Kurs ishi maqsadi: O‘smirlik yoshida stress holatini kelib chiqish sabablari va uni bartaraf etishning psixologik xususiyatlarini nazariy va amaliy taxlil etish usullarini o‘rganish.
Kurs ishi predmeti: hissiy zo‘riqishlar asosida yuzaga keladigan o‘smirlik yoshidagi stress holatlarini tadqiq etish .
milliy dasturi”, psixologiya fanining asosiy tamoyillari – determinizm, ong va faoliyat birligi, psixika va ongning faoliyatda rivojlanish tamoyillari tashkil etadi.
Kurs ishi metodlari:
kuzatish;
suhbat;
faoliyat natijalarini tahlil qilish;
test (Yu. V. Shcherbatixning “O‘quv faoliyati bilan bog‘liq stresslarni o‘rganish” testi, S. Kouxen, G. Vilyamsonlarning “Hissiy zo‘riqishlarga chidamlilik” testi);
natijalarni tahlil qilishning matematik-statistik metodlari.
Kurs ishi ilmiy axamiyati: unda o‘smirlik yoshidagi taraqqiyot jarayoni bilan bog‘liq hissiy zo‘riqishlarni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlar tahlil qilinganligi, stresslarga sabab bo‘luvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’siri ochib berilganligi, uni bartaraf etish usullari, mohiyati ochib berilganligidadir. Shu ningdek taxlil qilingan va to‘plangan materiallardan yosh va pedagogik psixologiyasi, oila psixologiyasi, psixologik konfiktologiya fanlaridan ma’ruza matnlari tayorlashda, o‘quv mashg‘ulotlari olib borishda va amaliy seminarlar tashkil etishda foydalanish mumkin.
Kurs ishi amaliy axamiyati: unda keltirilgan xulosalarning pedagog va o‘quvchilarga o‘smirlik yoshida olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayonida paydo bo‘ladigan hissiy zo‘riqishlarni bartaraf etishda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishidir.
Kurs ishining tuzilishi va xajmi: Kurs ishi Kirish, 2 bob, xulosa, va adabiyotlardan iborat.
BOB. O‘smir shaxsining psixologik xususiyatlarini ijtimoiy psixologik muammo sifatida tadqiq etilishi.
“Ildizi baquvvat, ya’ni ruhan bardam, ongi tiyran ma’naviy nuqtai nazardan yuksak kishilar bilangina buyuk zamin yaratishimizga ishonaman.»
Do'stlaringiz bilan baham: |