Mavzu: O‘smirlik yoShida stress holatlarini oldini olishning psixologik xususiyatlari
Download 99.38 Kb.
|
Sheraliyeva Alfiya
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi: Psixik holatlarni izchil o‘rganish eramizdan 2-3 ming yil avval Hindistonda boshlangan edi. Qadimgi yunon faylasuflari ham psixik holatlar muammosi bilan shug‘ullanib ko‘rganlar. ”Holat” tushunchasi falsafiy tushuncha sifatida Kant va Gegel ishlarida ham keltirilgan. Psixik holatlarni izchil o‘rganish U. Djemsdan boshlanadi. Bu sohadagi eng birinchi ilmiy ish O. A. Chernikovaning 1937 yilda bosilib chiqqan maqolasi bo‘lib, u sportchining startdan oldingi hissiy holatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan edi. Shundan so‘ng sport psixologiyasida psixik holatlar A. S. Puni, F. S. Yegorov,
V. Vasilev, Ya.B. Lextman, K. M. Smirnov, V. F. Spiridonov, A. N. Krestovnikov va boshqalarning ishlarida o‘rganildi. V. A. Ganzenning fikricha, 1964 yilda N. D. Levitovning “Odamning psixik holatlari haqida” nomli kitobi nashr etilishi bilan bu muammoni o‘rganish tarixida yangi davr boshlandi. Shundan so‘ng psixologiya psixik holatlar, xususiyatlar, jarayonlar haqidagi fanga aylandi. N. D. Levitov, B. G. Anan’ev, V. N. Myasishev, A. G. Kovalyov, K. K. Platonov, V. S. Merlin va boshqalar o‘smirlik yoshi davrida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hissiy zo‘riqishlar va stress holatlarini psixologik xususiyatlarini atroflicha tadqiq etishga xarakat qilganlar. A. O. Proxorov, B. G. Anan’ev, F. Ye. Vasilyuklarning izlanishlari natijasida stressning shaxs faolligiga salbiy ta’sir etishini asoslab beriladi. Psixologiya bilan bir qatorda psixik holatlarva ularning ta’sirlanish jarayonida yuzaga keladigan stress muammosi bilan boshqa turdosh fanlar ham shug‘ullana boshladi. Tadqiqotlarchilardan P. S. Kupalov,V. I. Myasishev, B. F. Lomovlarning yoshga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarning shakllanish davrida tashqi ta’sirlar natijasida yuzaga keladigan xissiy zo‘riqishlar funksional va emotsional o‘zgarishlarga olib keladi. ng tavsificha ularning sub’ekt tomonining anglanganlik darajasiga bog‘liq. P. K. Anoxinning fikricha, mazkur xususiyatlar ichida eng muhimi insonning munosabatlaridir. O‘smirlik yoshi davridagi xissiy zo‘riqishlar va ular natijasida yuzaga keladigan stress va depressiya hoalari hali ham psixolog, tibbiyot, fiziolog olimlar tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganilib kelinmoqdaki, uning o‘z yechimini topishga karatilgan ko‘plab tomonlari va jihatlari xali ham mavjud. Download 99.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling