Mavzu: O’t haydovchi dori vositalari


Download 20.17 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi20.17 Kb.
#1556424
Bog'liq
Mavzu O’t haydovchi dori vositalari


Mavzu:O’t haydovchi dori vositalari
Ma’lumki, jigarda ishlab chiqaradigan o’t (tarkibida o’t kislotalar, xolesterin va boshqalar bor) oldin o’t pufagiga yig’ilib, so’ngra uni qisqarishi natijasida o’n ikki barmoq ichakka tushadi va u yerda ovqat tarkibidagi yog’ni emulgatsiyalab (mayda bo’laklarga bo’lib), lipaza fermenti ta’sirida uning parchalanishini ta’minliydi. Jigar, o’t yo’llari va o’t qopining turli xil kasalliklarida o’t ishlab chiqarilishi va uning ichakka tushishi buziladi. Ushbu xastaliklarqatoriga xolesistit, xolangit, o’t-tosh kasalligi, o’t yo’llari va o’t pufagining harakatsizlanishi (diskeneziya), jigarning yallig’lanishi (gepatit) kiradi. Ayrim shunday hollarda o’t haydovchi vositalar tavsiya etiladi.
Ular tarkibida o’t kislotalarini saqlovchi preparatlar bo’lib, o’tni suyultiradi, o’tyo’llarida yig’ilib qolishi, kristallanish va tosh hosil bo’lishiga imkon bermaydi.
O’t haydovchi dorilar ta’sir etish mexanizmi vaishlatilishi bo’yicha ikki guruhga: o’tkislotasining ishlab chiqarilishini, o’t sekretsiyasini oshiruvchi (xoleretiklar) va o’t pufagidan o’tning ichakka tushishini ta’minlaydigan (xoleretiklar) larga bo’linadi.
Birinchi guruh prepartlar o’t ishlab chiqarilishini sezilarli darajada rag’batlantiradi. Bularga tabiiy o’t kislotalari saqlovchi preparatlar kiradi. O’t kislotasi xolesterindan hosil bo’ladigan xolan unumudir. U sathi faol modda bo’lgani uchun ovqat tarkibidagi yog’ni mayda bo’lakchalarga parchalaydi, hujayra pardasining o’tkazuvchanligini va pankreasning lipaza fermenti faolligini oshiradi, yog’da eriydigan vitaminlar so’rilishini ta’minlaydi, ichak shilliq pardasini ta’sirlaydi, peristaltikasini kuchaytiradi, o’t ajralishini oshiradi. Tibbiyot amaliyotida o’tni suyultirib, uning yopishqoqligini kamaytiruvchi moddalar ham ishlatiladi. Ular gidoxoleretiklar deyiladi. Misol uchun, salitsilat natriy, mineral suvlar (Yessentuki №17 va №4), Karlovar, Jeleznovodsk, Truskaves shunday xususiyatga ega.
Xoleretiklar sifatida degidroxol kislota (xolagol, dexolin), alloxol, xolenzim, xolosas va boshqalar ko’proq ishlatadigan preparatlardir. Bundan tashqari, tarkibida mentol, teroen va efir moylarini saqlagan flavonlar, vitamin vitosterinlarini saqlovchi 100 dan ortiq o’simlik preparatlari ma’lum. Ular xoleretik, spazmolitik va bakteriyaga qarshi ta’sirga ega. Bularni gepatobiliar (jigar-o’t yo’llari) tizimining surunkali kasalliklarida qo’llash mumkin (dasturbosh, makkajo’xori popugi, qoncho’p va b.).
O’tni ichakka tushishini oshiradigan (xolekinetik) yoki o’t pufagidan o’tni haydovchi preparatlardan magniy sulfat, pitutrin, sorbit, mannit va ksilitni aytib o’tish mumkin.Tosh yig’ilib qolishi sababli ro’y beradigan og’riqlarga kor qilishda ko’pincha spazmolitiklar (atropine, no-shpa, papaverin, kellin, eufillin va b.) beriladi.
Xolekinetiklarga surgi dorilar –magniy sulfat, natriy sulfat, Karlovar tuzi, kanakunjut moyidan tashqari xolinomimetiklar (aseklidin, pilokarpin va b.), gistamin, vazoprassin va qoncho’pdan tayyorlanganlar misol bo’ladi.
Preparatlar:
Achchiq moddar:
Ishtahani ochadigan yig’ma (Species amarae).
Tarkibi: ermon o’ti (8 qism) va boymodaron o’ti (qog’oz xaltalarda 100 g dan ishlab chiqariladi). Damlama shaklida (1 osh qoshiq o’tni 1 stakon qaynayotgan suvga) 1 osh qoshiqdan ovqatdan 30 daqiqa oldin, kuniga 3-4 marta ichiladi.
Anoreksigenlar:
Fepranon (Phepranonum). 0,025 g dan draje shaklida ishlab chiqariladi. Ovqatdan 30 daqiqa oldin, 1 drajedan kuniga 2-3 marta, 1,5-2,3 oy davomida ichiladi.
Mazindol (Mazindolum), 0,001 g dan tabletka ko’rinishida ishlab chiqariladi. Yarim tabletkadan kuniga 1 marta (4-5 kun), keyin 1 tabletkadan 1 yoki 2 marta ichiladi.
Me’da shirasining o’rnini bosadigan preparatlar:
Tabiiy me’da shirasi (Siccus gastricum naturalis). Sog’lom uy hayvonlarining me’dasidan olingan 0,03-0,04% li salitsil kislotada konservant saqlanuvchi shira. 100 ml dan flakonda ish lab chiqariladi. 1-2 osh qoshiqdan ovqatdan oldin yoki keyin qabul qilinadi.
Abomin (Abominum). Buzoq va qo’zichoqlarning me’da shilliq pardasidan olingan preparat. Proteolitik fermentlarni saqlaydi. 50000 TB dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. Ovqatlanish vaqtida 1 tabletkadan kuniga 3 marta 1-2 oy davomida ichiladi.
Asidin pepsin (Acidinum pepsinum). Tarkibida 1 qism pepsin va 4 qism betain gidroxlorid bor. 0,25 g dan tabletkalar shaklida ishlab chiqariladi. Ovqatlanish vaqtida yoki undan keyin 1-2 tabletkani 0,25-0,5 stakan suvda eritib, 1-2 tabletkadan kuniga 3-4 marta ichiladi.
Pepsin (Pepsinum). Proteolitik ferment saqlovchi preparat. Kukun holida 0,2-0,5 g dan ishlab chiqariladi. Ovqatdan oldin yoki ovqat paytida ichiladi.
Antatsidlar, H- gistaminoblakatorlar, M-xolinoblakatorlar:
Magniy oksid (Magnesii oxydum). Kukun va tabletkalar holida 0,5 g dan ishlab chiqariladi.
Vikair (Vikairum). Tarkibida vismut nitrat (0,35), magniy karbonat (0,4 g), natriy gidrokarbonat (0,2 g), igir ildizining kukuni, itjumrutning maydalangan po’stlog’I (0,025) bo’ladi. Tabletkalar holida ishlab chiqariladi. Ovqatdan so’ng 0,5 stakan iliq suv bilan kuniga 1-2 tabletkadan 3 marta ichiladi.
Vikalin (Vikalinum). Vikairga kellin (0,025) va runit (0,005) qo’shilgan. Ishlab chiqarilishi va qo’llanilishi vikairga o’xshash.
Almagel (Almagel). Tarkibida aluminiy gidroksid, magniy gidroksid, D-sorbit bor. 170 ml dan flakonda ishlab chiqariladi. Ovqatdan 30 daqiqa oldin va uxlashdan oldin 1-2 choy qoshiqdan kuniga 4 marta beriladi.
Likviriton (Liquiritonum). Qizilmiya ildizidan olingan, flavonoidlar saqlaydi. 0,1 g dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi
Download 20.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling