Mavzu: O’simliklarda hujayra texnologiyalari va ularning ahamiyati


Protoplastlar kulturasini olish uchun


Download 2.58 Mb.
bet2/3
Sana28.10.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1731778
1   2   3
Bog'liq
1.Hujayra texnologiyalari

Protoplastlar kulturasini olish uchun 2 xil yondoshiladi: suyuq muhit tomchilarida inkubasiya qilinadi va agarli qatlamga o’tkaziladi.
Izolirlangan protoplastlar hujayra devorini tiklagunga qadar qisqa vaqt ichida bir-biri bilan qo’shilishi mumkin. Bu jarayon nafaqat bir tipdagi o’simlik protoplastlariaro, balki geterolik protoplastlararo bo’lishi ham mumkin. Shu usul bilan 2 turdagi tamaki o’simligini protoplastlarini qo’shib regenerasiyalangan o’simlik olingan. 1978 yili esa kartofel va tomat o’simliklarining protoplastlari qo’shilgan. Buning natijasida tomatning kasalliklarga chidamli faktorlari kartofelga ko’chirilgan.
Somatik gibridizasiya – o’simliklarni gibridini yaratishning yangi metodi bo’lib, bunda gibridlanayotgan hujayralar sifatida gametalar (reproduktiv hujayralar) emas, balki protoplastlar olinadigan o’simlik tanasining hujayralari (somatik) qatnashadi. Protoplastlarni qo’shish bilan hujayra genomidan tashqari 2 ta turli sitoplazmalar ham qo’shiladi. Ko’pgina hollarda yuqori o’simliklarni protoplastlarini qo’shish

Rasm. in vitro tajribalarida palmani (Elaeis guineensis) klonlash. Palmaning yosh barglari bo’laklaridan kalluslar olinib ekmaga eqiladi. Ikkinchi muhitda ular ko’payadi va uchinchi muhitda kalluslar embrioidlar hosil qiladi. Bunday somatik embrionegenezdan so’ng embriodlar rivojlanib, ulardan avval klaster, keyinroq yosh nihollar unadi.



Protoplastlarni qo’shilishi.
Kartofel bargidan olingan alyubinos protoplast va tomat bargining sog’lom protoplasti qo’shilgan. Bundan maqsad tomat genlarining kasalliklarga chidamli genomlarini kartofel genomiga kiritishdir.

natijasida yoki gibrid yoki sibrid hosil bo’ladi. Sibrid o’simlikda ikkala o’simlikning sitoplazmasi, yadro esa faqat bittasiniki bo’ladi.


Geterologik protoplastlarni qo’shayotganda mos keladigan markerni tanlash kerak. Bunday marker sifatida plastidalar yoki xloroplastlar bo’lishi mumkin. Plastidalardan tashqari biokimyoviy yoki genetik markerlar: masalan, izoenzimli tarkib, nuklein kislotalarning xususiyatlari, ma’lum bir moddalarga chidamlilik va xromosomalar yoki hujayra kariotiplari soni ham bo’lishi mumkin.
Protoplastlar labil tuzilmalar bo’lgani uchun somatik gibridizasiyalash yo’li bilan hujayraga begona materiallarni, hamda ularga izolirlangan DNK yoki boshqa hujayralarning organellarini kiritish mumkin. Hozirda yadro, xloroplastlar transplantasiya qilingan.

Rasm. Barg protoplastidan (1) olingan kallusdan (2) kartofelning regenerasiyalanishi (3-5)





Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling