Mavzu: O’simliklarda hujayra texnologiyalari va ularning ahamiyati


O’simlik va hayvon hujayrasi kulturalarini o’stirish texnologiyalari


Download 2.58 Mb.
bet3/3
Sana28.10.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1731778
1   2   3
Bog'liq
1.Hujayra texnologiyalari

O’simlik va hayvon hujayrasi kulturalarini o’stirish texnologiyalari. Biotexnologik maqsadlar uchun organizmlarning yoppasiga kulturasini olish texnologiyalari bakteriyalar, achitqilar va miselial zamburug’lar uchun ishlab chiqilgandir. Yaqin vaqtlarga kelib o’simlik va hayvon hujayrlari kulturasini yaratish bo’yicha ishlar boshlandi. O’simlik hujayralarini kulturasi olish texnikasi yordamida ko’plab mamlakatlarda ma’lum bir o’simliklarni uchun ekish materiali bo’lib kelmoqda. Ushbu metodlar organogenez va nihollarni amplifikasiyalash, so’ngra ularni tuproqqa ekish bo’yicha qilingan ishlar natijasida takomillashtirilmoqda. Lekin, ko’plab o’simliklar hujayralarining suspenzion kulturalarini yaxlit o’simlikka xos bo’lgan mahsulotlarni olish (nikotin, alkaloid, jenshen) maqsadida ekish keng miqyosda ishlab chiqilgan va u qo’llanib kelinmoqda. Digitalis, yasmin, yalpiz, kodein kabi qimmatbaho preparatlarni ishlab chiqarish samarali hisoblanadi. O’simlik hujayralari suyuq doimo aralashtirilgan muhitda kulturasini olishda ishlatiladigan fermentasion metodlar mikrobiologiya texnologiyasiga xosdir. O’simlik hujayralari bakteriyalarga nisbatan sekin o’sishiga qaramay, ularning harakteristikasi bir-biriga yaqindir.
Shunga qaramay, muhim organik birikmalarni faqat o’simlik yoki hayvon hujayralari sintezlaydi. Bu esa o’z navbatida yangi texnologiyalarni yaratishni talab qiladi.
Hayvon hujayralari yo suspenziya ko’rinishida yoki qattiq substratga biriktirilgan holda o’stiriladi. Bunday hujayralar, masalan, HeLa (inson o’smasi hujayrasi) ikkala holatda ham o’sishi mumkin; limfoblastom hujayralar suspenzion kulturada, normal diploid hujayralar esa qattiq substratga biriktirilgan holda o’sadi.
Oxirgi paytlarda hujayra o’sishini nazorat qiluvchi sistemalar «buxta» ko’rinishida o’ralgan, gazni o’tkazuvchan teflon trubkalarga asoslangan. Bunday sharoitlarda ko’plab hujayralarni kulturasini olish mumkin. Yana bir samarali metod, bu hujayralarning uncha katta bo’lmagan marjonlar (sharchalar, mikrotashuvchilar)ga biriktirilishiga asoslangan usuldir. Sharchalar sefadeksdan yasalib, yuzasi 7 sm2/mg bo’lishi mumkin. Sharchalar suspenzion holatda suza oladi va ularda turli tipdagi hujayralar o’sishi mumkin. Bu usul yordamida inson interferoni olinmoqda.
Nazorat uchun savollar
1.Kallus hujayralar kulturalarini olish haqida tushuncha bering?
2.Protoplastlarni ajratib olish haqida tushuncha bering?
3.Protoplastlar kulturasini olish haqida tushuncha bering?
4.Protoplastlarni qo’shilishi haqida tushuncha bering?
5.Somatik hujayralar gibridizasiyasi haqida tushuncha bering?
Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling