Mavzu: O’simliklar fizologiyasi fanining rivojlanish tarixi Mavzuning dolzarbligi


KIRISH 0 ‘SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASINING PREDMETI, ASOSIY VAZIFALARI


Download 21.62 Kb.
bet2/3
Sana25.01.2023
Hajmi21.62 Kb.
#1120458
1   2   3
Bog'liq
kurs ishi

KIRISH 0 ‘SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASINING PREDMETI, ASOSIY VAZIFALARI,
0 ‘simliklar fiziologiyasi o‘simliklaming hayot-faoliyatidagi umumiy qonuniyatlarni o‘rganadi. Bulaming asosida moddalar almashinuvining assimilatsiya va dissimilatsiya jarayonlari yotadi. Shu bilan birga u o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishi, gullash, meva tugish, plastik moddalarning sintezi va to‘planishi kabi fiziologik jarayonlami tashqi muhit bilan bogMab o‘rganadi. 0 ‘simliklar fiziologiyasi botanika, biokimyo, biofizika, molekulyar biologiya, mikrobiologiya, hayvonlar fiziologiyasi, kimyo, fizika kabi fanlar bilan chambarchas bogMiq boMib, ulaming yutuqlaridan foydalaniladi va o‘z navbatida ularga ta’sir etadi. 0 ‘simliklar fiziologiyasi fanida keyingi yillardagi tabiiy fanlar yutuqlaridan, xususan, fizik-kimyoviy usullardan, xromatografiya, nishonlangan atomlar, elektron mikroskopiya, elektroforez, differensial sentrafugalash, spektrofotometriya, rentgen tuzilish analizi va boshqalardan foydalanish natijasida juda katta yutuqlarga erishildi Jumladan, o‘simlik hujayrasining murakkab tuzilishi, hujayra organoidlarining tuzilishi va tarkibi ham fiziologik funksiyalari, hujayraga moddalarning kirishi va chiqishi jarayonlarida membranalaming ahamiyati va boshqalar birmuncha puxta o‘rganildi. Ayniqsa, o‘simliklar hujayrasida energiyaning to‘planishi va sarflanishi mexanizmlari haqidagi tushunchalar kengaydi. Yashil o‘simliklar yer sharidagi boshqa tirik organizmlardan o‘zining bir qancha xususiyatlari bilan farqlanadi. Bwinchidan, yashil o‘simliklar energiya manbai sifatida yorugM;kning elektromagnit energiyasidan foydalanib, ulami organik moddalar tarkibidagi erkin kimyoviy energiyaga aylantirish qobiliyatiga ega (fotosintez). Shuning bilan birgalikda, o‘simliklar tashqi muhitdan bir qancha anorganik moddalami o‘zlashtirib, ulami hujayradagi moddalar almashinuvi jarayonida energiya bilan boyitadi va organik modda ko‘rinishida yer sharidagi barcha tirik mavjudotlar uchun moddiy va energetik asosni yaratadi. Ikkinchidan, yashil o‘simliklar nisbatan yuqori rivojlangan foto assimilatsion yuzaga hamda yer ostki va ustki organlarining yuqori darajada shoxlanish qobiliyatiga ega. Bu hoi o‘z navbatida o‘simliklaming ildiz orqali tuproqdan suv va unda erigan moddalarning o‘zlashtirilishiga, barglar orqali esa atmosfera havosidan oziqlanish doirasining kengayishiga olib kelgan. Uchinchidan, qishloq xo‘jaligida o‘simliklaming yangidan-yangi navlarini yaratishda, ekinlaming turli noqulay muhit omillariga nisbatan chidamliligini oshirish va ularning hosildorligini ko‘paytirishda, hosil sifatini yaxshilash va ulami saqlashda mazkur fanning ahamiyati yildanyilga ortib bormoqda. 0‘simliklar fiziologiyasida asosan oltitayo‘nalish mavjuddir, ya’ni: - biokimyoviy yo‘nalish-fotosintez va nafas olish jarayonida hosil boMadigan-turli xildagi moddalarning funksional ahamiyatini o‘rganadi. Shu bilan birga o‘simliklami tuproqdan oziqlanish qonuniyatlarini va turli xildagi anorganik moddalardan organik moddalami sintezlanish qonuniyatlarini ochib beradi. - biofizik yo‘nalish-bu hujayra energetikasi masalalarini, o‘simlik elektrofiziologiyasini suv rejimining fizik-kimyoviy qonuniyatlarini, o‘sish, qo‘zg‘alish hamda nafas olish va fotosintez masalalarini o‘rganadi. - ontogenetik yo‘nalish-bu o‘simliklarning yoshiga qarab rivojlanish qonuniyatlarini, morfogenez hamda o‘simliklar rivojlanishining boshqarish qonuniyatlarini o‘rganadi. -tadrijiy yoki solishtirma yo‘nalish-bu filogenezning xususiyatlarini belgilab beradi. U ontogenezga genotip funksiyasi sifatida qaraydi. Bu belgilar filogenezda kuzatilgan boMadi. - ekologik yo‘nalish-bu o‘simlik organizmini ichki jarayonlarini tashqi muhitga bogMiqligini o‘rganadi. Masalan,: mineral o‘gMtlarni qoMlash, yorugMik va suv rejimini yaxshilash, ekin maydonlarida o‘simliklarni taqsimlash va boshqalar. Natijada, o‘simliklarda moy, qand, oqsil moddalarini oshirish bilan tashqi muhitning noqulay ta’sirlarga chidamliligini oshiradi. - sintetik yoki kibemetik yo‘nalish-o‘simliklar o‘sishining umumiy qonuniyatlarini hamda bir-biriga bogMiq boMgan hujayra energetikasini va kibernetikasini o‘rganadi. Masalan, oziq organlarning hosil boMishi. 0‘simliklar fiziologiyasidagi ushbu yo‘nalashlarining barchasi o‘zaro bir-biriga bogMiq boMib, bir xil miqyosli ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda o‘simliklar fiziologiyasi fani oldida turgan vazifalami umumlashtirib quyidagicha izohlash mumkin
1. 0 ‘simliklar hayot faoliyati qonuniyatlarini o‘rganish.
2. Qishloq xo‘jaligi o‘simliklaridan eng yuqori hosil olishning nazariy asoslarini ishlab chiqish.
3. Sun'iy sharoitda fotosintez jarayonini amalga oshirish imkonini beruvchi moslamalami yaratish

Download 21.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling