8-Sinf 1-variant Hujayra yadrosi


Download 23.97 Kb.
Sana10.10.2023
Hajmi23.97 Kb.
#1697079
Bog'liq
8-biologiya test


8-Sinf 1-variant
1.Hujayra yadrosi…………….
A) moddalar almashinuvi va oqsillar sintezlanishini boshqaradi;
B) transport funksiyasini bajaradi;
C) hujayralar o’rtasida moddalar tashilishini ta’minlaydi;
D) hujayraning hamma qismlarni bir biri bilan bog’laydi
2. Odamning somatik hujayralari yadrosida nechta xromasoma bo’ladi
A) 23 ta; B) 21 ta; C) 46 ta; D) 48 ta;
3. Hujayra tarkibidagi makroelementlarni aniqlang
A) yod; B) magniy; C) mis; D) rux;
4. Kubsimon qoplovchi to’qima odam tanasining qaysi a’zosida bo’ladi
A) buyrakda; B) ichakning ichki qavatida; C) teri ustida; D) jigarda;
5. Epiteliy to’qimasiga xos xususiyatni aniqlang
A) hujayralari orasida elastic tolalar ko’proq; B) sitoplazmasi sarkoplazma deyiladi;
C) hujayralararo modda bo’lmaydi;
D) uzun o’simtalar orqali barcha to’qimalar bilan bog’langan;
6. Qaysi to’qima duksimon tuzilgan bo’lib, tolasi juda kalta 0,1 mm atrofida bo’ladi
A) skelet muskul to’qimasi; B) silliq tolalai muskul to’qimasi; C) yurak muskul to’qimasi;
D) barcha muskul to’qimalari slindrsimon bo’ladi;
7. Nerv to’qimasining qaysi hujayrasi bajaradigan vazifasiga ko’ra ikki xil bo’ladi
A) neyron; B) neyrogliya; C) nevralgiya; D) A va B;
8. Qaysi to’qimaning asosiy vazifasi qo’zg’aluvchanlikdir
A) muskul to’qimasi; B) biriktiruvchi to’qima; C) nerv to’qima; D) qoplovchi to’qima;
9. Qaysi olim “Biron tirik organism tashqi muhitsiz yashay olmaydi” deb aytgan
A) Volter. B) I.P.Pavlov; C) A.I.Ugolev; D) I.M.Sechenov;
10. Magnit bo’roniga ta’sirchan odamlar aholining qancha foizini tashkil qiladi
A) 10-15 %; B) 17-25 %; C) 30-35 %; D) 6-8 %;
11. Magnit bo’ronining ta’siri………….organlari xastalangan odamlarda ko’proq seziladi
A) asabi; B) yurak qon tomiri; C) tayanch harakatlanishi; D) barchasi to’g’ri;
12. Magnit bo’roni sodir bo’ladigan kunlari, unga ta’sirchan odamlar qanday qoidalarga amal qilishlari kerak A) ko’p ovqat yemasligi; B) ko’p uxlamasligi; C) issiq hamomda cho’milmasligi; D) barchasi to’g’ri;
13. Miyelin parda bu…………….
A) muskul tolalarning pardasi; B) aksonning pardasi; C) epiteliyning hujayralararo moddasi;
D) tuksimon to’qima o’simtalari pardasi;
14. Qaysi hujayrada yadro bo’lmaydi
A) oq qon tanachalari; B) qizil qon tanachalari; C) spermatozoid ; D) barchasi to’g’ri;
15. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega” ekanligi ko’rsatilgan
A) 40-moddasida; B) 41-moddasida; C) 42-moddasida; D) 43-moddasida;
16. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan “Sog’lom avlod” Davlat dasturi qachon tasdiqlangan
A) 2001 yil 10 yanvarda; B) 2000 yil 15 fevralda;C) 1999 yil 10 dekabrda;
D) 2005 yil 15 sentyabrda;
17. Hidoyat kitobi kim tomonidan yozilgan
A) Abu Mansur Buxoriy; B) Abu Sahl Masih Jurjoniy; C) Abu Bakr ibn Ahaviy Buxoriy;
D) Abu Rayhon Beruniy;
18. O’simlik va hayvonot mahsulotlaridan hamda mineral moddalardan tayyorlanadigan 1000 dan ortiq dorilar haqidagi malumotlar qoldirgan olim kim
A) Abu Mansur Buxoriy; B) Abu Sahl Masih Jurjoniy; C) Abu Bakr ibn Ahaviy Buxoriy;
D) Abu Rayhon Beruniy;
19. Qaysi kitob tibbiyotni o’rganishda darslik sifatida keng qo’llanilgan
A) Saydana; B) Hidoyat; C) Al-kimyo; D) Oddiy dorilar haqida to’plam;
20. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qaysi asarida mashhhur alloma Ibn Sinoning Tib qonunlari asari dunyo miqyosida Sog’lom turmush tarsi degan tushunchani fundamental asosi bo’lib xizmat qilgan degan fikr bildirilgan
A) Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch ; B) Buyuk kelajak sari;C) Barkamol avlod orzusi;
D) barchasi to’g’ri;

8-Sinf 2-variant


1. Odam skeletining eng muhim funksiyasi
A) o’tkazish; B) moslanish;C) himoya; D) tashish;
2. Suyaklar…..bo’lib xizmat qiladi
A) qon deposi; B) mineral tuzlar deposi;C) tayanch; D) B va C;
3. Kaftusti suyaklari tuzilishiga ko’ra qaysi guruhga kiradi
A) yassi suyaklar; B) g’ovak suyaklar;C) g’alvirsimon suyaklar; D) naysimon suyaklar;
4. Bosh suyagining pastki asos qismidagi ponasimon suyaklar tuzilishiga ko’ra qaysi suyaklar qatoriga kiradi
A) uzun g’ovak suyaklar; B) yassi suyaklar;C) g’alvirsimon suyaklar;D) kalta g’ovak suyaklar;
5. Yassi suyaklar to’g’ri berilgan javobni aniqlang
1-boshning tepa suyagi; 2-boshning ensa suyagi; 3-boshning peshona suyagi; 4-kurak suyak; 5-yanoq suyak; 6-chanoq suyak;
A) 1,2,3; B) 1,3,6; C) 1,2,4; D) 2,4,5;
6. Kalta g’ovak suyaklarni aniqlang
a)-umurtqa; b)-to’sh; c)-o’mrov; d)-kaftusti;
A) a,b; B) a,b,c; C) a,b,c,d; D) a,d;
7. Bosh suyagi qancha suyak birikishidan tashkil topgan
A) 33 ta; B) 23 ta;C) 36 ta; D) 12 ta;
8. Qaysi suyak odam tanasining markaziy qismi xioblanadi
A) ko’krak qafasi;B) umurtqa pog’onasi;C) chanoq suyagi; D) qo’l va oyoqlarr suyagi;
9. Umurtqa pog’onasining oldinga va orqaga egilishlari to’g’ri berilgan javobni toping
1-bo’yin lordozi; 2-bel lordozi; 3-dumg’aza lordozi; 4-ko’krak kifozi; 5-bel kifozi; 6-dumg’aza kifozi;
A) 1,2,4,6; B) 1,2,3,5; C) 1,2,3,4; D) 2,4,5,6;
10. ……ikki tomondan nomsiz suyaklardan tashkil topgan
A) bilaguzuk suyagi; B) kurak suyagi;C) oyoq kamari suyagi; D) tovon suyagi;
11. Uzluksiz birikkan suyaklarga qaysi suyaklar kiradi
A) bosh suyagi; B) umurtqa suyagi;C) chanoq suyagi; D) barchasi to’g’ri;
12. Bo’g’im necha qismda iborat
A) 3 B) 2 C) 4 D) 5;
13. Suyaklar ikki qavat bo’lib, ustki qavati………………tuzilishga ega
A) qattiq; B) zich plastinkasimon;C) g’ovaksimon; D) A va B;
14. Suyakusti pardasi qanday ahamiyatga ega
A) oziq moddalar bilan taminlash; B) suyak o’sishida;C) suyak jarohati bitishida; D) barchasi to’g’ri;
15. Periost bu…………..
A) kollagen tolalar; B) ilik bo’shlig’I; C) suyak pardasi; D) ichki g’ovaksimon qavat;
16. Suyak kimyoviy tarkibining qancha miqdorini organik moddalar tashkil qiladi
A) 2/3 qismini; B) 1/3 qismini; C) 60 % ni; D) 5,9 % ni;
17. Suyakning anarganik moddalari tarkibidagi eng ko’p uchraydigan elementi qaysi
A) natriy tuzlari; B) kaliy tuzlari;
C) kalsiy karbanat; D) fosfat tuzlari;

18. Yangi tug’ilgan chaqaloqning bo’yi o’rtacha qancha bo’lishi mumkin


A) 74 sm; B) 35 sm;
C) 50 sm; D) 70 sm;

19. Yoshga bog’liq xolda suyaklarning sauyakka aylanishi to’g’ri berilgan javobni toping


1-umurtqa suyaklari; 2-kurak suyaklari; 3-o’mrov suyagi; 4-qo’l kafti suyagi; 5-yelka suyagi; 6-bilak suyagi; 7-tirsak suyagi; 8-barmoq suyagi;
a) 17-25 yosh; b) 20-25 yosh; c) 15-16 yosh; d) 16-20 yosh;
A) a-1,b-2,3,5,6,7,c-4,d-8;
B) a-1,b-2,3,5,6,7,c-8,d-4;
C) a-4,b-2,3,5,6,7,c-8,d-1;
D) a-2,b-3,4,5,6,7,c-1,d-8;

20. Suyak usti tog’ay qismida mineral tuzlar to’planishidan u suyakka aylanadi, ichki tomondan………….


A) qalinlashib qattiqlashadi;
B) yumshab osseinlarga aylanadi;
C) yemirlib boradi;
D) elastik bo’lib boradi;
Download 23.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling