Mavzu: Oʻsmirlarda suitsidal harakatlarning sabablari va oʻziga xos xususiyatlari


Download 7.08 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi7.08 Kb.
#1633723
Bog'liq
Voyaga yetmaganlarda suitsidal harakatlarni aniqlash bo`yicha ko`nikmalar

  • Mavzu: Oʻsmirlarda suitsidal
  • harakatlarning sabablari va oʻziga xos xususiyatlari.
  • Maqsad:
  • Pedagoglar va ota-onalarga oʻsmirlarda suitsidal harakatlarning sabablari va oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisida tushuncha berish
  • Vazifalar:
  • Voyaga yetmaganlarning oʻz joniga qasd qilish harakatlarining asosiy sabablari toʻgʻrisida tushunchalarga ega boʻlish
  • Oʻsmirlar va yoshlardagi oʻz joniga qasd qilish xulq-atvorining xususiyatlari toʻgʻrisida tushunchalarga ega boʻlish
  • Voyaga yetmaganlarning oʻz joniga qasd qilish harakatlarining asosiy sabablari:
  • - xafa boʻlish, yolgʻizlik, begonalashish va tushunmovchilik hissiyotlarini boshdan kechirish (boshqalarning befarqligi, qoʻpolligi).
  • - ota-onaning haqiqiy yoki sohta mehrini yoʻqotish, javobsiz his-tuygʻular va rashk.
  • - ota-onalar bilan nizolar, ota-onaning mastligi, ajrashish, bolaga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish, ruhiy va jismoniy zoʻravonlik bilan bogʻliq oiladagi kelishmovchiliklar natijasida yuzaga kelgan oila ichidagi nizolar.
  • - oʻlim, ajralish yoki ota-onaning oilani tark etishi bilan bogʻliq xavotirlar.
  • - aybdorlik, uyat hissi, gʻururining kamsitilishi, oʻzini ayblash hissi.
  • - sharmandalik, masxara boʻlish yoki kamsitilishdan qoʻrqish (oʻqishdagi muvaffaqiyatsizlik, maktabga moslashishning past darajasi).
  • - jazodan qoʻrqish, kechirim soʻrashni istamaslik.
  • - sevgidagi muvaffaqiyatsizliklar (sevgi mazmunining hal etilmaydigan muammolari, qarama-qarshi jins vakillarining oʻzaro munosabatlarning yoki oʻzaro his-tuygʻularining yetishmasligi), sevgi uchburchagi, rejalashtirilmagan homiladorlik.
  • - qasos, gʻazab, norozilik hissi; tahdid yoki tovlamachilikni boshdan kechirish.
  • - eʼtiborni jalb qilish, achinish holatini uygʻotish, noxush oqibatlardan qochish, qiyin vaziyatdan qochish istagi.
  • Mutaxassislarning fikricha, oʻsmir oʻz joniga qasd qilish orqali vaziyatni oʻzgartirishga harakat qiladi:
  • Kuchli havotirlardan xalos boʻlishga, zarar yetkazuvchi sharoitlardan uzoqlashishga, rahm-shafqatni va hamdardlikni uygʻotishga, yordamga erishish, muammolariga eʼtibor qaratish.
  • Oʻz joniga qasd qilish xatti-harakati uni xafa qilganlardan "keyin bu ishidan pushaymon boʻladi" kabi, qasos olish hissi bilan taʼriflanishi mumkin, koʻpincha bu "umidsizlik harakati"dir.
  • Bundan tashqari, oʻsmirning hayotiy muammolariga toʻgʻri munosabatda boʻlishiga imkon bermaydigan shaxsiy xususiyatlar mavjud boʻlib va ular maʼlum bir sharoitda oʻz joniga qasd qilishga moyillik tugʻdiradi:
  • - oʻz ehtiyojlari va istaklarini qondirish yoʻllarini topa olmaslik;
  • - qiyin vaziyatlardan chiqish yoʻlini izlashdan bosh tortish, stressga nisbatan sust qarshilik;
  • - unga taʼsir oʻtkaza oladigan odamlarga, kattalar dunyosiga umumiy salbiy munosabat (ularga yordam berishga intilganlarga (qarindoshlar, shifokorlar, psixologlar) ishonchsizlik);
  • - emotsional beqarorlik (shuningdek, hissiy stressni yengillashtira olmaslik);
  • yuqori taʼsir;
  • - murosasizlik;
  • Mutaxassislar yoshlik davrida oʻz joniga qasd qilish xatti-harakatlarining bir qator xususiyatlarini aniqlaydilar.
  • Avvalo, bu yoshdagi bolalar taʼsirchanlik va ishonuvchanlikning kuchayishi bilan, kayfiyatning oʻzgarishiga moyilligi, tanqidiy mulohaza qilish qobiliyatlarning zaifligi va egotsentrik intilishlari bilan ajralib turadi. Oʻsmirlik davriga oʻtish bilan ehtiyojlarining qondirilmasligi, atrof-muhitga va oʻz shaxsiyatiga pessimistik baho berishga, oʻzini analiz qilishga moyillik kuchayadi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, oʻsmirlar koʻpincha oʻzi xohlagan narsadan, boshqalar ulardan nimani xohlashlarini ajrata olmaydilar.
  • Shu bilan birga u uchta xususiyat bilan kurashishi kerak:
  • madadsizlik, kuchsizlik, umidsizlik.
  • Shu bilan birga, oʻsmirlik davrida bola oʻzini boshqalar yordamisiz, mustaqilligini isbotlashga harakat qiladi, kattalarga nisbatan qarama-qarshi xatti-harakatlarni koʻrsatadi. Afsuski, bunday qarama-qarshilik va oʻz mustaqilligini isbotlash istagi oʻz joniga qasd qilish harakatlarida namoyon boʻlishi mumkin.
  • Bundan tashqari mutaxassislarning fikricha, oʻsmirlarning oʻz joniga qasd qilish harakatlarining yana bir sababi turli xil qaramliklardir: spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar, kompyuter oʻyinlari yoki ijtimoiy tarmoqlardir.
  • Ijtimoiy tarmoqlarning oʻz joniga qasd qilish harakatlariga taʼsiri munozarali. Buni xorijiy tadqiqotchilar ham qayd etganlar. Ijtimoiy tarmoqlarda oʻz joniga qasd qilishni oʻylayotgan shaxslarning rejalarini amalga oshirishga yordam beradigan materiallarga ega saytlar ham, va oʻz joniga qasd qilishning oldini olishga qaratilgan saytlar ham mavjud. Oʻsmirlar oʻz joniga qasd qilish
  • usullari va turlari haqida deyarli cheksiz maʼlumotga ega boʻlishlari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda hamfikrlarni topish imkoniyatiga ega boʻlishlari mumkin. Bunday saytlar oʻz joniga qasd qilish va uning epidemiyasini keltirib chiqarishi mumkinligi sababli mutaxassislar orasida ham, ommaviy axborot vositalarida ham tanqid qilinadi. Internetda oʻz joniga qasd qilishni targʻib qiluvchi koʻproq tematik tarmoq resurslari paydo boʻladi.
  • E`TIBORINGIZ
  • UCHUN
  • RAHMAT

Download 7.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling