Mavzu: O‘simlikshunoslikda gen muhandisligi reja


Download 1.47 Mb.
bet1/3
Sana08.04.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1342710
  1   2   3
Bog'liq
4-MA\'RUZA


MAVZU: O‘SIMLIKSHUNOSLIKDA GEN MUHANDISLIGI
REJA:
1. O‘simlik hujayralariga genlarni kiritish.
2. Transgen o‘simliklarga genetik materiallarni ekspressiyasi.
3. Transgen o‘simliklarning yaratilishi va ahamiyati.
O‘simlik hujayralariga genlarni kiritish
O‘simlik hujayralariga genlar turli usul bilan kiritiladi:
Ikki pallali o‘simliklar uchun tabiiy vektor, ya‘ni agrobakteriyalar plazmidasi mavjuddir. Bir pallali o‘simliklar uchun ham ushbu usuldan foydalaniladi, lekin bu usul ozroq qiyinchiliklar tug‘diradi.
Agrobakteriyalarga nisbatan chidamli bo‘lgan o‘simliklarda esa genlar bevosita fizik yo‘l bilan kiritiladi. Bular: mikrozarrachalar bilan «xujum» qilish yoki ballastik metod; elektroporatsiya, polietilenglikol bilan ishlov berish; DNKni liposoma tarkibida o‘tkazish va b.
Eng qulay metod mikrozarrachalar bilan «hujum» qilish metodi hisoblanadi. Yuqori tezlikda zarrachalar yadroga bevosita kirib, transformatsiya samaradorligini oshiradi. Shu usul bilan DNKga ega bo‘lgan hujayraning boshqa organellalari – xloroplastlar va mitoxondriyalarni ham transformatsiyalash mumkin.
Oxirgi vaqtlarda kombinatsiyalangan transformatsiya metodi – agrolistik metodi ham yaratilib, amalda qo‘llanilmoqda. Bunda begona DNK to‘qimaga biror-bir fizik yul, masalan ballistik yo‘l bilan kiritiladi. Kiritilayotgan DNK da T-DNK vektor va marker geni, hamda virudentlikning agrobakterial geni bo‘lish kerak.
O‘simlik hujayrasida virulentlik genini vaqtinchalik ekspressiyasi oqsillar sinteziga olib keladi. Bu oqsillar plazmidadan T-DNKni to‘g‘ri kesib, uni agrobakterial transformatsiyadagi singari ho‘jayin genomiga joylashtiradi. So‘ng in vitro da tarkibida hujayralarning ko‘payishi uchun zarur bo‘lgan fitogormonli oziqa muhitiga ekiladi. Oziqa muhitida odatda transgen o‘simliklar chidamlilikka erishishi uchun selektiv marker bo‘lishi kerak.
Regeneratsiya ko‘proq kallus bosqichidan so‘ng ro‘y beradi. So‘ngra muhit to‘g‘ri tanlay olinsa organogenez boshlanadi. Unib chiqqan kurtaklar ildiz berishi uchun boshqa muhitga o‘tkaziladi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling