Mavzu: O'simliklarning morfologik tasnifi, Generativ va vegetativ organlari, Ekobiologik tasniflash usullari


Download 212.44 Kb.
bet2/3
Sana28.03.2023
Hajmi212.44 Kb.
#1303352
1   2   3
Bog'liq
M1

Golji aparati.

PLASTIDALAR. O`simlik xujayralari plastidalarning bo`lishi bilan hayvon hujayralaridan farq qiladi. Plastida—yunoncha “plastikos” so`zidan olingan bo`lib, shakllangan dеgan ma'noni anglatadi.


Xloroplastlar — asosan yashil rangda (yunonxa “xloros” — yashil so`zidan olingan).





MITOXONDRIYALAR. Mitoxondriyalar hujayra protoplazmasidagi asosiy organoidlardan biri bo`lib, ular asosan enеrgiya manbai hisoblanadi.


LIZOSOMALAR. Lizosomalar hajmi jihatidan mitoxondriyalarga tеng, lеkin solishtirma og’irligi ulardan kam bo`lgan organoidlardir.
PЕROKSISOMALAR. Yorug’likda nafas olish (fotodixaniе) fеrmеntlari ko`proq. Shuning uchun ham ular barglarda ko`p bo`ladi va xloroplastlar bilan doimiy aloqa qiladi.
GLIOKSISOMALAR. Glioksisomalar ham pеroksisomalar guruhiga kiradi.
SFЕROSOMALARda asosan fеrmеnt lipaza ko`p bo`lganligi yog’larning ko`pro` sintеz qilinishi va to`planishiga sharoit yaratib bеradi.
MIKRONAYCHALAR sitoplazmaning harakatini vujudga kеltiradigan almashuv jarayonida ishtirok etadilar.
VAKUOLALAR o`simlik xujayrasining tirik organoididir.
PROTOPLAZMA. Protoplazma hujayra ichidagi sitoplazma va organoidlar bilan birgalikda bir butunni tashkil etib, unda mеtabolitik jarayonning murakkab rеaktsiyalari sodir bo`ladi.
SITOPLAZMANING XARAKATI. Tirik hujayra ichidagi sitoplazmaning doim aylanma va oqimsimon harakat qilib turishi uning muhim xususiyatlaridan biridir.
Oʻsimliklar morfologiyasi, fitomorfologiya — botanikaning boʻlimi; oʻsimliklarning tuzilishi va forma hosil boʻlishi jarayonlaridagi qonuniyatlarni oʻrganadigan fan. Oʻsimliklar morfologiyasining tarixiy taraqqiyoti davomida undan oʻsimliklar anatomiyasi, oʻsimliklar embriologiyasi, sitologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Tabiatdagi oʻsimliklarning morfologik jihatdan turlitumanligini aniqlash; tuzilishi, organlar va organlar sistemasining oʻzaro joylashuvi qonuniyatlarini oʻrganish; oʻsimliklarning umumiy tuzulishi va ayrim organlarining individual rivojlanishida (ontomorfogenez) oʻzgarishini tadqiq etish; oʻsimlik dunyosining evolyutsion rivojlanishida organlarning paydo boʻlishini izohlash (filomorfogenez); forma hosil boʻlishida turli xil tashqi va ichki omillar taʼsirini oʻrganish Oʻsimliklar morfologiyasining asosiy muammolaridan hisoblanadi. Morfologik tadqiqotlarning asosiy metodlari — tasvirlash, chogʻishtirma va eksperimental metodlardir. Birinchisi oʻsimlik organlari va organlar sistemasini tasvirlaydi (organografiya), ikkinchi metodda tasvirlangan material tavsiflanadi va h.k. Eksperimental metodda nazorat etiladigan tashqi muhit kompleksi sunʼiy hosil qilinadi hamda bu sharoitda oʻsimliklarning morfologik reaksiyasi va boshqalar oʻrganiladi. Oʻsimliklar morfologiyasi botanikaning boshqa boʻlimlari: oʻsimliklar paleobotanikasi, oʻsimliklar sistematikasi va filogeniyasi, oʻsimliklar fiziologiyasi, oʻsimliklar ekologiyasi, oʻsimliklar geografiyasi va geobotanika, genetika va oʻsimlikshunoslik bilan chambarchas bogʻliq.
Oʻsimliklar morfologiyasi juda qadimdan oʻrganila boshlangan. 17-asrda Oʻsimliklar morfologiyasini nazariy umumlashtirish sohasida dastlabki ishlar qilingan (italiyalik olimlar A.Sezalpin, M.Malpigi, nemis olimi I.Yung). Lekin Oʻsimliklar morfologiyasi soha sifatida 18-asr oxirlarida shakllandi. Bu vaqtda "Oʻsimliklar metamorfozi haqida tajriba" ("Opnt o metamorfoze rasteniy", 1790) kitobi nashr qilinib, bunda I.V.Gyote "morfologiya" terminini fanga joriy etishni taklif etdi.
19-asrning birinchi yarmida Oʻsimliklar morfologiyasi ancha rivojlandi. O.P.Dekandol (1827) Gyotedan mustasno organlar va ular metamorfozi toʻgʻrisida xulosaga keldi. Ochiq urugʻlilar urugʻkurtagi ustidagi dastlabki tadqiqotlar angliyalik botanik R.Brounga tegishlidir; u ignabarglilarda arxegoniy va spermiyni anikdadi. Oʻsimliklar morfologiyasi fanining chogʻishtirma metodi rivojlanishida nemis botanigi A.Braunning xizmati katta. 19-asrning 2-yarmi va 20-asr boshlarida Oʻsimliklar morfologiyasining rivojlanishiga Ch.Darvinning evolyutsion nazariyasi katta taʼsir koʻrsatdi (qarang Darvinizm). Oʻsimliklar morfologiyasi evolyutsiyasidagi boshqa yoʻnalishlar rivoji, asosan, qazilma oʻsimliklarnn oʻrganishga asoslandi. Mas, angliyalik botanik F.Bouer, nemis olimi G.Potonye va fransuz O.Linyelar tomonidan quruqlikdagi yuksak oʻsimliklar asosiy organlari oʻrganildi. Gulning kelib chiqishi nazariyasi Oʻsimliklar morfologiyasi evolyutsiyasini tushuntirishda muhim ahamiyatga ega. Angliyalik botaniklar N.Arber va J.Parkin va avstriyalik botanik R.Vettshteyn, rus botanigi X.Ya.Gobi mevalarning birinchi evolyutsion tasnifini ishlab chiqishdi. Ontogenetik Oʻsimliklar morfologiyasi filogenetik va eksperimental Oʻsimliklar morfologiyasi bilan mustahkam aloqada rivojlandi. Nemis botanigi A.Eyxler bargning rivojlanish tarixi (1869) va gul tuzilishi qonuniyatini (1878—82), rus botanigi V.A. Deynega esa bir pallali va ikki pallali oʻsimliklar bargi otnogenezini tadqiq etdilar.
Oʻsimliklar morfologiyasining eksperemental metodi (termin K.A.Timiryazev tomonidan taklif etilgan, 1890)ning rivojlanishiga A.N.Beketov katta hissa qoʻshdi; u oʻsimlik organlarining fiziologik funksiyalari va tashqi muhit taʼsirini forma hosil boʻlishida muhim omil deb hisobladi. Rus botanigi N.F.Levakovskiy quruqlikda yashovchi oʻsimlik novdalarining suv muhitidagi holatini eksperemental oʻrgandi (1863), nemis fiziologi G.Fyoxting oʻsimlik formasiga turli tabiiy sharoit taʼsirini eksperemental kuzatdi (1878—82) hamda oʻsimliklarda qutblik hodisasini ochdi. Nemis botaniklari G.Klebs (1903) va K. Gyobel (1908) organlarning oʻsish formasi aniq omillar (yorugʻlik, namlik, oziq) ga bogʻliq ekanligini tajribada aniklashdi va sunʼiy metamorfoz hosil qilishdi. Ekologik Oʻsimliklar morfologiyasi oʻsimliklar geografiyasi va ekologiyasi bilan bir vaqtda paydo boʻldi. Daniyalik E.Varming va K.Raunkiyer, nemis botanigi A.Shimper mazkur yoʻnalishga asos solishdi.
Chogʻishtirmamorfologik yoʻnalish V.Trollya (GFR) va uning shogirdlari ishlari bilan boshlandi. Yopiq urugʻlilarning morfologik evolyutsiyasini rus botanigi A.L.Taxtajyan tavsiflab berdi. Ontogenetik va eksperimental yoʻnalish oʻsimliklar fiziologiyasi bilan birga jadal rivojlandi (morfogenez). Morfogenez toʻgʻrisida amerikalik olim E.Sinnot ishlarida batafsil maʼlumot beradi. Yuksak oʻsimliklarda organo va gistogenezning asosiy manbai hisoblangan novda va ildiz oʻsish konusini oʻrganish boʻyicha bajarilgan ishlar ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Mazkur sohadagi nazariy umumlashmalar shved olimi O.Shyupp (1938), amerikalik — A.Foster va uning xodimlari (1936— 54), K.Esau (196065), nemis G.Guttenberg (1960—61), angliyalik — F.Klous (1961)ga tegishli.
Oʻzbekistonda anatomik metod keng qoʻllanishi asosida morfogenez sohasida muhim ishlar olib boriddi; qiyin ekologik sharoitda yashovchi obʼyektlarda organogenez etaplar va ularning tashqi muhitga bogʻliqligi toʻgʻrisidagi taʼlimot shular jumlasidandir. Chogʻishtirma ekologik Oʻsimliklar morfologiyasi sohasidagi maʼlumotlar faqat forma hosil boʻlish qonuniyatini tushuntirish bilan birga ulardan amaliyotda foydalanishga imkon berdi. Ontomorfogenez, ekologik va eksperimental Oʻsimliklar morfologiyasi sohasidagi tadqiqotlar oʻrmonchilik va oʻtloqchilikning biologik asoslarini yaratishda hamda manzarali oʻsimliklar yetishtirish usullarini ishlab chiqishda ahamiyatga ega. Botanika bogʻlaridagi introduksiyalash ishlarida ontogenetik va ekologik Oʻsimliklar morfologiyasi maʼlumotlariga asoslaniladi va ayni vaqtda bu ishlar yangi nazariy xulosalar uchun material beradi. Oʻzbekistonda "Botanika" ilmiy ishlab chiqarish markazida ham Oʻsimliklar morfologiyasining turli sohalarida tadqiqot ishlari olib boriladi.

Vegetativ organlarning tuzilishidagi asosiy qonuniyatlardan biri qutblilikdir. Uning mohiyati shundan iboratki, o`simlikning uchki va quyi qismi morfologik va fiziologik jihatdan farq qiladi. Shu sababli u faqat uchiga qarab o`sadi. Qalamcha erga qo`yi qismi bilan ekiladi.


Ikkinchi asosiy qonuniyat bu o`simlik organlarining simmetrik bo`lishidir. Ya`ni o`simliklarning bir xil qismlari gruppada mutanosib joylashadi. Ko`pchilik hollarda radial simmetriya uchraydi. Bunda silindrsimon poya va sharsimon meva aylanasining barcha graduslari bo`ylab tekislik o`tkazilgan deb faraz qilsak, bu tekisliklar ularni teng qismlarga bo`ladi.
Bilateral simmetriyada esa o`simlik organi bo`ylab faqat ikkita o`zaro perpendikular tekislik o`tkazish mumkin. Masalan, yong`oq va bodomning mevasida.
Monosimmetriyada esa bir o`simlik yoki uning organidan faqat bitta simmetrik tekislik o`tishi mumkin. Ba`zi o`simliklar tanasidan gullarni simmetrik qismlarga ajratadigan birorta ham tekislik o`tkazib bo`lmaydi, ular assimmetrik tuzilgan bo`ladi.
Evolusiya jarayonida o`simliklarning turli organlari har xil vazifani bajarib, shunchalik metamorfozlashib ketadiki, hatto ularni ilgarigi holatini aniqlash juda qiyin bo`ladi. Masalan, gulning tojbarglari, no`xatning gajaklari o`zgargan bargdir. Tokning gajaklari esa o`zgargan novdadir. Shunday qilib, tashqi ko`rinishdan bir-biridan keskin farq qilib, kelib chiqishi bir xil bo`lgan organlar gomologik organlar deyiladi.
Analogik organlar esa tashqi tomonidan bir-biriga o`xshash bo`lishi va bir xil funksiya bajarishi mumkin, lekin kelib chiqishi har xil bo`ladi. Analogik organlardan zirk va do`lananing tikani bir-biriga o`xshaydi va bir xil vazifani bajaradi, lekin kelib chiqishi har xil.
Bir xil ekologik sharoitda yashaydigan turli xil sistematik guruhlarga mansub o`simliklarda o`xshash belgilar paydo bo`ladi. Masalan, quruq iqlim sharoitida o`sadigan amerika kaktuslari va afrika sutlamaguli morfologik jihatdan bir-biriga o`xshashdir yoki O`rta Osiyo sahrolarida o`suvchi torondoshlar oilasining vakili qandim, sho`radoshlar oilasining vakili sho`raning tashqi belgilari bir-biriga o`xshash bo`ladi. Shunday qilib, turli sistematik guruhlarga mansub o`simliklarni bir xil sharoitda yashashi oqibatida o`xshash morfologik belgilar hosil qilishi konvergensiya deyiladi.
Evolusiya jarayonida dastlabki ahamiyatini yo`qotgan va batamom yo`qolib ketish oldida turgan organlar rudimentlar deyiladi. Masalan, sahroda o`sadigan saksovulning barglari kam suv bug`latishga moslashish natijasida reduksiyalashib, yupqa tangachalarga aylangan.
O`simliklar olamida ko`pincha korrelyasiya hodisasini kuzatish mumkin. Uning mohiyati shundan iboratki, o`simliklar bir organinint rivojlanishi ikkinchisiga juda bog`liq bo`ladi. Masalan, daraxt va butalar shoxidagi yon kurtaklar faqat ikkinchi yilda normal rivojlanadi, agarda poyadagi barg yulib tashlansa, kurtaklar shu yilning o`zidayoq rivojlanib, yangi novda hosil qilishi mumkin. Paxtachilikda g`o`zani chilpish ana shunga asoslangan.
ILDIZ, UNING TUZILISHI VA VAZIFASI. O`simlik hayoti uchun ildiz qo`yidagi muhim vazifalarni bajaradi:

    • o`simlik ildiz orqali suv va unda erigan mineral moddalarni shimib oladi;

    • u o`simlikni tuproqda tutib turadi va uni shamol va boshqa mexanik ta`sirlarga qarshi chidamli qiladi;

    • ildizda zapas oziq moddalar to`planadi;

    • vegetativ ko`payish uchun xizmat qiladi;

    • tuproqdagi mokroorganizmlar bilan simbioz aloqada bo`ladi.

Kelib chiqishiga ko`ra ildizlar asosiy va yon ildizlarga bo`linadi. Dastlab asosiy ildiz, keyin esa atrofga taralib yon ildizlar chiqadi. Ular asosiy ildizga perpendikulyar yoki ma`lum burchak ostida joylashishi mumkin. O`z navbatida yon ildizlar ham shoxlanib birinchi tartibli, ular ham shoxlanib ikkinchi tartibli ildizlar chiqadi va hokazo.
Qo`shimcha ildizlar deb ataluvchi ildizlar esa asosiy va yon ildizlardan emas, balki, poyadan, hatto barglardan ham chiqadi. Bunday ildizlar o`simliklar yer ustki organlarining biror qismi nam tuproqqa ko`milib qolganda hosil bo`ladi. Masalan, makkajo`xori, tok, qandimda uni tez-tez kuzatish mumkin. Begoniyaning barglari ham qo`shimcha ildiz chiqaradi.
Ildizlar tashqi ko`rinishiga qarab o`q ildiz va popuk ildizga bo`linadi.
O`q ildizlarda asosiy ildiz yaxshi rivojlanib, erga chuqur kirib boradi. G`o`za, yantoq, beda kabi o`simliklarning ildizi bunga misol bo`la oladi.
Popuk ildizlar ham asosiy ildiz o`sishdan to`xtagandan keyin hosil bo`lgan juda ko`p qo`shimcha ildizlardan iborat. Bu tipdagi ildizlar aksariyat holda bir pallali o`simliklar, xususan g`alladoshlarda uchraydi.
Bulardan tashqari ildizning boshqa shakllari, masalan, ipsimon, duksimon, piyozboshsimon, konussimon kabilari ham uchraydi. Lavlagi, sabzi, turp kabi ildizmevalarning ildizi ana shunday ildiz.
Ba`zi ko`p yillik o`simliklar yon ildizlarida qo`shimcha kurtak hosil qilish qobiliyatiga ega bo`lib, keyinchalik bu kurtaklardan ildiz bachkilari deb ataladigan yangi yer ustki poyalari o`sib chiqishi mumkin. Bular odatda gilos, terak, akasiya kabi daraxtlarda kuzatiladi.
Ildizning poyadan ajralib turadigan belgilaridan biri unda barglar bo`lmaydi. Ildizlarning uchida ildiz qini bo`lishi ham ular uchun juda xarakterlidir. Yosh ildiz uchidan biroz yuqoriroqda epidermis hujayralari o`simtalari bo`lgan ildiz tukchalari bilan zich qoplangan. Ildiz tukchalarining vazifasi tuproqdan suv va oziq moddalarni so`rishdir. Shunday tukchalarning borligi ildizning so`ruvchi yuzasini 5-10, hatto 30-40 barobar oshiradi. Ildiz tukchalari suv va botqoq o`simliklarda , tekinxo`r o`simliklarda deyarli bo`lmaydi.
Ildiz sistemasini uzunligi turli o`simliklarda turlichadir. Masalan, karamda 1,5 m, bedada 2 m, yong`oqda 20 m, yantoqda undan ham ortiq bo`ladi.
Ildiz sistemasining umumiy uzunligi ham turlichadir. G`alla o`simliklarida 500-600 m bo`lgani holda bug`doy ildiz tuklarining jami uzunligi 20 km ga etadi. Qovoq ildizlarining jami uzunligi taxminan 25 km bo`lib, ular har kuni o`rta hisobda 300 m ga o`sadi.
1866 yilda rus olimi M. S. Voronin dukkakli o`simliklar ildizlarida tuganaklar shaklidagi shishlar borligini aniqladi. Keyinchalik ularning po`stloq parenximasi to`qimalariga alohida bakteriyalar kirib yashashi aniqlandi. Bu bakterilar tuproq va o`simliklar tuganagiga kirgan azotni o`zlashtiradilar, bakteriyalar nobud bo`lgach, o`zlashtirilgan azot to`proqda qoladi va hosildorlikni oshirish uchun xizmat qiladi.
Shuningdek tuproqda yashovchi zamburug`lar ham gifalari bilan ildiz yuzasini, hatto hujayra oraliqlari va bo`shliqlarini egallab oladi. YUksak o`simliklar va zamburug`larning bu xilda birga yashashi mikoriza (gr.– “mikos” – zamburug`, “ridza” ildiz) deyiladi. Mikorizaning aqamiyati shundan iboratki, zamburug`lar qiyin eriydigan ba`zi zapas oziq moddalarni parchalash va eritishga yordam beradi. Shuningdek ildizning shimish qobiliyatini oshiradi, ularni vitaminlar bilan, ba`zan azot bilan ta`minlashga yordam beradi. Zamburug`lar o`z navbatida ildizlardagi uglevodlar bilan oziqlanadi.
Mikorizaning mohiyati birinchi bo`lib rus olimi Kamenskiy tomonidan ochilgan bo`lib, bunday simbioz zamburug` uchun ham, yuksak o`simlik uchun ham foydali ekanligini ko`rsatib bergan.
ILDIZ METAMORFOZI VA UNING ANATOMIK TUZILISHI. Bir qancha o`simliklarning ildizlari o`z faoliyatlari davrida metamorfozga uchrab, oziq moddalar to`playdigan joy bo`lib xizmat qiladi. Shu munosabat bilan ular yo`g`on va etli bo`ladi. Ularning bir necha xili mavjud.
1. Ildizmevalar. Asosiy ildiz o`z shaklini o`zgartirib, yo`g`onlashadi va o`zida zapas oziq moddalarni to`playdi, Bunga sabzi, sholg`om, turp, rediska, petrushkalar kiradi.
2. Ildiz tuganak asosiy ildizlardan tashqari yon va qo`shimcha ildizlar ham metamorfozga uchrashi mumkin va oziq moddalari saqlanadigan yo`g`on joy ildiz tuganaklari yoki ildiz g`uddalari deyiladi. Ular qishni o`tkazish uchun emas, balki , vegetativ ko`payish uchun xizmat qiladi. Bularga kartoshkagul, eryong`oq;, batat kabi o`simliklarning ildiz tuganaklar misol bo`ladi.
3. Tayanch ildizlarni poyadan chiqqan qo`shimcha ildizlar hosil qilib, ular poyani tik tutib turish uchun xizmat qiladi. Bunday ildizlarni makkajo`xori, oqjo`xorida kuzatish mumkin.
4. So`rgich ildizlar. Tekinxo`r o`simliklarda xlorofill donachalari bo`lmaganligi sababli ular boshqa o`simliklarning oziq moddalari hisobiga yashaydilar. Bunday o`simliklarda asosiy ildizlar o`rnida so`rg`ich ildizlar bo`ladi. Bu xildagi ildizlar zarpechak va shumg`iyada uchraydi.
5. Havo ildizlari. Bu xildagi ildizlar tropik o`simliklarda uchrab, uning poyasidan ildizlar chiqib havoda ochilib turadi va undagi suv bug`larini o`zlashtiradi. Masalan, monstera o`simligi ildizi.
6. Nafas oluvchi ildizlar. Botqoqliklarda o`sadigan ayrim o`simliklar, masalan, botqoq sarvida ildizga qo`shimcha kislorod kerak bo`lganda ular nafas oluvchi ildizlarni hosil qiladi.
Ildizlar bajaradigan vazifasiga qarab har xil to`qimalardan tashkil topgan bo`lib, ular ildiz uchidan boshlab ma`lum tartibda joylashgan bo`ladi. Ildizning uchi, odatda ildiz qini bilan qoplangan bo`ladi va parenximatik hujayralardan iborat bo`ladi. Hujayralarning po`sti yupqa, tashqi tomoni shilimshiqdir. Bu esa tuproq zarrachalari orasida o`sayotgan ildizning harakatlanishini osonlashtiradi.
Ildiz qinining ustida uning o`sish nuqtasi yoki konusi joylashgan. O`sish konusining hujayralari bir xil meristema hujayralaridan iborat. SHu hujayralarning uzluksiz ketma-ket ajralishi natijasida aktiv bo`linadigan birlamchi meristema hosil bo`lib, ildizni o`stiruvchi va uning orqasida ko`plab bo`linadigan mayda meristema hujayralarini qoldiradi. Ularning to`plami bo`linish zonasi deb ataladi. Keyinroq meristema hujayralaridan cho`ziq va ingachka hujayralar gruppasi ajralib chiqadi va ular o`sish konusidan bir muncha yuqori (1-1,5 mm) joylashadi. Ular o`sish yoki cho`zilish zonasini tashkil etib, hujayralar bo`linishdan to`xtaydi. Ildizning birlamchi gistologik elementlari paydo bo`lishi bilan uning uchinchi zonasi boshlanib, so`rish zonasi deyiladi. Ildizning bu zonasidagi epiblema hujayralarining bir qismi tashqi tomonga bo`rtib o`sadi va tukchalar hosil qiladi. Ular suv va mineral moddalarni so`rish uchun xizmat qiladi. Ildiz tukchalarining umri juda qisqa bo`lib, birin-ketin yangi tukchalar hosil bo`laveradi. Har bir tukcha 10-20 kungacha yashaydi. Ba`zilari esa yog`ochlanib 2 yilgacha so`rish qobiliyatini yo`qotmaydi. Ildizning shu zonadan yuqori qismi o`tkazish zonasi deyilib, undan yon ildizlar chiqadi. Ularda ikkilamchi tuzilgan elementlar paydo bo`lib, o`tkazish vazifasini bajaradi.
POYA, UNING MORFOLOGIK TUZILISHI VA TIPLARI. Poya o`simlikning yer ustidagi bargsiz, kurtaksiz qismi bo`lib, bargni ildiz bilan morfologik va funksional bog`laydi. Uning asosiy vazifasi o`simlik shox-shabbasini ko`tarib tutib turish va suv hamda unda erigan mineral moddalarni ildizdan barglarga, bargda hosil bo`lgan organik modalarni ildizga o`tkazishdan iborat. U ba`zan suv va zapas oziq moddalarni to`plovchi ombor vazifasini ham bajaradi. Shuningdek poya nafas oluvchi organ ham hisoblanadi. Ayrim o`simliklarda esa assimilisiya va vegetativ ko`payish vazifasini ham bajaradi.
Har xil o`simliklar poyasining shakli va uzun-qisqaliga juda xilma-xil bo`ladi. G`alladoshlarning yumaloq va ichi bo`sh poyasi poxol poya deyiladi. Labguldoshlarning poyasi to`rt qirrali, qiyoqlarniki uch qirrali va hokazo. Ko`pchilik o`simliklarda poya tik o`sadi. Bular aksariyat daraxtlar va ayrim o`t o`simliklari – g`o`za, beda singarilarda uchraydi. Ba`zi poyalar yer bag`irlab o`ralib, chirmashib o`sadi. Masalan, qovun, tarvuzlarda. Daraxt o`simliklarda chirmashib o`suvchi poyalilari lianalar deyilib, ular tropik o`rmonlarda ko`proq o`sadi. Ularning uzunligi 300 m gacha etadi. Barcha lianalarning poyasida etarli miqdorda mexanik elementlar bo`lmaganligidan, ularga tayanch kerak. Shu sababli o`zlariga turli yo`llar bilan tayanch topadi.
Lianalar poyasi bilan chirmashib olishidan tashqari, ularda boshqa moslamalar, masalan, tayanchga o`raladigan jingalaklar (tokda), turli xil ilmoqlar (chirmashuvchi atirgulda) va soxta qo`shimcha ildizlar ham bor. O`simliklar poyasining sirti ham xilma-xil. Masalan, makkajo`xorida ular tuksiz, yalpizda mayin tukli, atirgulda dag`al tukli va tikanli bo`ladi.
Poyalarning uzun-qisqaligi ham turlicha. Ayrim o`simliklarda ular bir necha mm bo`lgani holda, qarag`ayda 50 m, oqqarag`ayda 70 m, sekvoyya dendronda 135 m, evkaliptda 150 m gacha etadi. Shuningdek, poyaning yo`g`onligi ham turli-tuman. Zarpechak poyasi bir necha mm, chinorniki 5-6 m, Afrikada usuvchi boabab daraxtiniki 10-12 m, sekvoyya dendronniki 13 m gacha bo`ladi.
Poyasining tipi va hayotining uzun-qisqaligiga qarab, barcha gulli o`simliklar: daraxt, buta, chala buta va o`t o`simliklarga bo`linadi. Daraxtlarning asosiy tanasi yaxshi rivojlangan va yog`ochi ikkilamchi tartibda yog`ochlanib yo`g`onlashgan ko`p yillik o`simliklardir. SHuningdek, shox-shabbasi yaxshi rivojlangan bo`ladi. Daraxtlarning umri ko`pchiligida 200-300 yil bo`lgani holda, ayrimlarida o`nlab asrlarga etadi. Xususan, eman 1500, sarvi va savr daraxtlari 3000, boabab 5000, sekvoyya dendron ayrim manbalarda 8000 yil yashashligi ko`rsatilgan.
Butalar ham ko`p yillik o`simlik bo`lib, ularning ham tanasi ikkilamchi tartibda yo`g`onlashgan, lekin daraxtlardan farqli ravishda tanasi bir nechta bo`ladi. Ular yer yuzasidan boshlaboq shoxlaydi va bo`yi 4-5 m dan oshmaydi. Bodom, siren, na`matak , zirk, uchqat butalarga misol bo`ladi. Bo`yi 1 m dan oshmaydigan butalar ham bo`lib, ular butacha deb yuritiladi. Boyalish, teresken kabi O`rta Osiyo cho`llarida o`sadigan o`simliklar butachalarga misol bo`ladi.

Download 212.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling