Mavzu: O‘simliklarning


Download 1.25 Mb.
bet6/13
Sana23.04.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1383284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
203 O’simliklarda jinssiy ko’payish7777

1.2 JINSSIZ KO‘PAYISH
Jinssiz ko‘payish uchun yangi avlodni qayta tiklanishida maxsus bir hujayrali sporalar yoki zoosporalar (spora grekcha urug‘; zoon - esa hayvon demakdir) yordamida amalga oshadi..
Jinssiz yo‘l bilan ko‘payish sporalar va zoosporalar hosil qilish yo‘li bilan amalga oshadi. Ular murtakni o‘zida saqlagan bo‘lib, turlicha kelib chiqadi. Sporalar quruqlikda o‘suvchi o‘simliklarga xos bo‘lib, sporangiyda hosil bo‘ladi. Zoosporalar - zoosporangiyda hosil bo‘lib, unda harakatni ta’minlaydigan xivchini mavjudligi bilan sporalardan farq qiladi. Ular zamburug‘lar suv o‘tlari uchun xosdir. Spora mog‘or zamburug‘ida sporongiyda hosil bo‘lsa, pensilium zam- burug‘ida konidiya bandida hosil bo‘ladi.
Sporani sitoplazmasi zahira oziq moddalarga boy bo‘lib, spora po‘sti qalin kutin moddasi bilan to‘yingan bo‘ladi. Spora va zoosporalar qulay sharoitga tushganda jinsiy jarayonsiz yangi organizm hosil bo‘ladi.
Jinssiz ko‘payishning harakterli xususiyati, bir organizmda minglab spora hosil bo‘lib ularni turini oshishiga olib keladi.
Xivchini yordamida suvda harakatlanuvchi sporalar zoosporalar deb ataladi. Spora zich qobiq bilan o’ralgan, uning ustki qismida har xil o’simtalar bo’ladi. Hujayraning tiriklik qismi sitoplazma, yadro va mitoxondriyalar, plastidalar yoki proplastidlar hamda zahira oziq moddalardan moylar, oqsillar, kraxmal va shaker moddalar bo’ladi. Sporalar quruqlikda o‘suvchi o‘simliklarda hosil bo‘lib, mustaqil harakatlana olmaydi. Ular mayda va yengil bo‘lganligi uchun shamol yordamida tarqaladi. Qulay sharoitga tushgan spora o’sib yangi individ hosil qiladi. Zoosporalar ko‘pincha suv o‘tlarida, zamburug‘larda hosil bo‘lib, o‘z xivchinlari yordamida suvda bemalol harakatlanadi. Sporalar yoki zoosporalar ona o‘simlikning maxsus hujayralaridan yoki organidan hosil bo‘ladi. Ularni agar spora hosil qilsa, sporangiya, zoospora hosil qilsa zoosporangiya deb ataladi (2-rasm).
Evolyutsiya jarayonida organizmlarning birmuncha murakkablashishi sporangiyalarni ko‘p hujayrali bo‘lishiga va mustaqil organga aylanishiga olib keldi. Shunday qilib, har bir o‘simlik turida o‘ziga xos sporangiya hosil bo‘ldi. Ana shunday o‘ziga xos har xil sporangiya va undan hosil bo‘lgan sporalar zamburug‘ turlarida ko‘plab uchraydi. Ko’pchilik zamburug’larda maxsus sporangiylarda mitseliyning oxiridagi hujayralarning bir necha marta bo’linishidan sporaga aylanadi.


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling