib, faqat u bilan bоg`langan hоldagina o`sishi va har tоmоnga cho`zilishi mumkin.

Hujayra po’sti lignin moddasini singdirsa yog’ochlanadi. Bunda u suv va gazlarni o’tkazadi.Protoplast nobud bo’ladi, kamdan- kam holda tirik qoladi, yogochlanish qaytar jarayondir. Masalan: bexi, nok mevalari. Pishmaganda qatiq bo’lib, yetila borishi bilan yumshaydi.



Po’kaklanish. Hujayra po’sti moysimon suberin moddasini singdirsa pukaklanish jrayoni ro’y beradi. O’zidan suv va gazlarni o’tkazish xususiyatini yo’qotadi. Protoplast nobud bo’ladi. Masalan: probka (po’kak).

Kutinlanish. Ko’pchilik o’simliklar hujayrasining po’sti tashqi tomondan suberinga o’xshash maxsus modda yupqa kutin (plenka) bilan o’raladi. Bu jarayondan kegin hujayra po’stining egiluvchanlikk xususiyati saqlansa ham, biroq suv va gazlarni yomon o’tkazadi. Masalan: ko’pchilik o’simliklarni bargining yuzasi.


Download 41.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling