Mavzu: Osiyo aykonimlari
Download 1.68 Mb.
|
Shomurodov Izzatbek1
3. Tokio (yaponcha: 東京, Tōkyō) — Yaponiyaning poytaxti boʻlib, soʻzma-soʻz tarjima qilganda „Sharqiy poytaxt“ maʼnosini bildiradi. Tokioga XV asrning oʻrtalarida asos solingan. 1457-yilda Edo qasri qurilgan boʻlib, uning atrofida savdogar va hunarmandlarning uylari koʻpayib bordi. 1590-yilda Edo shahri Tokugava sulolasining qarorgohiga aylandi. Yaponiyaning rasmiy poytaxti esa oʻsha vaqtda Kioto shahri edi. XVIII asrda Edo jahonning eng yirik shaharlaridan biriga aylandi. 1869-yilda hokimiyat boshqa sulola vakili imperator Mutsixito qoʻliga oʻtgach, poytaxt Edoga koʻchirildi va Tokio („sharqiy poytaxt“) deb ataldi. XIX asrning ikkinchi yarmida Tokioda ipak, lok-boʻyoq, chinni sanoatlari, XIX asrning oxiridan mashinasozlik va kemasozlik sanoatlari rivojlana boshladi.
4. Pekin — Xitoyning eng qadimiy shaharlaridan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikdayoq hozirgi Pekin oʻrnida aholi yashaganligi maʼlum. Miloddan avvalgi 1-mingyillik — milodiy X asr manbalarida shahar Szi deb atalgan. X asrda Shimoliy Xitoyni kidanlar bosib olgach, nomi Sitszin deb oʻzgartirilgan (936). Keyinchalik shahar kidanlar davlatining janubiy poytaxti — Nanszin boʻlib qolgan (937), 1153-yildan Szin davlati poytaxti. Bu davrda u Dasin (Chjundu) deb nomlangan. 1215-yilda shaharni moʻgʻullar istilo qilgan. 1263-yilda Xubilayxon Dasinni moʻgʻullar saltanati poytaxtiga aylantirgan va unga Xonbaliq (buyuk poytaxt, xitoycha Dadu) deb nom qoʻygan. Moʻgʻullar sulolasi Yuan davrida (1280—1368) shahar oʻrtasidan Buyuk kanal qazilgan. 1368-yilda Xitoydan moʻgʻullar quvib chiqarilgach, Beypin deb atalgan. 1421-yilda Min imperiyasi (1368—1644) poytaxti. Bu davrdan boshlab shahar hozirgi nomda Beyszin (Pekin) deb atala boshlagan. Sin (manjurlar sulolasi) davrida (1644—1911) Pekin imperiya poytaxti boʻlgan. 1912-yilda Sin monarxiyasi tugatilgach, Pekin Xitoy Respublikasi poytaxti. 1927-yil hokimiyat gomindanchilar qoʻliga oʻtgach, poytaxt Nankinga koʻchirildi. Pekin yana Beypin deb atala boshladi. 1937—45 yillarda Beypin yaponlar qoʻl ostida boʻldi. 1945—49 yillarda unda gomindanchilar hukmronlik qildi. 1949-yilda ulardan ozod qilinib Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti deb eʼlon qilindi.
Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling